1-amaliy mashg‘ulot Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy modelini qurish. Ishdan maqsad



Yüklə 129,5 Kb.
səhifə4/4
tarix02.06.2023
ölçüsü129,5 Kb.
#121915
1   2   3   4
1-amaliy mashg‘ulot Ma’lumotlar bazasining axborot mantiqiy mode

3.7- rasm. MB loyihalash bosqichlari.
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual (mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi.
MBning mantnqiy tuzilishi - ob`ektga tegishli bo`lgan axborotlarning MBda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo`lgan MBning mantiqiy bog`lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot ifodalanadi: ob`ekt to`g`risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o`zaro munosabatlari. Har bir ob`ekt modeli yozuv turlari orqali ko`rsatiladi. Ularning xususiyatlari — yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa yozuv va maydon turlari o`rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining, MBBTning mohiyatiga bog`liq, bo`lmaydi, ya`ni axborotning ma`nosiga bog`liq bo`lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini ta`minlaydi.
Mantiqiy modelni rasmli va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. Rasmli usulda ma`lumotlar o`rtasidagi bog`lanish grafiklar yordamida tasvirlanadi. Bunda grafikning uchlari yozuvlarni ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o`rtasidagi aloqalarni ko`rsatadi. Jadvalli usulda ob`ekt to`g`risidaga ma`lumotlar bir yoki bir nechta ustundan iborat bo`lgan jadvallar orqali ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning pog`onali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion turlaridan foydalanilmoqda.
Pog`onali model rasmli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma`lumot yozuvlari grafikning uchlarini ifodalaydi va har bir yozuv oldingi pog`ona uchlariga bog`langan bo`ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta yo`nalish bo`yicha qidiriladi va uning joylashgan o`rni to`liq ko`rsatiladi. Pog`onali (ierarxik) modelga asoslangan MB 1- va 2- avlod EHMlari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS (Information Menagement System) deb nomlangan MBni tashkil qilgan.
Tarmoqli model ham rasmli usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo`nalish bo`yicha olinishi mumkin. Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu modelning asoschisi - Ch. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB - Integrated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software Inc. Kompaniyasi tomonidan 70-yillarda ishlab chiqilgan. Ierarxik va pog`onali MBning afzalligi - ularning tezkorligi.
Shaxsiy EHMlarning paydo bo`lishi relyatsion modellarning keng tarqalishiga sababchi bo`ldi. Relyatsion model jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma`lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma`lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma`lum sohaga tegishli bo`lgan bir qancha ma`lumotlar ko`rsatiladi. Ustun va qator o`rtasidagi bog`lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munocabat o`z nomiga ega bo`ladi. Relyatsion modeldagi munosabatlar ushbu talablar orqali hosil qilinadi:

  • ustun va qator kesishgan yerda joylashgan ma`lumotlar element hisoblanadi;

  • munosabatlarda ikkita bir xil qator bo`lmaydi;

  • ustun va qatorlar tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas.

Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin. Relyatsion modelning asoschisi Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning ikkinchi nomi - Kodd modeli.
Yüklə 129,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin