▲ ▲ ▲
Uzoq muddatli AS egri chizig’i Y=2000, qisqa muddatli AS- egri chizig’i P=1,0 darajasida gorizontal. AD egri chizig’i tenglamasi Y=2.0 *M/P. Pul taklifi
1000 ga teng. Baho shoki natijasida yalpi taklif egri chizig’i P=1.25 darajasigacha ko‘tarildi.
shokdan so‘ng iqtisodiyotda o‘rnatilgan qisqa muddatli muvozanat nuqtasining koordinatlari qanday?
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning dastlabki darajasini tiklash uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi kerak?
▲ ▲ ▲
Markaziy bank siyosati iqtisodiyotdagi pul taklifini 5%ga kamayishiga olib keldi.
bu siyosat AD egri chizig’ida qanday aks ettiriladi?
qisqa va uzoq muddatli davrlarda ishlab chiqarish hajmi hamda narxlar darajasi qanday o‘zgaradi?
▲ ▲ ▲
4. Iqtisodiyotda uzoq muddatli davrdagi AS egri chizig’i quyidagicha berilgan Y = 3000, qisqa muddatli davrdagi AS egri chizig’i esa P = 1,0 darajada joylashgan. AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha Y = 3,0 M/P. Pul taklifi (M) 1000 teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajasigacha, uzoq muddatli AS egri chizig’i esa Y = 2500 darajasigacha surilgan. AD egri chizig’i o‘zgarmagan. qisqa va uzoq muddatli davrlarda yangi muvozanatli Y va P qiymatlarini aniqlang.
▲ ▲ ▲
5. Potentsial YaIM (Y) 3000ga teng, qisqa muddatli AS egri chizig’i P=1,0 darajada gorizontal ko‘rinishga ega. AD egri chizig’ining formulasi quyidagicha: Y= 2000 + M/R. Pul taklifi 1000 ga teng. Narx shoki natijasida qisqa muddatli AS egri chizig’i P = 1,5 darajagacha surildi. Ishlab chiqarish hajmini potentsial darajasida (Y = 3000) saqlab qolish uchun Markaziy bank pul taklifini qanchaga oshirishi mumkin?
▲ ▲ ▲
6. O‘tgan yilda AD egri chizig’ining tenglamasi quyidagicha edi: Y = 3300 – 3P. Joriy yilda esa bu tenglamaning ko‘rinishi: Y= 3270 – 3P. Potentsial YaIM o‘zgarmagan va 3000 darajada qolgan. Qisqa muddatli davrda muvozanatli YaIM va uzoq muddatli davrda inflyatsiya darajasini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |