1 -laboratoriya ishi. Mavzu: Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini tekshirish. Ishning maqsadi



Yüklə 86,64 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü86,64 Kb.
#205626
1   2   3   4   5
1-laboratoriya

1.2. Ishni bajarish tartibi


Havoning haroratini aniqlash. Ish joyi havosining haroratini aniqlash uchun simobli va spirtli termometrlar ishlatiladi. Bundan tashqari ma'lum vaqt oralig'ida havoning o'zgarishini hisobga olib, yozib borish uchun temograflardan ham foydalaniladi.
Simobli termometr yordamida ish joyi havosining harorati aniqlanganda, termometr ko'rsatkichi 8...10 minutdan keyin yozib olinadi. Juft termometrlar asosan issiqlik nurlanishi mavjud bo'lgan muhitlarda ishlatiladi. U asosan ikkita simobli termometrdan tashkil topgan bo'lib, birinchi termometrning simob to'ldirilgan pastki uchi qora rangga, ikkinchi termometrning simobli uchi esa kumush rangga bo'yalgan bo'ladi.

1.1.-Rasm. Juft termometr

Xona havosining xaqiqiy harorati quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:


th=tq - k(tq-tk)
bu erda th - havoning harorati, 0С;
tq - qoraga bo'yalgan termometrning ko'rsatishi, 0С;
tk - kumush rangga bo'yalgan termometrning ko'rsatishi, 0С
k- termometrning o'zgarmas koeffisienti.Termograflardan (М-16С, М-16Н) ҳавоharoratining ma'lum bir muddat oralig'ida, masalan, bir sutkalik yoki bir haftalik o'zgarishini qayd kilib borish maqsadida foydalaniladi.
Havoning nisbiy namligini aniqlash. Havoning «absalyut» namligining, «maksimal» namligiga bo'lgan nisbatining foizdagi ifodasi nisbiy namlik deb ataladi va qo'yidagicha aniqlanadi.

R= А/Рmax


Bu erda A - havoning «absalyut» namligi, gr/m3;


Rmax - havoning «maksimal» namligi, gr/m3.
Havoning nisbiy namligini aniqlash uchun psixrometr, gigrometr, gigrograflardan foydalaniladi. Psixrometr asosan ikkita bir xil simobli termometrdan tashkil topgan bo'lib, ulardan birining simobli pastki uchi suv bilan namlangan paxta yoki marli bilan o'rab qo'yiladi. Birinchi termometr (namlangan termometr)ning ko'rsatkichi doim ikkinchi termometrning ko'rsatkichidan past bo'ladi. Ushbu termometrlar ko'rsatkichlari orasidagi farqga asoslanib 2-ilovadan havoning nisbiy namligi aniqlanadi.
Aspirasion psixrometr o'zining havo kanallari va ventilyatori borligi bilan Avgust psixrometridan farq qiladi. Bu psixrometrga o'rnatilgan MV-4M ventilyatori mexanik ravishda, M-34 ventilyatori esa elektr toki yordamida harakatga keltiriladi.
MV-1 gigrometrining ishlash prinsipi materiallarning gigroskop xususiyatiga asoslangan. Bunday materiallar (masalan, insoochi) namlik ta'sirida uzayadi va quruq havoda esa qisqaradi.
Gigrograflar (М-21,М-21С) esa havoning nisbiy namligini ma'lum vaqt oralig'ida o'zgarishini qayd etib borish uchun ishlatiladi. Termograflardan bir vaqtning o'zida havoning haroratini va nisbiy namligini aniqlashda foydalanish mumkin.


Yüklə 86,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin