1. Kon mashinalari



Yüklə 32,9 Kb.
səhifə1/7
tarix20.04.2023
ölçüsü32,9 Kb.
#100952
  1   2   3   4   5   6   7
Doc2



1. Kon mashinalari. foydali qazilmalarni va tog‘ jinslarini er osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, er osti bo‘shliqlarini (laxim) o‘tuvchi, tog‘ jinslarini burg‘ulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pog‘onalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burg‘ulash stanoklari; Er osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, laxim o‘tuvchi kombaynlar, Er osti burg‘ulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.
2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni er osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o‘rganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruksiyali), o‘z og‘irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
Uzlukli transport (yukni bo‘lak-bo‘lak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha g‘ildirakli yuk tashish vositalari, temir yo‘l transporti, alohida bo‘laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
3. Turg‘un mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda ma’lum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan ta’minlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan ta’minlaydi) va yuk ko‘tarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda er yuzasiga ko‘tarib beruvchi) dir.
Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash ishlari: er osti konlarida – tayyorlov lahimlarini o‘tish, shpurlar hosil qilish; ochiq konlarda – qoplama tog‘ jinslarini olib tashlash, qazib olinuvchi bloklarda skvajinalar hosil qilishdan iboratdir. Bu texnologik jarayonlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish uchun albatta mos texnik tavsifga ega bo‘lgan mashinalar va uskunalarni ishlatish talab etiladi. Xuddi shuningdek, foydali qazilmani massivdan ajratib olish yoki qazib-yuklash, tashish ishlarida ishlatilayotgan elektromexanik vositalar ham kon korxonasi texnologik zanjiriga mos kelishi lozimdir. Bu iborani oddiy qilib quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, qazib-yuklash va tashish tizimini olib qaraylik. Foydali qazilmani qazib olayotgan kombayn yoki ekskavator katta unumdorlikli bo‘lsada, tashish mashinasi kichik quvvatli yoki unumdorlikka ega bo‘lsa, bunda tashish ishlari orqada qolib ketadi, kon mashinasi esa bo‘sh turib qoladi va aksincha. SHuning uchun kon korxonasida ishlatilayotgan har bir mashina o‘z texnologik zanjirida har taraflama bir-biriga mos kelishi talab etiladi.
Ko‘mirni qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib to qazib olingan ko‘mirni iste’molchiga jo‘natishgacha bo‘lgan uzluksiz texnologikssikldan iborat bo‘lib, bu jarayonlarda ishlatiladigan mashinalar va uskunalar funksional belgilarga qarab bir nechta toifalarga bo‘linadi.
. Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklarda lahim o‘tishning quyidagi texnologik sxemalari qo‘llaniladi:
- Burg‘ilab-portlatish usulida lahim o‘tish texnologik sxemasi.
- Kombayn bilan lahim o‘tish usulining texnologik sxemasi.
- Tor yoki keng kavjoyli lahim o‘tish texnologik sxemasi.
- Burg‘ilab-tutashtiruvchi mashinalar yordamida lahim o‘tish texnologik sxemasi.

Yüklə 32,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin