1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

Tabiiy muhitning asosiy oqimlari.
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi;
- kosmik nurlar, chang, asteroidlar;
- yerning elektr va magnit maydoni;
- ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi;
- atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar;
- boshqalar.
Texnosferadagi asosiy oqimlar.
- xomashyolar, energiyalar oqimi;
- iqtisodiyot sohasi mahsulotlarining oqimi;
- iqtisodiyot sohasi chiqindilari;
- maishiy chiqindilar;
- axborot oqimlari;
- transport oqimlari;
- yorug’lik oqimi (sun’iy yoritish);
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari;
- boshqalar.
Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar.
- axborot oqimlari (o‘qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar);
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi);
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar.
Hayot faoliyati jarayonida inson iste’mol qiladigan va chiqaradigan asosiy oqimlar.
- kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari;
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar);
- informatsiya oqimlari;
- hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi;
- boshqalar.
4.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularni
tekshirish obyektlari. Hayot faoliyati xavfsizligini nazariy asoslari.

«Hayot faoliyati xavfsizligi fani tarkibiy» tuzilish jihatdan 4 ta bo‘limdan tashkil topgan.


1. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari.
2. Fuqaro muhofazasi asoslari.
3. Yong‘in xavfsizligi asoslari.
4. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari.
Fanning har bir bo‘limi o‘zining mustaqil tekshirish obyektlariga ega bo‘lib, barchasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlardan himoyalanish usullariga, qoidalariga tayyorlash va himoyalovchi vositalardan foydalana bilishga o‘rgatishdan iborat. Sodir bo‘ladigan har qanaqa xavflar taksonomiyasining identfikatsiyasini, nomenklaturasini va kvantifikatsiyasini chuqur o‘rganish orqaligina ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin