1-mavzu. Marketingning nazariy asoslari


-chizma. Zamonaviy marketing kontseptsiyasi



Yüklə 415,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix12.04.2023
ölçüsü415,88 Kb.
#96751
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
1-мавзу (2)

18-chizma. Zamonaviy marketing kontseptsiyasi 
Qo’yilgan maqsadlarga erishishda firma dastlab o’zining resurs potentsialining bozor 
imkoniyatlaridan kelib chiqishi kerak, ya'ni ishlab chiqarish, texnologiyalar darajasi, moliya, 
sotish kabi hal qiluvchi sohalarda o’zining kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olishi kerak. 
Oxirgi paytlarda marketing yordamida echiladigan masalalarning murakkablashuvi 
sharoitida uning baynalmilallashuvi bilan bog’liq bo’lgan global marketing haqida tobora 
ko’proq gapira boshladilar. Bu jarayon, ayniqsa, transmilliy kompaniyalar uchun xosdir. Ular 
tomondan bozor alohida segmentlar kabi emas, ko’proq ehtiyojlarning gomogenizatsiyasi 
jarayoni va iste'molchilarning mashhur va tanilgan tovar markalarini olishga juda 
ishtiyoqmandligiga ko’ra yagona bozor sifatida qaraladi. Shuni ta'kidlash joizki, global 
marketing asosida innovatsion tovarni ehtiyojlarni qondirishning standartlashgan va 
iste'molchilarning keng segmentlari uchun qulay va arzon bo’lgan usuliga aylantirish g’oyasi 
yotadi. 
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o’z chegaralaridan 
tashqarida faoliyat ko’rsatishga intilishiga aytiladi. Bu haqda savdoning liberallashuvi


investitsion to’siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar 
dalolat beradi. Yirik korxonalar doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va 
jahon bozorini o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning 
hammasi shunday xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va tendentsiyalari 
korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish kontseptsiyasi sifatida qabul 
qilish, funktsiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va qarorlarni qabul qilish, korporativ 
madaniyatni takomillashtirish bo’yicha funktsiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi. 
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan ana shu kontseptsiya bilan bog’liq. Ba'zi 
bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari
sport jihozlari, kompyuterlar va boshqalarni ishlab chiqarishni misol sifatida keltirishimiz 
mumkin. 
Bundan buyon iste'molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon bo’ladilar. Bu 
esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Konsyumerizm, 
qisqacha qilib aytganda, iste'molchilarning o’z huquqlarini himoya qilishi yo’lidagi harakati deb 
tushuntiriladi. Bunda iste'molchilarning harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida, 
ishlab chiqaruvchilar iqtisodiyotidan iste'molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan 
xaridorlar bozoriga o’tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm marketing kontseptsiyasiga 
ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi. 
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste'mol va marketingning atrof-
muhitga ta'siridan tashvishlanishni ifodalovchi environmentalistik harakat rivojlanib bormoqda. 
Shu bilan birga ekologik muammolarga e'tibor kuchaymoqda. Ekologiya firma tashqi muhitining 
omili sifatida qaralmoqda. "Yashil marketing" harakati rivojlanmoqda, bu esa ekologik 
jihatdan toza bo’lgan mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirishga ko’maklashadi. 

Yüklə 415,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin