Rossiya 360 ekskavator va 2400 traktor, Ukraina esa 160 ekskavator va 800 traktor ishlab chiqarishadi. Agar Rossiya faqat ekskavator ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 600 donani, agar faqat traktor ishlab chiqarganda, ularning hajmi yiliga 6000 donani tashkil etardi. Mos ravishda Ukraina yo 200 ekskavator
yoki 4000 traktor ishlab chiqarishi mumkin. Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq va nisbiy afzallikka ega? Ikkala mamlakat uchun ixtisoslashuv qanday manfaatlarni beradi?
▲ ▲ ▲
O‘zbekiston va Qozog’iston ikkita tovar ishlab chiqarishadi - shakar va avtobuslar. Bu mahsulotlarga ketgan xarajatlar quyidagicha:
Bu mahsulotlar ishlab chiqarishda qaysi mamlakat mutloq yoki nisbiy afzallikka ega? Erkin savdo sharoitida O‘zbekiston va Qozog’iston qaysi tovarlarni eksport va import qilishadi? O‘zbekiston va Qozog’iston o‘rtasidagi erkin savdo sharoitida jahon narxlarning nisbati qaysi darajada o‘rnatiladi?