1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə7/11
tarix23.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma\'ruza

FIDONET (1984)

  • Shaxsiy kompyuterlar bilan MS va PS DOS boshqaruvida ishlaydigan TARMOQ. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog‘lanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatishi mumkin.

INTERNET 

International Network (xalkaro kompyuter tarmog‘i) butun dunyo kompyuter tarmog‘idir. U ko‘p KTtlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalari asosida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys – GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o‘quv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu sohadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat qiladi. Hozirda u butun dunyo qit’alarini o‘ziga birlashtiradi, Internet tarkibidagi ba’zi kompyuter tarmoqlari – CSNET, NSFNET, o‘z navbatida, katta-katta tarmoqlar bo‘lib, o‘zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilishni NIC (Network Information Centry) Stenford universitetidagi SRI (Stanford Researsh Institute), ko‘pincha SRI – NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.

2. Kompyuterlarning avlodlari va ularning imkoniyatilari

Kompyuterlarning rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  • 1.Nolinchi avlod – mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) -Paskal (1642 yil), Leybnits (1672 yil) va Bebbidjlar (1722 yil) tomonidan ishlab chiqilgan kompyuterlar.
  • 2.Birinchi avlod – elektron lampalar asosida qurilgan kompyuterlar (1945-1955 yillar) – Fon Neyman tamoili asosida qurilgan kompyuterlar.
  • 3.Ikkinchi avlod – tranzistorlar asosida qurilgan kompyuterlar (1955-1965 yillar).
  • 4.Uchinchi avlod – integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1965-1980 yillar).
  • 5.To‘rtinchi avlod – katta integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1980 yillardan boshlab) – Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32) va Pentium protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar.
  • 6.Beshinchi avlod – ko‘rinmas kompyuterlar.
  • Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p turli xil kompyuterlar ishlab chiqildi. Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari bilan birga, kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining katta ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor. Kompyuter arxitekturasini yuqorida keltirilgan rivojlanish bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy kompyuterlarning qanday qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni yanada kengaytirish, hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada oshirish mumkin bo‘ladi.
  • Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning qurilish asoslarini o‘zida mujassam etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 yili Djon Fon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan - IAS (Immediate Address Storage) «to‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslanuvchi xotira» degan nomga ega kompyuter edi. Ushbu kompyuterning arxitekturasini 1.4-rasmda keltirilgan chizma asosida tushuntirish mumkin.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin