1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA


II. BOB. Boshlang`ich Sinflarda matematika o’qitish metodikasining vazifalari



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə5/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org

2 II. BOB. Boshlang`ich Sinflarda matematika o’qitish metodikasining vazifalari


R E J A
1- §. I-IV sinflrada matematika o`qitish maqsadlari va vazifalari. O`quvchilarni kursni o`rganishga tayyorlash.
2- §. Boshlang`ich matematika kursining tuzilishi va mazmuni.
3- §. I-IV va V- VI sinflarda matematika o`qitish orasidagi izchillik.
4- §. Bolalar bog`chalarida matematikadan mashg`ulotlarning o`ziga xos xususiyatlari.


Foydalangan adabiyotlar [ 1,2,3,4,5,6,7,8,9,12]


Asosiy tayanch tushunchalar
O`qitish maqsad, ta'limiy, tarbiyaviy va amaliy vazifalar; boshlang`ich matematika kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, asosiy mazmuniga qo`yilgan talablar; I-IV, V-VI va bolalar bog`chalarida matematika o`qitish orasidagi izchillik.

1. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning maqsadlari va vazifalari. O`quvchilarni kursini o`rganishga tayyorlash.
1. Boshlang`ich maktab o`rta umumiy ta'limning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu sababli I-IV sinflarda matematika o`rganish maktab matematika kursining birinchi bosqichi sifatida qaraladi.
Boshqa o`quv predmetlari kabi matematika boshlang`ich kursi ham ta'limiy – tarbiyaviy va amaliy vazifalarni hal qilishi kerak.
Matematikani o`rganish jarayonida eng avvalo o`quvchilar nazariy bilimlari sistemasini shuningdek, ularda hisoblash, o`lchash va grafik ko`nikmalarning ma'lum aniq sistemasini egallashlari kerak, boshqacha aytganda, bu sistema eng sodda amallarni bajarishdan iborat bo`lib, ko`p marta takrorlash hisobiga avtomatizmgacha yetkazila di. Bu vazifani yetarlicha baholamaslik amalda bolalar bilimlarining pasayishiga olib keladi.
O`qitish o`quvchilar bilimlarini ongli egallashlarini va yetarlicha yuqori darajada umumlashtirishlarni ta'minlashi zarur, shuningdek, o`quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat va munosabatlarni ochishni og`zaki va yozma xulosalar qilishni o`rganishlari kerak. Boshlang`ich maktab matematika dasturi xuddi shunga yo`naltiradi, unda o`qitishda nazariylik saviyasini oshirish ochiq - oydin ifodalangan, nazariy va amaliyotning uzviy bog`liqligigining ahamiyati ko`rsatilgan.
Masalan, eski dastur asosan hisoblash ko`nikmalari, xususan 20 va 100 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalari amallar xossalariga tayanilmagan holda tarkib toptiriladi: uzoq vaqt davomida (2, 3, 4 yil) bo lalar amallarning biror xossasining qo`llanilishiga asoslangan butun bir qator faktlar bilan xossalarning o`zini bilmagan holda tanishishadi. Buning natijasida M: 100 ichida qo`shish va ayirishni bajarish uchun 20 dan ortiq hisoblash usullarini egallashlari zarur bo`lardi.
Aslida esa, o`quvchilarni 4 ta asosiy xosa haqidagi bilim bilan [a+(v+s), (a+v)+s, (a+v)-s, a-(v+s)] tanishtirishning o`zi yetarli. Hozirgi amaldagi dasturda ana shu maqsad o`quvchilar misollarning yechishning har xil usullarini mustaqil topish imkoniga ega bo`lishi bilanoq amalga oshiriladi.
O`quvchilar bilish qobiliyatlarining rivojlanishi natijasida, ular ha r xil sharoitda olgan bilimlarini turli o`quv mashqlariga tadbiq etishlari mumkin.
Boshlang`ich sinflarda o`qitish tarbiya bilan bog`langan holda amalga oshiriladi. O`qitishning bu muhim vazifasi o`quv jarayonida o`quvchilarda dunyoqarash, ahloqni kundalik xulqning asosi sifatida shakllantirishga; shaxsining ko`pgina qimmatli xususiyat va sifatlarini shakllantirishga ega qulay sharoitlar yaratib berish zarurligini ifodalaydi.
Boshlang`ich sinflarda tarbiyalovchi ta'lim - rivojlantiruvchi ta'lim hamdir. Ta'lim natijasida kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira, tasavvur va nutq rivojlanadi va shu tariqa o`quvchilar hayotga, mehnatga tayyorlanadi.
Boshlang`ich matematika o`qitishning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal qilish ko`p jihatidan o`quvchilarning bu kursni o`rganishga tayyorgarlik darajasiga, bog`chalarning tayyorlov guruhlari va maktab qoshidagi tayyorlov sinflari dasturida nazarda tutilgan rivojlantiruvchi va o`rgatuvchi xarakterdagi masalalarni hal qilish darajasiga bog`liq.
Bolalarni tayyorlashning asosiy vazifasi matematikadan faktik bilimlar, ko`nikma va malakalar sistemasini to`plash va ularni o`zlashtirish uchun (masalan, son, shakl, miqdor, qo`shish va ayirish malakalari….) sharoitlar yaratishdangina emas, balki bu bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlashdan ham iboratdir.
Bolalarni tayyorlashda asosiy ish analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtiruvchi kabi aqliy operatsiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi zarur. Bu ish bolalarning matematik nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan bundan keyin muvaffiqiyatli o`qish uchun zarur bo`ladigan har xil aktiv lug`atlar to`plash bilan uzluksiz bog`liq ravishda amalga oshirilishi kerak.
Bolalarda matematik bilimlarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallash malakasi tarbiyalanishi kerak. Bundan tashqari, ularda amaliy malaka va ko`nikmalarning (sodda shakllarni chizish, ularni qog`ozni buklab hosil qilish….) shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish kerak.
Bu davrda ular pedagogning topshiriqlarini tinglab, darhol bajarishi, o`qituvchi ko`rsatmalariga amal qilish, muhim narsani nomuhim narsadan ajrata olish, qo`yilgan vazifalar tartibini aniqlash, olingan natijalarini qo`yilgan masalaga mos keltirish, o`z ishini nazorat qila olish hamda boshqa malakalarni egallab olishlari kerak.
-Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni hal qilishi o`qitish mazmunining tanlanishiga, uning ma'lum sistemada joylashishiga hamda shunga mos ravishda o`qitish metodi va usullarining tanlanishiga bog`liq ravishda amalga oshiriladi.
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning maqsadi 3 ga bo’linadi:

Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin