1. bob. Korxona faoliyati va internet marketing


Internet marketingni afzalliklari



Yüklə 147,74 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü147,74 Kb.
#195300
1   2   3   4   5   6   7
Internet marketing

1.3. Internet marketingni afzalliklari.
Yuqoridagi bozordagi sotishga baho, hisob - analitik, shuningdek bozorni marketing va boshqa turdagi faoliyat vositasida tezlashtirish usullari biznes - rejada ko’zda to’tilishi kerak. Bu bo’limni ishlashda bevosita raqobatchilarning imkoniyatlari, qobiliyatlari va baho siyosati hisobga olinishi kerak. SHuning uchun biznes - rejada raqobatni hisobga olish, sotish hajmiga tuzatish kiritish bilan ishlanadi.
5 - bo’lim. Rejani amalga oshirish va tashkiliy choralar. Bu bo’lim tarkibi ko’pincha tadbirkorlik faoliyati turi (ishlab chiqarish, tijoriy, moliyaviy) ga bog’liq. Tadbirkorlik ishlari dasturi odatda quyidagi ketma – ketlikda tuzilishi maqsadga muvofiqdir:
- marketing faoliyati (reklama, bozorni aniqlash, sotish, iste’molchilar bilan bog’lanishlar, ularning iltimosini hisobga olish);
- mahsulot ishlab chiqarish (sotib olish, saqlash, transportirovka qilish, tovarni sotish, haridorga xizmat qilish)ni amalga oshirish;
- tashkiliy choralar-dasturni amalga oshirishda qoldirilmaydigan qismi, biznes rejani amalga oshirishni tartibga keltirish, moslashishga chaqirish.
6 - bo’lim. Loyihani resurs bilan ta’minlash. Bu bo’limda resurs turi va hajmi, tadbirkorlik bloyihasini amalga oshirish uchun kerak bo’lgan, manbalar va resurs olish uslublari ma’lumot uchun keltiriladi. Resurs bilan ta’minlash material resurslari, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, axborot resurslarni o’z ichiga oladi.
7 - bo’lim. Loyihaning samaradorligi. Bu biznes - rejani tugallovchi bo’limi bo’lib, tadbirkorlik loyihasini samaradorlik tavsifnomasidan tashkil topadi. Asosiy jamlovchi samaradorlik ko’rsatkichlari soniga foyda ko’rsatkichlari va loyiha rentabelligi hisoblanadi. Bundan tashqari, ijtimoiy va ilmiy - texnik samaradorlik ham hisobga olinadi.
Innovatsion iqtisodiyot sharoitida tez rivojlanayotgan savdo oqimlari tufayli ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari taqsimotini kengaytirishlari kerak. Texnologik sohaning rivojlanishi tufayli so‘nggi yillarda mahsulot ishlab chiqarish va sotishda Internet-marketing texnologiyalaridan foydalanish juda dolzarb bo‘lib qoldi.Internet-marketing – bu yangi mijozlarni jalb qilish va saqlashga yordam beradigan marketing vositalari kompleksidir. Ilmiy adabiyotlarda Internet-marketing tushunchasiga turli xil yondashuvlar mavjud. Ularning ba’zi bir muhimlarini tahlil qilib chiqamiz. M.V. Akulich Internet-marketing bilan raqamli bozor tushunchalarini bitta tushuncha, o`xshash ekanligini o‘z tadqiqotlarida qayd etib o‘tgan. Tovar harakati kanallarini va marketing kompleksi elementlarini rejalashtirish bo`yicha Internet-marketing juda raqamli bozorga o`xshaydi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida korxonalar tovar ishlab chiqarishni tashkil etish va sotish bo`yicha barcha harakatlari Internet-marketing orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyotning marketing bilan bog`liq masalalari Internet-marketing orqali bajariladi. Demak, raqamli iqtisodiyot sharoitida marketing tadqiqotlarini tashkil etish, iste’molchilar xatti-harakatini o‘rganish, tovar, narx, sotish va siljitish siyosatini olib borish Internet-marketing texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda.I.V.Alekseev Internet-marketingni foyda olish uchun universal tizimlarni ishlab chiqish va jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun Internet tarmog‘ida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zaro ishlash tamoyillarini o‘rganishga yo‘naltirilgan marketingning bir qismi sifatida ko‘rib chiqadi. I.V. Alekseev fikricha Internet-marketing an’anaviy marketingni internet orqali amalga oshirilishi, marketing faoliyatini onlayn tarzda korxonada tashkil etilishidan iboratdir.
A.A. Vekshinskiy “internet-marketing” atamasi Internetning gipermedia muhitida marketingni tashkil etish nazariyasi va metodologiyasidan iboratligini ta’kidlaydi.Ye.O. Kitaeva Internet-marketing istalgan tovar va xizmatlarni Internet orqali siljitish bo`lib, butun dunyo reklama to`ri, bannerli reklama deb hisoblaydi. Xuddi shunday qarashlar A.D. Baranovga ham tegishli. Uning fikricha internet-marketing tushunchasi bir vaqtning o`zida bu reklama, bannerli reklama, SEO, SMM yoki xattoki ye-mail marketing hamdir.
Mahalliy olimlarimizdan Sh.J. Ergashxodjaeva internet-marketing bo`yicha o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda. Sh.J. Ergashxodjaeva fikricha Internet tizimi bu – innovatsion marketingning oddiy bir yangi vositasigina emas, balki korxonada marketing majmuini kengaytirish vositasi hamdir. Eng yangi axborot texnologiyalarining ulkan rol o`ynashiga qaramay, elektron marketing an’anaviy marketing o`rnini bosmasdan, uni faqat to`ldirib turadi, shu tariqa marketing faoliyati majmuini kengaytiradi, ya’ni amaliyotda integratsiyalangan yondashuv qo‘llaniladi. Shu sababli kompaniya faoliyatining muvaffaqiyati an’anaviy va elektron innovatsion marketing oqilona uyg`unlashuviga erishish bilan belgilanishi lozim. Bu uyg`unlashuvning oqilonaligi quyidagi asosiy omillar bilan izohlanadi.L.T. Abduxalilova o`z ilmiy izlanishlarida Internet-marketingning mazmun-mohiyatini asoslab bergan. Internet marketing – zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari yordamida xususan, Internet global tarmog‘idan foydalangan holda bozorda qujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini kompleks, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlarni yaratish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.Yuqoridagi nazariy qarashlardan kelib chiqib, Internet-marketing tushunchasi va Internet-marketingni rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha quyidagilarni aytib o‘tish mumkin. Internet-marketing deganda internet gipermedia muhitida marketingni tashkil qilish nazariyasi va metodologiyasi tushuniladi. Boshqacha aytganda, internet marketing bu Internet tarmog`idagi kompaniya qatoriga kiradigan mijozlar va sotuv miqdorining barqaror o`sishini ta’minlaydigan boshqaruv qarorlari va funksiyalari kompleksidir. Internet an’anaviy marketing vositalaridan keskin farq qiluvchi o`ziga xos tavsifnomalarga ega. Internet muhitining asosiy xususiyatlaridan biri uning gipermedia tabiati bo`lib, axborot taqdim etish va o`zlashtirishda samaradorlikning yuqoriligi bilan tavsiflanadi hamda korxonalar va iste’molchilar o`rtasidagi aloqani kuchaytirishda marketing imkoniyatlarini sezilarli oshiradi.
Bundan tashqari, Internet tomonidan bajariluvchi rol faqat kommunikativ funksiyalar bilan cheklanib qolmasdan, bitim tuzish, harid qilish va to`lovni amalga oshirish imkoniyatini ham qamrab oladi va unga global elektron bozor jihatlarini namoyon etadi.

























Internet - marketing




























































Internet - marketingning eng asosiy instrumenti (vositasi) sayt hisoblanadi. Korporativ Web-sayt – kompaniyaning virtual ofisi, hamda bir qancha funksiyalarga ega Internet tarmog`idagi vakilidir:
kompaniya va uning tovarlari haqida ma’lumotlar taqdim etish;
internetda mahsulot va savdo markasini harakatlantirish;
joriy marketing tadqiqotlarini o`tkazish;
iste’molchilar bilan munosabatga kirishish;
mijozlarga servis xizmat ko`rsatish va ma’lumotlar taqdim etish;
Saytdan elektron do`kon sifatida foydalanish vositachilarni jalb etish va vositachilar bilan o`zaro munosabatlarni mustahkamlash. Internet tomonidan zamonaviy tijorat dunyosiga olib kirilgan eng asosiy hislatlardan biri asosiy rolning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o`tishi hisoblanadi. Internet kompaniyalar uchun kompyuter ekrani oldida o`tirgan yangi mijozning e’tiborini biror soniyalar ichida jalb qilish imkonini berdi. Biroq shu bilan bir vaqtda u xuddi shu foydalanuvchiga sichqoncha tugmasini bir necha marta bosib raqobatchilarga o`tib ketishiga ham imkon beradi. Bunday vaziyatda haridorlarning diqqat-ye’tibori eng katta qimmatga ega bo`ladi, mijozlar bilan o`rnatilgan aloqalar esa kompaniyaning asosiy kapitaliga aylanadi.
Internet tijorat yuritishning zamon va makon ko`rsatkichlarini keskin o`zgartirib yuboradi. U hech qanday hududiy cheklovlarsiz to`g`ri kommunikatsiya vositasi bo‘lib, bunda axborotga ulanish qiymati an’anaviy vositalarning aksi o‘laroq undan uzoqlikda joylashganlikka bog‘liq emas. Shunday qilib, internet elektron tijorat eng mayda ta’minotchilarga ham jahon miqyosida biznes bilan shug`ullanishga imkon beradi. Mos ravishda, buyurtmachilar ham talab qilinayotgan tovar va xizmatlar taklif etuvchi potensial ta’minotchilarni geografik joylashuvidan qat’i nazar global tanlash imkoniga ega bo`ladilar. Sotuvchi va haridor o`rtasidagi masofa tovarni yetkazib berish bosqichidagina transport harajatlari nuqtai nazaridan rol o`ynaydi, xolos.
Elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda kompaniyalar har bir individual buyurtmachining so`rovlari haqida batafsil axborot olishi, individual talablarga mos keluvchi mahsulot va xizmatlarni avtomatik ravishda taqdim etishga imkon topadilar. Bunga eng oddiy misol qilib kompaniyaning har bir mijozi yoki hamkori uchun shaxsiy veb-sayt taqdim etishni ko`rsatish mumkin. Elektron usulda yetkazib berish mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar alohida o‘ringa ega. Bunda yetkazib berish vaqti maksimal darajada qisqartiriladi. Elektron usul ko‘ngilocharlik sanoati raqamli mahsulotlarni (filmlar, video, musiqa, jurnal va gazetalar), axborot, o‘qitish vositalari yetkazib berishda keng qo‘llanadi hamda dasturiy ta’minot ishlab chiqish va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar tomonidan samarali foydalaniladi.Jahon o‘rgimchak to‘rida internet–marketingni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:korxonalarda internet-marketing rivojlanishi samaradorligini oshirish uchun an’anaviy marketing bilan integratsiyasini ta’minlash lozim. Chunki, yangi axborot texnologiyalarining ulkan rol o‘ynashiga qaramay, internet-marketing an’anaviy marketing o‘rnini bosmasdan, uni faqat to‘ldirib turadi.internet-marketingni rivojlantirish uchun korxonaning faqat sotuv va reklama faoliyatida foydalanmasdan, marketing faoliyatining barcha jabhalarida: marketing tadqiqotlarida onlayn so‘rov-anketalar tashkil etish, yangi tovar yaratish jarayoni, tovarlarga buyurtmalarni shakllantirish, tovar yetkazib berish, saqlash, ortish-tushirish, sotuv kanallarini boshqarish, tijorat vositachilari bilan muzokaralar olib borish kabilarni ham elektron tarzda amalga oshirish.Internet-marketing elektron tijoratning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Odatda Internet-marketing internetga integratsiyalash, axborotni boshqarish, mijozlarga xizmat ko`rsatishni tashkil etish, tovar, narx, sotish va siljitish orqali amalga oshiriladi. Internetga kirishni kengaytirish tufayli elektron tijorat va Internet-marketing ommalashib ketdi. Bugungi kunda Internet-marketing har qanday korxona va tashkilotlar marketing faoliyatining ajralmas qismi hisoblanmoqda. Tadqiqotlarimizdan kelib chiqqan holda, zamonaviy marketingining muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida Internet-marketingdan foydalanishning ba’zi bir yo`nalishlarini asoslab berdik.



Yüklə 147,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin