1-Laboratoriya ishi. Mavzu: Electronics Workbench dasturi imkoniyatlari va komponentalari bilan tanishish



Yüklə 4,03 Mb.
səhifə1/18
tarix19.10.2023
ölçüsü4,03 Mb.
#157122
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-Laboratoriya ishi. Mavzu Electronics Workbench dasturi imkoni MATERIAL ANOLOG UMUMIY LB


1-Laboratoriya ishi.
Mavzu: Electronics Workbench dasturi imkoniyatlari va komponentalari bilan tanishish.
Electronics Workbench (EW) dasturi sodda intuitiv ko’rinishdagi foydalanuvchi interfeysiga ega bo’lib, virtual o’lchov asboblari,padioelektron komponentlar kutubxonasi, analogli va raqamli qurilmalarning tayyor sxemalaridan tashkil topgan. Dastur vositasida xususiy sxemalarni ham yaratish mukin. Ushbu tizimda ideal elementlar bilan birga matematik modellar bilan tavsiflash mumkin bo’lgan real modellar bilan ham ishlash imkoniyati mavjud.Bu esa,turli sxemalarni sintezlash va tahlil qilish imkoniyatini yaratadi.
EW dasturining oynasi Windows operasion tizimining standart oynasi tuzilishiga xos elementlarga ega. 1-rasmda EW 4.1, 2-rasmda esa, EW 5.0 dasturining oynasi keltirilgan. EWdasturining oynasi bosh menyu, uskunalar paneli, o’lchov asboblari ulangan modellashtiriladigan sxemani sintezlash va tahlil qilishga mo’ljallangan ishchi soha hamda sxemaning ingliz tilidagi qisqa tavsifiga ega. Zarurat tug’ilganda har bir asbobni boshqaruv bo’g’inlari bilan birgalikda ekranda “yoyish” mumkin.
Bosh menyu quyidagi elementlardan tashkil topgan:


1-rasm. EW 4.1 dasturining oynasi



2-rasm. EW 5.0 dasturining oynasi

EW 5.0 dasturi oynasining EW 4.1dasturi oynasidan farqi shundaki, u yana uskunalar tasmasi Analysis menyusiga ham ega. Shu bilan birga EW 5.0 da elektron komponentalar kutubxonasi ancha ixcham tarzda berilgan va nazorat-o’lchov asboblari tasmasi elektron komponentalar kutubxonasi bilan bir sohada joylashgan. EW 4.1 da yig’ilgan analog-raqamli sxemalar fayllarining kengaytmasi.са4 bo’lsa, EW 5.0 da tuzilganlariniki esa, -.ewb.
File menyusi (3-rasm) fayllar bilan ularni yuklash,xotirada saqlash,sxemaningtarkibiy qismlarini bosmaga chiqarish,fayllarni boshqa turdagi modellashtirishtizimi yoki bosma platalar yaratish dasturlari (SPICE, PCB va b.). formatlariida eksport yoki import qilish uchun ishlar operasiyalarini bajarish imkonini yaratadi. Ushbu menyuning New (Yaratish), Open... (Ochish), Save (Saqlash), Save As...(kabi saqlash), Print (chop etish), Exit (Chiqish) kabi buyruqlari Windows ning fayllar bilan ishlash buyruqlariga mos keladi. EW 5.0 da bu buyruqlar uchun standart tasvirli tugmachalar mavjud.

Yüklə 4,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin