1. Kon mashinalari



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə4/7
tarix20.04.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#100952
1   2   3   4   5   6   7
Doc2

2. Maydalab parchalovchi burg‘ilar – o‘rta qattiqlikdagi va abraziv xossali zich, qattiq qatlam (gil, alevrolit, qumtosh, dolomit, angidrit, kremniylashgan jinslar)li tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallangan. Burg‘i ikkita va uchta konussimon, o‘zi tozalovchi sharoshkalardan iborat. Hozir burg‘ilash burg‘isi va kallagining maydalovchi turlari ko‘proq tayyorlanadi. Bu burg‘ilar bilan ishlashda, quduq tubidagi tog‘ jinslari sharoshkatishlarining ta’siridan emiriladi.
3. Kesib ishqalovchi sharoshkasiz PDC va yuqori qotishmali burg‘ilar – qattiq, o‘rta qattiq va abraziv tog‘ jinslarini emirishga mo‘ljallangan.
Burg‘i turlari Bajaradigan vazifasiga qarab burg‘ilash burg‘ilar bir necha turlarga bo‘linadi;  quduq tub i tog‘ jinslarini yoppasiga parchalovchi burg‘ilar;  quduq tubi tog‘ jinslarini halqasimon parchalovchi burg‘ilar;  quduq tubi chet qismining tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallashgan burg‘ilash kallagi; 70  qattiq qotishmali burg‘ilar;  maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan burg‘ilar. Birinchi, ikkinchi va uchinchi turdagi dololalar quduqlarni chuqurlashtirishga, to‘rtinchi turi esa burg‘ilash quduqlarini kengaytirishga, quduq devorlarinn tekislashga vassement tiqinlarini burg‘ilash mo‘ljallangan. Boshqa turdagi burg‘ilash burg‘ilari va kallaklar (maxsus ishlatiladigan sharoshkasiz PDC burg‘ilar) texnik sharoitlarga qarab sekin (300 ayl/s) va tez (300 ayl/s dan ko‘proq) aylanadigan burg‘ilarga ajratiladi. SHuning uchun sekin aylanadigan burg‘ilarga AN va tez aylanadigan burg‘ilarga esa AV shifri berilgan.
Kurakli burg‘ilar - konstruksiya va jihozlanishiga qarab yumshoq, o‘rtacha qattiqlikdagi hamda kam abrazivli tog‘ jinslarini burg‘ilashga mo‘ljallangan. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda ikki (2P), uch (ZP va ZIR) va olti (6IR, ISM) kurakli burg‘ilar qo‘llaniladi. Kurakli burg‘ilar asosan neft va gaz quduqlarini rotorli va turbinli usulda burg‘ilashda ishlatiladi. Ikki kurakli burg‘i (2P) - korpus va bir-biriga shtampovka qilingan ikkita kurakdan tashkil topgan (2-rasm).
Burg‘ilash jarayonida ikki kurakli burg‘ining «baliq dumi» deb ataluvchi turi ko‘proq ishlatiladi. Bu burg‘ilarning diametri 76 mm dan 161 mmgacha bo‘ladi.



Yüklə 32,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin