Faraz qilaylik, B mamlakatning hukumati o‘z valyuta kursini A mamlakatning milliy valyutaga nisbatan barqarorlashtirib olmoqchi. A mamlakatdagi inflyatsiyaning sur’ati yiliga 5%ni tashkil etadi.
B mamlakatda bu maqsadga erishish uchun inflyatsiya sur’ati qanday bo‘lish kerak?
Uzoq muddatli davrda pul aylanish tezligi o‘zgarmasa va ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 3%ni tashkil etsa, valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul massasining o‘sish sur’atlari qanday bo‘lishi kerak?
Mustahkamlash uchun savollar 1. Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering 2.Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi? 3.Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering.
4. Valyuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi?
5. Foiz stavkasi va valyuta kursi o’rtasida qanday bog’lig’lik bor?
6. Nominal va real valyuta kurslariga izoh bering.
7. Xarid qobilyati pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat?
8. Real valyuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta’sirida qay tarzda o’zgartiriladi va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9.Protektsionizm siyosatining valyuta kursiga ta’sirini qanday
baholaysiz?
10.Valyuta kursi o’zgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’siri mexanizmini tushuntirib bering.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Internet saytlari.
16-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat. Mandell-Fleming modeli (2 soat) Reja: 1.Ochiq iqtisodiyot tushunchasi va uning ko’rinishlari. 2.Ichki muvozanat va tashqi muvoza, Mandell Flemingning modeli. 3. Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari bo’yicha kichik ochiq iqtisodiyot. 4. Qayd etilgan valyuta kurslari ostidagi kichik ochiq iqtisodiyot