3.Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi. Majburiy zahiralash normasi; 4. Qattiq va yumshoq pul-kredit siyosati Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalarini o`rganish; pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko`rinishlari; depozitlarni majburiy zahiralash normasini aniqlash; ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasini aniqlash; qattiq va yumshoq pul-kredit siyosatini baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Materiallar va jihozlar:o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: Likvidlilik, ekvivalentlilik, pul massasi, depozitlar, pul agregatlari, bank multiplikatori, pul multiplikatori.
Umumiy ma’lumotlar: Bank tizimidan tashqaridagi barcha mavjud naqd pullar va xo‘jalik sub’ektlari tomonidan bitimlar tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan depozitlar pul taklifi deb ataladi.
Pul taklifi 1/rr koeffitsientiga bog’liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb ataladi hamda u ushbu bank rezervlar normasida ortiqcha rezervlarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarning eng ko‘p miqdorini bildiradi.
Markaziy bank bevosita pul bazasi ustidan nazorat qiladi va uning miqdoriga ta’sir ko‘rsata borib, mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni hamda milliy iqtisod rivojlanishini o‘zgartiradi.
Pul bozoridagi muvozanat bu uning shunday holatiki, bunda pulga talab hajmi va pul taklifi hajmi bir biriga mos keladi.
Pul bozorida muvozanatni ta’minlovchi vosita bo‘lib foiz stavkasi hisoblanadi.
Topshiriqlar:
Tijorat bankining pul zaxiralari 250 mln. pul birligini tashkil etadi. Depozitlar 980 mln. pul birligiga teng. Majburiy zahiralar me’yori 20 %ni tashkil etadi. Agar bank ssuda berish uchun ortiqcha zahiralardan foydalanishga qaror qilsa, pul taklifi qanday o‘zgarishi mumkin?