1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmetstrreplA



Yüklə 487,15 Kb.
səhifə1/92
tarix07.01.2024
ölçüsü487,15 Kb.
#209417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasin-fayllar.org


1 I. Bob. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmeti

MA’RUZALAR MATNI


BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA O`QITISH METODIKASI.
2018 – yil


1 I. BOB. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini predmeti
R E J A
1-§. Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasi pred meti.
2-§. Matematika o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi. (matematika, umumiy metodika, pedagogika, pedagogik - psixologiya va yosh psixologiyasi, ona tili…)
3-§. Metodika fanida foydalaniladigan tadqiqot metodlari. (kuzatish, ekspriment, o`quvchilarning ishlari va hujjatlarini o`rganish, suhbat anketalashtirish).


Foydalangan adabiyotlar [1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 11]

Asosiy tayanch tushunchalar
Metodika; o`qitish predmeti; O`qitish metodlarining boshqa fanlar bilan bog`lanishlari; Metodika fanida foydalaniladigan ilmiy – tadqiqot metodlari;
Kuzatish, ekspriment, maktab hujjatlarini va o`quvchilar ishlarini o`rganish, suhbat va anketa o`tkazish.


1- § Boshlang`ich matematika o`qitish metodikasi predmeti.
Ulkan iqtisodiy o`zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga yetkazish vazifasini qo`ydi.

1997 yilda «Ta'lim to`g`risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o`zgarishlar davrida maktabning roli yanada o`sganligi, maktabning bosh vazifasi - o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy – matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o`quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to`g`risida fikrlar keltiriladi.


Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan matematikadan ham yangi o`quv dasturi kiritiladi, o`qitish metodlari takomillashtiriladi. Boshlang`ich sinfl ar uch yil o`rniga 4 yillik ta'limga o`tkazildi. Boshlang`ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o`tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o`qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o`qituvchi matematika o`qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallagan bo`lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.
«Metodika» grekcha so`z bo`lib, «metod» degani yo`l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari sistemasiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog`i bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o`qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.
Matematika boshlang`ich ta'lim metodikasining predmeti qo`yidagilardan iborat:
1. Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o`qitiladi).
2.Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlang`ich sinflarda o`rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlang`ich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o`rganilishi, mavzular qanday tartibda o`rganilsa, eng ratsional bo`lishi ko`rsatiladi).
3. O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o`qitish kerak, ya'ni o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bo`lishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo`shish va ayirishni qanday o`rganish kerak, jumladan, bu mavzuda qo`shishning o`rin almashtirish xossasini qanday ochib berish kerak?).
4. O`qitish vositalarini – darsliklar, didaktik materiallar, ko`rsatma - qo`llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o`qitish?). kerak
5. Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari formalarini qanday o`tkazish? O`quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o`tkazish kerak?. O`quv protsessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).
Shunday qilib, o`qitishning maqsadlari, mazmuni metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentalaridir.
  1. M. Pishkalo bu tizimni o`ziga xos quyidagicha grafik bilan tasvirlaydi.





Yüklə 487,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin