1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja: Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha


-maruza 3-mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə9/75
tarix20.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#187275
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish. Reja Hayot f

2-maruza
3-mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish.
Reja:

  1. Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish,hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari,ularning mazmuni.

  2. Xavflar,ularning tasnifi.

3.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari,”inson-muhit”tizimida inson omili.


1.Hayot faoliyati xavfsizligini tahlil qilish,Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari,ularning mazmuni.
Inson faoliyatining bironta turi yo‘qki, u absolyut xavfsiz amalga oshsa. Shuning uchun, Har qanday xavf potensial xavfli hisoblanadi.
Xavflarning taksonomiyasi.
Taksonomiya – murakkab hodisalarni, jarayonlarni, tushunchalarni yoki obyektlarni bir sistemaga solish haqidagi fandir.
Xavflar taksonomiyasi – xavflarni tartib bo‘yicha joylashtirish degan ma’noni anglatadi. Masalan, tabiiy ofat xavfining taksonomiyasini tuzish:
a) geologik o‘zgarishlar oqibatida yuzaga keladigan xavflar: yer silkinishi, yer ko‘chkisi, vulqon otilishi, tog‘larning yemirilishi va boshqalar;
b) gidrometerologik o‘zgarish oqibatida yuzaga keladigan xavflar: shamollar, yog‘ingarchiliklar, tabiiy yong‘in, qurg‘oqchilik, momaqaldiroq, chaqmoq chaqishi, do‘l yog‘ishi va hokazolar;
d) epidemiologik, epizootik va epifitotik xavflar: (insonlar kasallanishi, zaharlanishi, ommaviy o‘lim, parranda, cho‘chqa gripplari, qutirish, oqsil kasalligi, chigirtkalarning yog‘ilishi, fotosintez jarayonining buzilishi va boshqalar);
Xavflar taksonomiyasini tuzish aynan inson faoliyati xavfsizligini ta’minlashda muhim ro‘l o‘ynaydi. Xavflarning taksomaniyasini tuzishni, albatta, xavflarning tabiatini chuqur o‘rganish orqaligina amalga oshirish mumkin.
Afsuski, hozirga qadar xavflarning yetarlicha to‘liq taksanomiyasi yaratilmagan. Bu esa har qanaqa xavfning oldini olishni ta’minlashni chegaralab qo‘yadi. Shuning uchun olimlar, soha mutaxassislari oldiga xavflarning taksonomiyasini yaratish bo‘yicha ilmiy va metodologik izlanishlar olib borish maqsad qilib qo‘yilgan.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin