1. bob. Korxona faoliyati va internet marketing


Internet marketing haqida



Yüklə 147,74 Kb.
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü147,74 Kb.
#195300
1   2   3   4   5   6   7
Internet marketing

1.2. Internet marketing haqida
Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo’lgan iqtisodiy munosabatlar rivojlanishning noaniqligi, korxona iqtisodiyoti rivojlanishining mos keluvchi yo’nalishlarini ishlab chiqish zaruriyatini belgilab beradi. Bu vazifa amalda rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi. Basharot – bu, korxona, ob’ekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va muddati to’g’risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko’ra bilish deb ataladi. Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning ob’ektlari sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo’nalishlar va ularga erishish vositalarini izlab topish, resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni aniqlashlarni kiritish mumkin. Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish turlariga bo’linadi. Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, texnik, ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo’lib, asosan bir yilga mo’ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga oshiriladi. Mazkur rejalashtirish turning soddalashtirilgan ko’rinishi ko’pincha korxona faoliyatining yillik rejasi deb ataladi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning davomi bo’lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, o’n kunlik, oyga bo’lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor ishlab chiqarish rejalashtirish-kalendar rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo’ladi. Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o’rinda ishlab chiqarish dasturi (mahsulot tayyorlash rejasi)ni o’n kunlik, hafta, kun va smena bo’yicha aniqlashtirish hamda bu ko’rsatkichlarni bajaruvchilarga yetkazish ko’zda tutilgan. Dispetcherlashtirish oylik, o’n kunlik kunlik sutka-smenalik rejalarni bajarishni tezkor boshqarishda ifodalanadi. SHuni qayd qilish kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan rejalashtirish turlari asosan mashinasozlik, samolyotsozlik, avtomobilsozlik kabi sohalarning yirik va bahzi hollarda o’rta korxonalari uchun xosdir. Garchi, biznes-reja hozirgi kunda “ommaviy” bo’lib yirik va o’rta korxonalarda qo’llansada, asosan ishlab chiqarish hajmi katta bo’lmagan hamda xodimlar soni 200 kishigacha bo’lgan kichik korxona va mikrofirmalar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritadi. Yana bir muhim narsani aytib o’tish lozim. Hozirgi paytda iqtisodiyotga oid bo’lgan adabiyotlarda rejalashtirishga nisbatan strategik, uzoq muddatli, qisqa muddatli va joriy rejalashtirish kabi tushunchalar qo’llanmoqda. Ularning har biri o’z shakli, ko’rsatkichlarni ishlab chiqish va hisoblash usullariga ega. Strategik rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga kelib, 10-15 yillik davrni o’z ichiga oladi. U korxona rahbariyatining masouliyatli vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yo`nalishlarini topish va bozorda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan taominlashga qaratilgan. Strategik rejalashtirish asosida yaqin 3-5 yilga mo’ljallangan uzoq muddatli rejalashtirish amalga oshiriladi. U korxona faoliyatining ishlab chiqarish, sotish, xarajatlar, moliya kabi turlarini o’z ichiga oladi hamda o’z mazmuni va maqsadli funktsiyalariga ko’ra, strategik rejalashtirishdan farq qilmaydi. Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga mo’ljallab rejalashtiriladi. Uning o’ziga xosligi shundaki, birinchi yil ko’rsatkichlari har chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko’rsatkichlari esa har yarim yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va tuzatishlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja ko’rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fantexnika taraqqiyotida yuz berayotgan o’zgarishlarni to’laroq aks ettirishga intilishni ko’rsatish mumkin. Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo’jalik yuritish va hayotiy jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib, unga choraklarga bo’lingan yillik rejalar asos qilib olinadi. Ushbu rejalar qoidaga ko’ra, o’zgaruvchan bo’lib, joriy yilning birinchi uch oyi uchun qat’iy, hayotiy ko’rsatkichlar belgilanib, keyingi to’qqiz oy davomida ularga tuzatishlar (korrektirovka) kiritiladi. Ular qisqa muddatli rejalarga qaraganda, ayniqsa, ishlab chiqarish harakati va moddiy-tovar boyliklari zahirasi, bahoni shakllantirish qismida yanada aniqroq hisoblanadi. Umuman olganda, korxonaning turli bo’lim va xizmatlari vazifalari bunday rejalarda o’zaro bog’lanadi. Korxona biznes - rejasining mohiyati, tuzilishi va vazifalari Tadbirkorlik faoliyatini rejalashda, xorijda biznes - reja keng qo’llaniladi amaliyot esa shunga asoslangan. Biznes - rejani ishlash tartibi va tarkibi qat’iy chegaralanmagan, u asosan moliyaviy iqtisodiy faoliyatda yutuqlarga erishishga mo’ljallangan bo’ladi. Biznes - reja 3 – 5 yilga tuziladi. Birinchi va ikkinchi yillar uchun topshiriqlar kavrtallarga bo’lingan holda, uchinchi yildan boshlab esa yillik ko’rsatilishi mumkin. Jahon amaliyotida biznes rejalarning 5 bo’limdan, to 18 bo’limgacha variantlari mavjud. Biznes rejalar ikki xil maqsadga tuzilishi mumkin. Birinchidan, investorlar uchun ya’ni loyihani amalga oshirish jarayonida tadbirkorning shaxsiy mablag’lari yetarli bo’lmasligi mumkin. Bu holatda ular mulkdorlarning bo’sh mablag’laridan foydalanishga majbur bo’ladi. Loyihaning samarasi biznes rejalarda asoslangan bo’ladi. Bunday biznes rejalar nisbatan qisqa bo’lib, korxonaning nozik tomonlarini o’zida to’la aks ettirmaydi.
Ikkinchidan – korxona rahbarlari uchun tuziladi. Bu biznes rejalar oldingiga nisbatan kengroq ma’noni anglatadi. Ishlab chiqarishdagi muhim masalalarga ham ehtibor beriladi. Biznes rejani tayyorlashda quyidagi shartlarga diqqat qaratilishi kerakBiznes reja qoliplashgan bo’lishi kerak, tarkibi va tashqi ko’rinishiga xukm chiqarish, tadbirkorlar vazifasiga kiradi. Bu xujjat tezda tushunish va foydalanish uchun yetarli darajadabo’lishi kerak. Biznes reja boblarga bo’linishi kerak. Albatta birinchi bo’limda tadbirkorlik ishi va maqsadi vazifasi yoritilishi kerak. Biznes reja shunday tuzilishi kerakki, har qanday investor uniqiziqtiruvchi bo’lim, qism punktlarini oson topishi kerak. Ushbu maqsadda har bir bo’lim v
boblarda kerakli vazifalar ko’zda to’tilishi kerak. Berilgan ma’lumot ktarli, to’liq va ko’rinuvchan, qabul qilish osonlashishi uchun jadvallar, sxemalar, diagrammalar, profillardan foydalanilishi zarur.
3. Biznes - reja ob’ektiv baholanishi kerak. Hammadan ham buni tadbirkor jamoalarni barcha a’zolari bilan tanishtirish kerak. Hisobchi yoki bosh hisobchi moliyaviy hisoblarni sinchiklab tekshirishi kerak. Imkoniyatiga qarab biznes rejaga xulosani auditor berishi zarur. Boshqa so’z bilan aytganda, xech bir potentsial investor biznes rejadan qandaydir xato topa olmasligi ehtibor beriladi. 4. Biznes rejaning tarqalib ketishini nazorat qilishi zarur, chunki u biznesda tadbirkorlar yoki tadbirkorlar guruhini ichki sir axborotlaridan tashkil topadi. SHuningdek har bir nusxasi nomerlanadi. Har kanday holatda ham potentsial investor bilan birinchi marta topishganida, unga qisqa ma’lumot yoki berilgan hisobot va agar investor o’zini qiziqishini bildirsa, shu taqdirda unga detallashgan rejani ko’rsatish mumkin. Tarkibi va tuzilishi jihatidan biznes rejalar yetti bo’limdan iborat bo’lsa optimal hisoblanadi.
1-bo’lim. Tadbirkorlik ishlari maqsadi va vazifalari (loyiha). Tadbirkorlik biznesining bosh maqsadi - foyda olish. Biznes rejani shakllantirishdagi asosiy omil vaqtni hisobga olish zarur. Bu bilan bir qatorda kutilayotgan foyda o’lchamini bilish kerak, u vaqt bo’yicha qanday bo’linadi, tadbirkorlarni pul mablag’i va inflyatsiyani hisobiga nisbatan ishlab chiqarish orqada qolmasligi kerak. Tadbirkorlik loyihasini dastlab maqsadga muvofiqligini baholashda olinayotgan foyda o’lcham jihatidan omonat bankiga kirgan mablag’ini sarflagandagidan yuqori bo’lishini bevosita hisobga olishi kerak. Yuqoridagidan tashqari biznes reja tuzuvchilar boshqa maqsad va vazifalarni aniqlashtirishi zarur. Ijtimoiy maqsad - tovar va xizmatlarning kamyobligini yo’yo qilish, ekologik muhitni sog’lomlashtirish, mamlakatdagi psixologik muhitni yaxshilash, yangi ma’naviy – madaniy qiymatni yaratish, ilmiy-texnik va yaratuvchanlik potentsialini rivojlantirish, ishdagi bog’lanishlarni rivojlantirish, xalqaro bog’lanishlar tadbirkorlar statusini oshirish, tadbirkorlarning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish, xorijga borishlar, turli assotsiatsiyalar va boshqalarga kirib borish va boshqa maxsus maqsad va vazifalar bog’lanishlarni rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
2- bo’lim. Umumlashgan xulosa, asosiy o’lchamlari va biznes reja ko’rsatkichlari. Bu biznes rejani jamlovchi, asosiy g’oyalaridan rejalarni tashkil topishini tahlil qiluvchi bo’limdir. U aniq ishonch hosil qiluvchi, biznes - reja bilan tanishishda barcha biznes – reja tarkibini to’liq ifodalashi kerak. Bu bo’lim asosiy, rejani qayta ishlashda yaratiladi, aniqlik kiritiladi va faqat bir butun qilib tuzilgandan so’ng tugatiladi, oxiriga yetkaziladi. Biznes rejaning tashkiliy bo’limida loyihani bosh maqsadi, tadbirkorlik mahsulotiga qisqacha tavsifnoma, ko’zdatutilgan rejani oxirgi natijalari va uning farqlanish ahamiyati takdim etiladi.
- qo’yilgan maqsadga erishish uslublari va yo’llari;
- loyihani amalga oshirish muddati;
- loyihani amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlar;
- kutilayotgan samaradorlik va natijalar;
- natijalardan foydalanish hududlari.
3 - bo’lim. Iste’molchiga tadbirkorlar taqdim etadigan mahsulot, tovar, xizmatlar tavsifnomasi. Biznes rejaning bu bo’limida tadbirkorlik mahsulotini talab qilinayotgan to’liq holdagi ehtirof etuvchi ko’rgazma uchun berilganlari (tajriba uchun ko’rgazma, uning tavsifi modeli, rasmiy) ro’yxatga olinish shartlari hisoblanadi. Ko’pincha biznes rejaning eng og’ir elementi tadbirkorlikdan yuqori inflyatsiya hisobiga olingan qiyosiy narxlardagi bahosini tahlil qilish hisoblanadi.
4 - bo’lim. Bozor konhyunkturasi, ta’minot, talab, sotish hajmi, baho va tahlil bo’limi. Bu bo’lim - bevosita talabni o’rganish va bahoni istiqbollashni davom ettirishdir. U oldindan ishlab chiqarish hajmi va tadbirkorlik loyihasi bo’yicha, vaqtni davriyligida tovar sotishni ko’rsatib beradi. Biznes - rejani tayyorlash jarayonida bozorga baho berishda, tadqiqot, tahlil, bir tomondagi
iste’molchi harakteriga ega mo’ljal, boshqa tomondan potentsial iste’molchi yoki savdo, sotuvchi tashkilotlarni ta’miniy shartnomalariga asoslanadi.
Qisqa yoki uzoq vaqtdagi, mayda yoki yirik tadbirkorlik loyihalarida vaziyat boshqacha bo’ladi. Birinchi hollarda yuqori darajadagi sotib oluvchilarga aniqlik, iste’molchilar tadbirkorlik mahsulotini sotish hajmiga xulosa qilish imkonini berishi mumkin. Ikkinchi holatda vaziyat murakkab bo’lib, mahsulotga talab o’zgarsa, uni sotishda biznes - reja tuzishda iste’molchi vaziyati asosidagi baho, hisob, bashorat belgilanadi.

Yüklə 147,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin