1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi



Yüklə 180,9 Kb.
səhifə4/5
tarix14.12.2019
ölçüsü180,9 Kb.
#29925
1   2   3   4   5
umumiy kimyo ayzada


Elektrolitlar

Dissotsiyalanish doimiysi (kuchsiz elektrolitlar uchun ) eritma konsentratsiyasining o'zharishi bilan o'zgarmaydi , faqat T -ga bog'liq bo'ladi.

Bu formuladan


ni hosil qilish mumkin.
Masalan, quyidagi tenglama bo’yicha dissotsilanuvchi:HA H++Abir negizli kislota HA eritmasining konsentrasiyasi - C mol/l ga, dissotsiyalanish darajasi ga teng bo’lsa, muvozanat konstantasi
[H+] = C*,[A-] = C*,[HA] = C(1-) ga teng bo’ladi.
K = [H+][A-] / [HA] = C**C / C(1-) = 2C / 1- kelib chiqadi.
Kuchsiz elektrolitlarda ning kiymati 1 ga nisbatan juda kichik: shuning uchun (1-a) qiymatini 1 ga teng deb olish mumkin. U xolda yuqoridagi ifoda K=a2ko'rinishga ega bo’ladi.
Eritmada ionlar konsentrasiyasi 1 l eritmadagi ionlarning mol sonlari (mol-ion) bilan ifodalanadi. Uni avval g-ion/l shaklida ifodalab kelingan, uning qiymati 1 l eritmadagi ion massasiga teng. Masalan, 1g-ion/l SO42- massasi 1 l eritmada 96 g SO42- ionlari borligini ko’rsatadi. Xozirgi vaqtda g-ion/l ni mol-ion/l(yoki mol/l) bilan ifodalanadi.

Ionning gramm ekvivalenti uglerod birligida grammda va son jixatidan bitta ionning ekvivalentiga teng bo’lgan ifodasidir. Masalan, 1 g-ekv SO42- ion 96/2=48 g teng (ion valentligi 2 bo’lgani uchun) Tajriba natijalari ko’rsatadiki, kuchli elektrolitlarning dissotsilanishi massalar ta'sir qonuniga bo’ysunmaydi. Kuchli elektrolitlar eritmalarda ionlarga to’liq dissosilanadi. (a=1)

Kuchli elektrolit eritmalar spektrlarini o’rganish eritmada dissotsilanmagan molekulalar yo’qligini tasdiklaydi. Kristallarni rentgenografik urganish (masalan KCl ni), ular ionli kristall panjaraga ega ekanligini kursatadi. Kristall modda eritilganda kristall panjara yemiriladi va ionlar eritmaga utadi. Lekin elektr o'tkazuvchanlikni o'lchash kuchli elektrolit eritmalarida to’liq dissotsilanish mavjudligini tasdiqlamadi, chunki eritmalarning elektr o'tkazuvchanligi fakat elektrolitning dissotsilanish darajasiga boglik bulmay, ionlarning xarakat tezligiga xam bog'liqdir. Kuchli elektrolit eritmalarida ionlar soni juda ko'p va ular bir-biri bilan shunday yaqin masofada joylashganki, ular orasida elektrostatik tortishish va itarilish kuchlari vujudga keladi.
Buning natijasida xar qaysi ion uz atrofida karama-karshi zaryadli ionlardan iborat "ion atmosferani" xosil kiladi va u eritmada ionlar xarakatiga tuskinlik qiladi. Bu esa elektr o'tkazuvchanlikni kamaytiradi. Shuning uchun elektrolitning elektr o'tkazuvchanligini o'lchab topilgan dissotsilanish darajasi birdan kichik bo'lib, uni effektiv yoki ko’rinma dissotsilanish darajasi deyiladi.
Effektiv dissotsilanish darajasining qiymati, ionlar orasida o’zaro ta'sir kuchi bo’lgani uchun, go’yo elektrolit elektr tokini xuddi hamma ionlarga dissotsilangandek o’tkazishini ("ion juftlari" ) ko’rsatadi. Ionlar orasidagi kuchlar eritmaning osmotic bosimiga, muzlash va qaynash temperaturasiga, ionlarning kimyoviy reaksiyaga kirishish qobilyatiga va boshqa xossalarga xam ta'sir qiladi.

Kuchsiz elektrolit xossasini xarakterlovchi konunlarning matematik ifodasini kuchli elektrolitlarga kullash uchun ionlar "aktivligini" yoki "aktiv konsentrasiyasini" aniklash kerak. Ionning aktivligi deb, eritmaning ma'lum xossalariga javob beradigan ionning effektiv konsentrasiyasi tushuniladi. Ionning aktivligi -aion ionning konsentrasiyasi Cion ga tog’ri proporsional



aion = f.Cion

Bu yerda: f-proporsionallik koeffisiyenti (uni aktivlik koeffisiyenti xam deyiladi), aion Cion lar mol/l bilan ifodalanadi. Odatda aktivlik koeffisiyenti birdan kichik va fakat juda xam suyultirilgan eritmada 1 ga teng buladi. Bu xolda aion = Cion Agar f>1 bulsa, ionlar aktivligi ularning konsentrasiyasidan kichik buladi.


aion = f Cion
Elektrolit eritmalarida reaksiya molekulalar orasida bormay, erigan moddaning ionlari orasida boradi. Elektrolit eritmalarda boradigan reaksiyalarni molekulyar tenglama kurinishida emas, balki ion tenglama kurinishida uch katorda 1) molekulyar, 2) ion va 3) ionlar ishtirok etishini kursatadigan tenglama xolida ifodalanadi.
Elektrolit eritmalarda reaksiyalar borishi

Elektrolit eritmalarda reaksiya borishi uchun:


1)Qiyin eriydigan moddalar
2)gazsimonmoddalar
3) kam dissosilanuvchi moddalar xosil bo’lishi kerak.
Agar shu moddalar xosil bulmasa reaksiya bormaydi
1. Qiyin eriydigan birikmaning xosil bo’lishi

BaCl2+ H2SO4  BaSO4 + 2HCL
Ba2+ + 2CL+ 2H+ + SO42-  BaSO4 + 2H+ + 2CL-
Ba2+ + SO42-  BaSO4
Agar reaksiyada bir necha qiyin eriydigan moddalar xosil bo’lsa, u xolda oldin juda kam eriydigan modda cho’kmaga tushadi.
2.Gazsimon moddaning xosil bo’lishi.
K2SO3 + l 2KCl + H2SO
2K+ + SO32- + 2H+ +2Cl2K+ + 2Cl+ H2O + SO2
SO32- + 2H+  H2O + SO2

3. Kam dissotsilanuvchi moddalarning xosil bo’lishi.


KOH + HCl  KCl + H2O
K+ + OH+ H+ + Cl-  K+ + Cl+ H2O
OH+ H+ H2O
Eritmadagi cho’kma sirtida erigan moddaning ionlari bo’ladi. Agar
qiyin eriydigan birikmaning biror soni ion erituvchi bilan biriksa, u xolda moddaeriydi.
Pb(OH)+ 2HCl  PbCl2 + 2H2O
Pb(OH)+ 2H+ + 2Cl PbCl2 + 2H2O
Bu misolda PbCL2 chukmaga tushadi va kam dissosilanuvchi suv xosil buladi, natijada Pb(OH)eriydi.
Agar kuchli elektrolit eritmalarini aralashtirsak ularning ionlari orasida qaytar reaksiya boradi, ya'ni eritmada molekula xosil bo’lmay, bu elektrolitlarning ionlari o’zgarmay qoladi.
NaCl+KNO3  NaNO3 +KCl
Na+ + Cl+ K+ + NO3 Na+ + NO3+ K+ + Cl-
Eritmalar aralashtirmasdan va aralashtirilgandan keyin ham eritmada faqat Na+, K+, Cl-, NO3ionlar erkin xolda bo’ladi, Lekin eritma sovitilib, kristallarga aylanganida 4 ta tuzning aralashmasi xosil bo’ladi.

Yüklə 180,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin