1. Daromadidan soliq to’lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar



Yüklə 21,33 Kb.
tarix25.04.2020
ölçüsü21,33 Kb.
#30985
Документ Microsoft Office Word

Daromad, jami daromad, stavka, imtiyoz, rezident. norezident, mexnatga xaq to’lash, kompensatsiya to’lovlari, moddiy naf, mulkiy daromad, divident, deklaratsiya, jami daromad, yakka tartibdagi tadbirkor.
1. Daromadidan soliq to’lovchi jismoniy shaxslar. Rezident va norezidentlar.O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb e‘tirof etiladi.

O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy soliq davrida yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.

Yuqoridagi mezonga javob bermaydigan shaxs O’zbekiston Respublikasining norezidenti deb e‘tirof etiladi.


2. Jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish ob‘ekti, jami daromadi tarkibi.Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob‘ekti bo’lib ћisoblanadi:

- O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingandaromadlari;

- O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar Soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat‘iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar bo’lganligi uchun, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish ob‘ekti bo’lmaydi.

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.

Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.



Jismoniy shaxslarning jami daromadiga Soliq Kodeksining 173 moddasiga muvofiq quyidagilar kiradi:

1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.Mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e‘tirof etiladi.

Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:

- rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lgan to’lovlari;

- kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);

- ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash.

Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari tarkibiga quyidagilar kiradi: foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, royalti va boshqalar.Soliq to’lovchi tomonidan moddiy naf tarzidaolinadigandaromadlar quyidagilardir:

1) yuridik shaxs tomonidan jismoniy shaxs manfaatlarini kozlab, tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini, mulkiy huquqlarni tolash, shu jumladan: jismoniy shaxslarning bolalarini maktabgacha talim muassasalarida oqitish, tarbiyalash; kommunal xizmatlar, xodimlarga berilgan uy-joy haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlari haqini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning ornini qoplash qiymatini tolash;oziq-ovqat, oylik yol chiptalari yoki ularning ornini qoplash qiymatini tolash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yollanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulatoriyaga qatnab davolanish haqini yoki ularning ornini qoplash qiymatini tolash; yuridik shaxsning jismoniy shaxs daromadi bolgan boshqa xarajatlari;

2) sovgalar, tekin berilgan, shu jumladan hadya shartnomasi asosida berilgan tovarlar, soliq tolovchining manfaatlarini kozlab, bajarilgan ishlar va korsatilgan xizmatlar qiymati;

3) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xodimlarga realizatsiya qilinadigan narxi va shu tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hisoblab chiqarilgan qiymati ortasidagi salbiy tafovut;

4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yol, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish boyicha beriladigan imtiyozlar summasi;

5) jismoniy shaxsning yuridik shaxs oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;

6) ish beruvchi tomonidan tolovlar hisobiga tolanib, xodimdan ushlab qolinishi lozim bolgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.

Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) davlat ijtimoiy sugurtasi boyicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar;

2) stipendiyalar;

3) jismoniy shaxslarga xayriya va ekologiya jamgarmalarining mablaglaridan korsatiladigan moddiy yordam;

4) donorlik uchun pul mukofotlari;

5) alimentlar;

6) hayvonlarni (qoramol, parranda, moynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;

7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boyicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;

8) musobaqalarda, koriklarda, tanlovlarda sovrinli orinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;

9) yutuqlar;

10) grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari boyicha olingan summalar;

11) jamgarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boyicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamgarib boriladigan pensiya tolovlari;

12) yaratilgan fan, adabiyot va sanat asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;

13) Ozbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bolgan jismoniy shaxslar olgan bir yola beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgalarining qiymati;

14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli orinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yola beriladigan pul mukofoti;

15) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asos boyicha tugatilgan taqdirda, mehnat togrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan boshatish nafaqasi va boshqa tolovlar.
Yüklə 21,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin