1-amaliy mashg‘ulot Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish. Ishdan maqsad



Yüklə 129,5 Kb.
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü129,5 Kb.
#121915
1   2   3   4
1-amaliy mashg‘ulot Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy mode

Mohiyat – bu xohlagan bir haqiqiy yoki tasavvurdagi ob`ekt bo`lib, MBda mazkur ob`ekt to`g`risida axborot saqlanishi zarur bo`ladi. Odatda, ER-model diagrammalarida mohiyat, ichki qismiga mohiyat nomi yozib qo`yilgan to`g`ri to`rtburchak shaklida ifodalanadi. Mohiyat aniq mazmun kasb etuvchi nomlanishga ega bo`lishi hamda mohiyat nomi ot so`z turkumida, birlik sonda belgilanishi zarur. Mohiyat tipi va mohiyat nusxasi (ekzempelyari) tushunchalarini chalkashtirib yubormaslik zarur. Mohiyat nomi mohiyat nusxasi uchun emas, uning tipi uchun belgilanadi. Mohiyat nusxasi bir jinsli predmetlar, hodisalar, g`oyalar jamlanmasidagi aniq muayyan bir narsani bildiradi.
Misol uchun, «O`quvchi» mohiyat tipi rasmda ko`rsatilgani kabi tasvirlanadi. «O`quvchi» mohiyat tipining nomlanishi hisoblanadi, mazkur mohiyat nusxalari sifatida muayyan o`quvchilar – Botirov, Valiev, Po`latov va boshqalar bo`lishi mumkin. Mohiyat nusxasi tushunchasi relyatsion modeldagi kortej tushunchasi bilan taxminan mos keladi. Shu nuqtai nazardan, mohiyatning har bir nusxasi mazkur mohiyatning boshqa xohlagan bir nusxasidan farq qilishi zarur bo`ladi.
Aloqa – bu ikki va undan ortiq mohiyatlarning o`zaro birlashuvi (assotsiatsiyasi)dir. Grafik diagrammalarda aloqa ikki mohiyatni bog`lovchi chiziq sifatida ifodalanadi. Aloqa ko`pincha bir xil bo`lmagan ikki mohiyat orasida mavjud bo`ladi. Biron-bir mohiyatni o`z-o`zi bilan bog`lovchi aloqa ham mavjud bo`lishi mumkin va bu turdagi aloqa rekursiv aloqa deb nomlanadi.
«Mohiyat-aloqa» diagrammalarini ishlab chiqishning bir qancha andozaviy uslubiyatlari mavjud. Bu uslubiyatlar sifatida IDEF1X, IE, DM kabilarni ko`rsatish mumkin va ularning har birida mohiyat va aloqalarni tasvirlash uchun o`ziga xos belgilashlar qabul qilingan.
Umuman olganda, aloqaning har bir tugallanishiga aloqa ko`rsatkichi (1 yoki ko`p so`zini ifodalovchi simvol) qo`yiladi. Quyidagi xillardagi aloqa ko`rsatkichlari mavjud bo`lishi mumkin:

  • Birga-bir. A mohiyatning har bir nusxasiga V mohiyatning 0 yoki 1 ta nusxasi mos keladi.


  • Yüklə 129,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin