Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar, avtonom xarajatlar,
“Keyns xochi”, bozor muvozanati, retsession va inflatsion uzilish
Umumiy ma’lumotlar: Makroiqtosodiy muvozanatni ta’minlashda tovar va xizmatlar bozorida muvozanatni ta’minlash muhimdir. Bu masalani hal etishda rejalashtirilgan xarajatlar hamda haqiqatda sarf qilingan xarajatlarni bir biri bilan solishtirish orqali iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini aniqlash mumkin. Bu o‘rinda Keyns xochi alohida ahamiyatga egadir.
Investitsiyalar funktsiyasi va Keyns xochi asosida foiz stavkasi va daromad darajasi o‘rtasidagi teskari bog’liqlik o‘rnatiladi va bu bog’liqlik investisiyalar hamda jamg’armalar tengligi ayniyatini bajarilishini ta’minlovchi IS egri chizig’i yordamida aks ettiriladi.
Davlat xarajatlarini oshishi (G) daromadlarni berilgan darajasida rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o‘sib borishini bildiradi. Davlat xarajatlarini bir miqdorga ko‘payishida muvozanatli daromad qancha oshganligini bildiruvchi koeffitsient davlat xarajatlarining multiplikatori deb ataladi.
Soliqlarning o‘zgarishi daromad va iste’molga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni daromadlarni soliqlar o‘zgarishi miqdoriga qaraganda yanada ko‘proq qo‘shimcha o‘sishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Topshiriqlar:
Iqtisodiyot quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan. Y=S+I
S=100+0,8Y I=50
Bu yerda U-daromad, S-iste’mol, investitsiyalar Quyidagilarni aniqlang: