1. bob. Korxona faoliyati va internet marketing


BOB. Korxona faoliyati va internet marketing



Yüklə 147,74 Kb.
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü147,74 Kb.
#195300
1   2   3   4   5   6   7
Internet marketing

1.BOB. Korxona faoliyati va internet marketing.
1.1. Korxona faoliyatini tashkil qilish jarayoni.
Har bir korxona faoliyati samaradorligi, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatda yengib chiqish va ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi bir qator omillarga bog’liq bo’ladi. Ular jumlasiga: talab va taklifga asoslangan holda, qachon, qaysi vaqtga, qancha va qanday sifatda mahsulot ishlab chiqarishni to’g’ri aniqlashi shlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyaning oqilona holatini tanlash; manbaalar bilan doimiy ravishda va o’z vaqtida ta’minlanishiga erishish; asosiy va aylanma kapital miqdori, mahsulotning sotish shakllarini tanlash kabi savollarga javob topish talab etiladi. Bu esa korxonada xo’jalik faoliyatini rejalashtirishni talab etadi. Bir qator samarali ish yurituvchi korxonalar tajribasi keskin raqobat holatida rejalashtirish iqtisodiy o’sish va yuksalishning bosh sharti ekanligini ko’rsatadi.Bu o’z navbatida rejalashtirishning mohiyatini anglatadi va quyidagicha namoyon bo’ladi:- imkoniyatlarni tanlab olish, taqqoslash mavjudligi bilan aloqadorlik;- tanlab olingan variant qaror qabul qilishda asos bo’lishi;- rejalashtirish qaror qabul qilishning uzluksiz jarayoni bo’lishi, bu davrda doimiy ravishda vaqt, maqsad va vazifa oydinlashtirib boriladi. Ya’ni, mahsulot ishlab chiqarishdan tortib, tosotishga qadar bo’lgan jarayonlar uchun maqsadga erishish strategiyasi aniqlanadi. Aniq rejaqismlari ishlab chiqiladi va barcha ko’rsatkichlar koordinatsiya qilinadi;- rejalashtirishning asosiy qonuniyati: foydali ishlash va korxona egalari, tahsischilar, aktsiyadorlar jamoasi va davlatni manfaatdorligini ta’minlanadi;- rejalashtirish ishlab chiqarish omillari va mazmunidan xarakteridan kelib chiqib, uzoq muddatli va o’rta muddatliga bo’linadi. Masalan, mashina va qurilmalar sotib olish va ulardan foydalanish, kadrlar siyosati, mahsulot turlarini aniqlash va sotish bozorlarini tanlash uzoq muddatli rejalarda hisobga olinadi. O’z vaqtida ishlab chiqarishni xomashyo va materiallar bilan ta’minlash joriy rejalarda o’z aksini topadi. Bunday sharoitda korxonalar ishlab chiqarish programmasi to’g’ridan-to’g’ri mahsulot ishlab chiqarishni va iste’molchilar o’rtasidagi shartnomalar asosida, real iste’molni hisobga oluvchi, shundan davlatga kerak bo’lgan narsalarni, shuningdek ishlab chiqarish va resursimkoniyatlarni qanoatlantirgan holda shakllantiradi. Korxonalar darajasida rejalashtirish, mehnat jamoalarini ishlab topgan shaxsiy resruslarning hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qattiq direktiv ko’rinishdan boshqarish munosabatlari o’rniga, iqtisodiyotni birinchi reja dinamikasi o’z-o’zini sozlovchi iqtisodiy jarayonlar, maxsus dalolatnomalar bilan qo’llab quvvatlanadigan maqsadli yo’nalish va turli rag’batlantiruchi iqtisodiy richaglar yordamida, ya’ni
· soliq va soliqdagi imtiyozlar;
· omonot va ssuda foizlari;
· valyuta kursi;
· amortizatsiya ajratmasi va boshqalar bilan boshqariladi.
Korxonalar rejalarini ishlab chiqishda, bundan buyon "rejali uslub" yo’llari va rejalash ish uslublarining takomillash asosiy ahamiyat kasb etadi. Rejalashtirish uslubini takomillashni asosiy yo’nalishlari; progressiv texnik-iqtisodiyme’yorlash va me’yor tuzimini keng qo’llash, bundan buyon ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqarish samaradorligini ko’tarish maqsadida materiallar sarfini kamaytirish va foiz sig’imi, mehnat unumdorligini ko’tarish, yuqori sifatli mahsulot chiqarishni ko’paytirish va balansli rejani ta’minlash. Korxonani asoslangan rivojlantirish rejasi, progressiv texnik-iqtisodiy me’yorlash va me’yor asosidagi tizim orqali amalga oshiriladi. Me’yor deyilganda maksimal ruxsat etilgan o’lchamdagi xomashyo, materiallar yoqilg’i, energiya va boshqalarning mahsulot birligini tayyorlash uchun absolyut sarfi tushuniladi. Me’yorlash o’lchovi nisbiy bo’lib, bunda mehnat qurollari, mehnat predmetlari, ularni birlik maydoniga sarfini, og’irligi, hajm va boshqalarni ishlatish darajasini xarakterlaydi. Qo’llanilayotgan texnik - iqtisodiy me’yorlar va me’yorlashlar progressiv bo’lishi kerak. Ularni zamonaviy ilmiy rivojlanish darajasini ishlashda, texnikalar, texnologiyalar, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatidan to’larok foydalanish va yuqori ishlab chiqarish tajribasini hisobga olish kerak. Me’yorga texnik iqtisodiy ishlarning tashkiliy sharti rejali davr uchun asos qilib olinadi. Texnik - iqtisodiy me’yorlar va me’yorlashtirish quyidagi gruppalar bo’yicha ishlab chiqiladi:Jonli mehnat sarf me’yori (mahsulot birligiga ishchi vaqt sarfi me’yori, vaqt biriligiga mahsulot chiqarish me’yori, xizmat ko’rsatish me’yori, ro’yxatdagilar me’yori) Materiallar sarf me’yori (xomashyo, materiallar, yoqilgi energiya, komplektlash buyumlarini solishtirma sarf me’yori). Mehnat qurollaridan foydalanish me’yorlari (mashinadan, jihozdan, mexanizmdan, inshootlaridan, asboblaridan foydalanish me’yorlari). Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish me’yorlari (ishlab chiqarish davrining davomiyligi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, xomashyo zahiralari, material, yoqilg’i). Loyihadagi korxona ishlab chiqarish Sexi, agregat, moslamani ishga tushirish quvvatini egallashni davomiyligi me’yori. Me’yor va me’yorlashlar mahsulot tannarxini aniqlashga xizmat kiladi. Rejalarni texnik - iqtisodiy asoslanish kerakligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish oldindan reja ko’rsatkichlar tizimini aniqlaydi. Korxonani rivojlantirish rejasi va uning mohiyati Rejalarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslashda ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ko’rsatkich bu topshiriqning ifodalanish formasi. Ko’rsatkichlar tizimi esa ko’rsatkichlarning mazmuni mohiyati va ifodalanishi majmuidir. Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:
Birinchidan: ma’lum bir maqsad va adresga qaratilganlik;
Ikkinchidan: barcha sub’ektlar uchun umumiylik.
Ko’rsatkichlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Natura va qiymat.
2. Miqdor va sifat.
3. Tasdiqlangan va hisob-kitob.
Rejalashdagi qo’llaniladigan ko’rsatkichlar, son va sifat, hajm va solishtirma ko’rsatkichlarga bo’linadi.
1.Sonli ko’rsatkichli reja absolyut o’lcham bilan ifodalanadi. Bunga: tovar hajmi, sotish hajmi, ishchilar soni, ish haqi fondi, foyda summasi, turli ishlab chiqarish resurslarini sarfi (metall, yonilg’i va boshqalar.)
2.Sifat ko’rsatkichlari nisbiy o’lchamda hisoblanadi. Ular ishlab chiqarishni iqtisodiy samarasi, uning alohida omillari bilan ifodalanadi. Bu mehnat unumdorligini o’sishi, mahsulot tannarxini kamayishi va boshqalar. Sifat ko’rsatkichlari, son ko’rsatkichlarning o’zaro nisbiyligini ifodalaydi Masalan, ishlab chiqarish rentabelligi, fond qaytimi, mahsulot sifati va boshqalar. Son va sifat ko’rsatkichlarining o’zaro bog’lanishi va o’zaro ta’siri korxona jamoasi mehnatini samarali tashkil etish uchun, uzluksizlikni va ishlab chiqarishni o’sish proportsionalligini ta’minlash, ishchilarni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yo’naltirish uchun bitta ko’rsatkich masalan, tovar mahsuloti hajmi kamlik qiladi, bunda bar qatoro’rsatkichlar tizimi kerak bo’ladi. Son va sifat ko’rsatkichlarini hisoblash, soha ishchilarini ishlab chiqarishdagi mahsulot chiqarish hajmiga yo’naltirilgangina bo’lmasdan aholi uchun kerakli bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish kerak, xalq xo’jaligiga tur bo’yicha, kerakli sifat talabida kam sarf qilish bilan foyda ko’rinishidagi samara olish kerak. Ushbu muammolarni hal etish yechimi, korxonani bozor munosabatlariga o’tishi hisoblanadi. Hajmli ko’rsatkichlar ishlab chiqarishni bir butun absolyut o’lchamlari, unda qatnashayotgan alohida jarayonlar, omillar bilan belgilanadi. Masalan, ishlab chiqarishni bir butun hajmi, mexanik ishlovlar, yig’im, mehnat sarflari, material resurslari va boshqalar hajmlari. Solishtirma ko’rsatkichlar ikki yoki bir qancha o’zaro bog’langan ko’rsatkichlarni belgilanish nisbiyligi. Masalan, mahsulot birligiga metall sarfi, ishlab chiqarish quvvati birligigi kapital qo’yilma va boshqalar. Tasdiqlangan ko’rsatkichlar yuqori davlat organlari tomonidan beriladi, bajarilishi majbur hisoblanadi. Masalan, yalpi paxta hosili. hisob-kitob ko’rsatkichlar tasdiqlangan ko’rsatkichlarni asoslashda foydalaniladi. Ularga ekin maydoni, hosildorlik, ishlab chiqarish quvvati, quvvatdan foydalanishni misol qilib olishimiz mumkin. Korxonani rivojlantirish rejasiga quyidagi asosiy bo’limlar kiradi:
1.Soha mahsuloti ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish programmasi).
2. Fan va texnikani rivojlantirish rejasi.
3. Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi.
4. Kapital qurilish va kapital qo’yilma rejasi.
5. Material texnik ta’minot rejasi.
6. Mehnat va xodimlar rejasi.
7. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotni sotish rejasi.
8. Moliyaviy reja.
9. Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejas
10. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resruslardan unumli foydalanish rejasi.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasi ishlab chiqarishdagi alohida turdagi mahsulotgabelgilanadigan natural va qiymat ifodasidagi topshiriq bo’lib, kelajakda mahsulot sifatini oshirishni ko’zda tutadi. Mahsulot hajmini aniqlash uchun tovar mahsulotni qiymati va uni sotish ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Fan va texnikani rivojlantirish rejasi - uning bosh ahamiyati - ilmiy texnik taraqqiyotni
tezlashtirish, shu sababli, ushbu tadbirga ilmiy tadqiqot ishlari, ishlab chiqarishda mahsulotning yangi turini ko’paytirish, progressiv texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish kiritiladi. Fan va texnikani rivojlantirish ko’rsatkichlari mamlakatda birinchi ishlab chiqariladigan mahsulotni yo’lga qo’yishda, mexanizatsiya darajasi va mehnatni avtomatlashtirish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga ajratish, rejali davr uchun, ishlab chiqarishni texnik darajasini oshirish tadbiri bo’yicha nisbiy ishchilar sonini kamayishi, mehnat unumdorligini ortishi va tovar mahsuloti tannarxini kamayishi, shuningdek soha korxonalari ishlab chiqarish uchun uslubiy bo’lgan ko’rsatkichlar - ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, jihozlardan foydalanish, ishlab chiqarishdagi material sig’imi, mehnat unumdorligi natural ko’rinishi va boshqalar hisoblanadi. Ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish rejasi - unda umumlashgan ko’rsatkichlar, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirish, jonli mehnat iqtisodiy samaradorligini oshirishni umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari - asosiy fondlar, aylanma vositalar kapital qo’yilma, material resurslar beriladi. Shu ko’rsatkichlar sonidan sof va tovar mahsuloti ishlab chiqarishni o’sish surhati, umumiy rentabellik, bir so’mlik tovar mahsulotiga xarajatlar, mehnat unumdorligini o’sishi va aylanma vositalari aylanish sonini o’sishi bilan ifodalanadi.
Kapital qo’yilishi va kapital qo’yilma rejasi - yangi qurilish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va rekonstruktsiya qilish, ishlab turgan yirik Sexlarni qurish va kengaytirish, ishlab turgan korxonalarni qayta qurollantirish, jihozlarni modernizatsiya qilish, eski jihozlarni unumdorligi katta bo’lgan ishlab chiqarish texnik jihatdan takomillashgan yangisiga almashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Material texnik ta’minot rejasi - bu material hisoblar tizimi, ishlab chiqarishga aloqador va zarur turdagi soha mahsulotini iste’mol qilish, ular rejasini amalga oshirishni ko’rsatadi.Material texnik ta’minot rejasi, xomashyo, material, yonilg’i, energiyani solishtirma sarfini kamayishini hisobga olgan holda ishlab chiqish ta’minlanadi.· Mehnat va xodimlar rejasini - ishlashda asliy vazifa tizimidagi (mehnat unumdorligi) ko’tarilishni, ishlab chiqarish hajmi ko’payishini asosiy sharti va uning samaradorligini ko’tarilishini ko’zda tutishni asosiy shart deb qaraladi. Mehnat unumdorligini oshirish, yillik unumdorlikni me’yoriy qiyosiy narxlardagi tovar mahsulotini ro’yxatdagi soha -- ishlab chiqarish xodimini bir ishchisi uchun hisoblanadi. Bu bo’limda boshqa asosiy ko’rsatkich oylik ish haqi fondi hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari (izderjki) va sotish rejasi - bu bo’limni ishlashda doim vazifa qilib ishlab chiqarishni samaradorligini oshirish, ko’proq material, mehnat va moliyaviy resurslardan unumli foydalanish qo’yiladi. Bevosita tannarxni rejalashtirishdan maqsad – ishlab chiqarishda iqtisodiy asoslangan o’lchamdagi xarajatlar rejada ko’zda tutilgan mahsulotni tayyorlash uchun kerak bo’lgan, ishlab chiqarishni aniqlovchi o’lchamidagi xarajati, foydanirejalashni vazifasi ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo’yicha olinadigan daromad o’lchami hisoblanadi.
Moliyaviy rejani asosiy ko’rsatkichlari - shaxsiy aylanma vositalarga talabni hisoblash va ular aylanishini tezlashtirish topshirig’i, korxonalarni o’zaro davlat byudjeti bilan ta’siri, asosiy ishlab chiqarish fondlarini, foyda topshirig’ini bunyod qilish va foydalanish belgilanadi. Moliyaviy rejaning asosiy qismi kredit rejasi hisoblanadi. Korxona va birlashma jamoasini ijtimoiy rivojlantirish rejasida, korxona birlashma jamoalari uchun ko’proq muhim bo’lgan tadbirlar yechimi, alohida hududdagi ijtimoiy vazifalarni rivojlantirish, mehnat dam olish va maishiy sharoitni yaxshilashni ko’zda tutadi.·



Yüklə 147,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin