Turli elektrolitlarda metallarning elektrod potensiallarini



Yüklə 333,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.10.2023
ölçüsü333,38 Kb.
#160070
  1   2   3   4
1-laboratoriya



LABORATORIYA ISHI №
1
TURLI ELEKTROLITLARDA METALLARNING ELEKTROD POTENSIALLARINI 
ANIQLASH 
Ishdan maqsad:
ba`zi metallarning elektrod potensiallari kattaliklarini elektrolit
eritmalarda aniqlash. Metallarning elektrod potensiallarini o`zaro taqqoslash va ularning faollik 
qatorida o`zaro ketma-ket joylashuvini o`rganish.
Laboratoriya bajarish uchun kerakli jihozlar: 
temir elektrodi, alyuminiy elektrodi, 
solishtirish elektrodi, potentsiometr; ulash simlari.

Nazariy tushunchalar 
Metall suvli elektrolit eritmaga tushirilganda uning sirtida metalning ion- atomlari 
suvning qutblangan malekulalari bilan o`zaro ta`sirlasha boshlaydi. Bu ta`sirlashuv jarayonini 
metall ion-atomlarining gidratasiya jarayoni deyiladi va bu jarayonda gidratasiya energiyasi 
ajralib chiqadi. Agar gidratasiya energiyasi metallarning panjarasidagi ion-atomlar ta’siri 
energiyasidan katta bo’lsa, unda ion-atom gidratlangan kation holatida eritmaga o’tadi. Uning 
sirtida esa erkin holda elektronlar qoladi:
Me + m∙H
2
O → Me
n

∙m∙H
2
O + n∙e
(1) 
Sodir bo`ladigan (1) jarayonning borishi natijasida metall sirti manfiy zaryadlanadi, 
elektrolit eritmasi esa musbat zaryadlanadi. “Metall-eritma” chegarasi bo’ylab hosil bo`lgan 
ikkilangan elektr qatlamda eritmadagi musbat ionlar metall sirtiga o’tib uni musbat zaryadlaydi. 
Musbat zaryadlangan elektr qatlam atrofida manfiy zaryadli qatlam vujudga keladi va bu holat 
davom etadi. 
Metall sirtida ikkilangan elektr qatlamda hosil bo’lgan potensiallar farqi “metalning 
elektrod 
potensiali” 
deyiladi. 
Eritma 
tavsifiga 
qarab 
hosil 
bo`lgan 
potensiallar: 
muvozanatlashgan qaytar potensialar va muvozanatlashmagan potensialarga bo’linadi. 
Muvozanatlashgan potentsial metalni faqat shu metall ionlari bor bo`lgan, yani shu metall 
kationlari bor bo’lgan elektrolit eritmasiga tushirilgan taqdirdagina vujudga keladi.
Bu holda metall bilan tashqi muhit orasidagi o’zaro ta’sir qo’shimcha jarayonlarning 
yo’qligida, sistemada metall ionlarining eritmaga o’tishi jarayonida gidratasiya energiyasi 
hisobiga metall yuzasida erkin elekrtonlarning yuzaga kelishi va metall ionining elektronga 
qo’shilishi jarayoni natijasida hamda uning metall yuzasida atom ko’rinishida chiqishi hisobiga 
muvozanat tezda o’rnatiladi: 

Yüklə 333,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin