1-ma’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə11/11
tarix23.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-ma\'ruza

Iyerarxiyaning past pog’onalari protokollari ko’pincha dasturiy va apparat-dasturiy vositalarning birligida ishlatiladi. Tarmoq bog’lamalarining o’zaro samarador ishlashiga stekni tashkil etadigan barcha protokollarning sifati, ya’ni turli pog’onalar protokollari orasida vazifalar qay darajada rasional taqsimlanganligi va ular orasidan interfeyslarning qanday ishlashi ta’sir etadi [4].

Pog’onalararo almashadigan xabarlar sarlavha va ma’lumotlar maydonidan iborat. Har bir pog’ona modulining vazifasi sarlavha tarkibining harakatlarini boshqarish hisoblanadi.

Tarmoq ilovalari.

Tarmoqqa ulangan kompyuterda bir necha turdagi ilovalar ishlashi mumkin:

  • Mahalliy dastur to'liq ushbu kompyuterda ishlaydi va faqat mahalliy resurslardan foydalanadi. Ushbu ilova hech qanday tarmoq vositalarini talab qilmaydi, uni mustaqil kompyuterda ishlatish mumkin.
  • Markazlashtirilgan tarmoq ilovasi to'liq shu kompyuterda ishlaydi, lekin o'z ish jarayonida tarmoqdagi boshqa kompyuterlarning resurslariga kirishi mumkin. Mijoz kompyuterida ishlovchi dastur fayl serverida saqlangan fayldan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va keyin natijalarni chop etish serveriga ulangan printerda chop etadi. Shubhasiz, ushbu turdagi ilovalar tarmoq xizmatlari va xabarlarni tashish vositalarini jalb qilmasdan ishlamaydi.
  • Taqsimlangan (tarmoq) ilova bir nechta o'zaro ta'sir qiluvchi qismlardan iborat bo'lib, ularning har biri qo'llaniladigan masalani hal qilish uchun qandaydir aniq tugallangan ishlarni bajaradi va har bir qism tarmoqdagi alohida kompyuterda bajarilishi mumkin. Taqsimlangan ilovaning qismlari tarmoq xizmatlari va OT vositalaridan foydalangan holda bir-biri bilan o'zaro ta'sir qiladi. Taqsimlangan ilova odatda kompyuter tarmog'ining barcha resurslariga kirish huquqiga ega bo’ladi.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin