1 -laboratoriya ishi. Mavzu: Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining mikroiqlim holatini tekshirish. Ishning maqsadi


-jadval Mikroiqlim ko'rsatkichlarining me'yoriy miqdorlari



Yüklə 86,64 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü86,64 Kb.
#205626
1   2   3   4   5
1-laboratoriya

1.1-jadval
Mikroiqlim ko'rsatkichlarining me'yoriy miqdorlari



Yil fasillari

Ishning turlari

Haraorat, oC

Nisbiy namlik, %

Havoning tezligi, m/s

Eng qulay harorat

Qoniqarli miqdor

Eng qulay miqdor

Qoniqarli miqdor

Eng qulay miqdor

Qoniqarli miqdor

Yuqori chegara

Quyi chegara

Kuz, qish, bahor

Yengil Ia

22-24

25

56

21

18

40-60

75

0,1 dan oshmasin

0,1 dan oshmasin

Yengil Ib

21-23

24

25

20

17

40-60

75

0,1 dan oshmasin

0,2 dan oshmasin

Ortacha og’ir
II a

18-20

22

34

17

15

40-60

75

0,2 dan oshmasin

0,3 dan oshmasin

Ortacha og’ir
II b

17-19

21

23

15

13

40-60

75

0,2 dan oshmasin

0,4 dan oshmasi

Og’ir III b

16-18

19

20

13

12

40-60

75

0,3 dan oshmasin

0,5 dan oshmasi

Yoz oylari

Yengil Ia

23-25

28

30

22

20

40-60

55
(28 oC da)

0,1 dan oshmasin

0,1-0,2

Yengil Ib

22-24

28

30

21

19

40-60

60
(27 oC da)

0,2 dan oshmasin

0,1-0,3

Ortacha og’ir
II a

21-23

27

29

18

17

40-60

62
(26 oC da)

0,3 dan oshmasin

0,2-0,4

Ortacha og’ir
II b

20-22

27

29

16

15

40-60

70
(25 oC da)

0,3 dan oshmasin

0,2-0,5

Og’ir III b

18-20

26

28

15

13

40-60

75
(24 oC da)

0,4 dan oshmasin

0,2-0,6

Inson tanasidagi termogulyasiya jarayoniga havoning namligi ham katta ta'sir ko'rsatadi. Yuqori namlik va yuqori haroratda tanada ter orqali issiqlik ajralib chiqish jarayoni sekinlashadi va bu tananing qizib ketishiga sabab bo'ladi.


Organizmda me'yoriy issiqlik almashinuv jarayoniga havoning harakatlanish tezligi ham ta'sir etadi, ya'ni havo oqimining past tezligida tananing issiqlik uzatishi kuchayadi, yuqori tezlikdagi havo harorati mavjud muhitda tananing issiqlik uzatishi kamayadi. Shuningdek, yuqori haroratda ishlovchi asbob-uskunalar ishlatiladigan texnologik jarayonlarda ham issiqlik nurlanishi yuzaga keladi.
Yuqori miqdordagi issiqlik nurlanish energiyasi tananing qizib ketishiga olib keladi va issiqlik almashinuvi jarayonini buzilishiga sabab bo'ladi.
Mikroiqlim ko'rsatkichlarini sanitar-gigienik me'yorlar chegarasidan chetga chiqishi inson tanasida issiqlik almashinuviga katta ta'sir etadi va bu turli xil ko'rinishdagi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqarish xonalarida me'yoriy mikroiqlim sharoitlari shamollatishi va isitish qurilmalari yordamida ta'minlanadi.
Ilmiy manbalardan ma'lumki, havo harorati +300Сdan yuqori bo'lgan muhitda jismoniy ish bajarish jarayonida inson tanasidan soatiga 1-1,5 litr ter ajralib chiqadi va u bilan birga 5-10 g. miqdorida har xil tuzlar vaСvaВvitaminlari eritma holda chiqib ketadi. Bunda albatta, tananing salqin haroratli suyuqliklarga bo'lgan ehtiyoji oshadi. Agar bu talab o'z vaqtida qondirilmasa, mushaklardan chiqayotgan issiqlik quvvatining ma'lum miqdori tanada yig'ilib qoladi, u borgan sari ko'payib, natijada harorat almashinuv jarayoni buziladi, kishi lohaslik seza boshlaydi, chunki bunday hollarda tomirlarda qon quyuqlashadi va yurakning qon haydash qobiliyati ancha susayadi.
Agar tanada shu yo'l bilan issiqlik quvvati yana ham ko'payib boraversa harorat almashinuv jarayoni buzilishining ikkinchi davri - patologik gipertermiya, tomir tortilishi va issiq urish kasalligi boshlanadi.
Ish joylarida, ayniqsa salqin va sovuq fasllarda havoning tezligi oshib ketsa tana harorati bilan havo harorati o'rtasidagi tafovut keskin orta boradi va shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, natijada shamollash bilan bog'liq har xil xastaliklar kelib chiqadi.
Tananing sovishi mahalliy yoki umumiy bo'lishi mumkin. Mahalliy sovushda tananing alohida yoki bir necha a'zosigina soviydi. Masalan, oyoqning etik ichda uzoq muddat nam holatda, havoning harorati 00dan - 80Сbo'lgan sharoitda bo'lishi, shaksiz oyoq nerv tolalarining shamollashiga olib keladi. Shuningdek bunday sharoitlarda quloq, burun, ko'z va tish bilan bog'langan nerv tolalari tez xastalanadi.
Havoning namligi ham odamning fiziologik holati va mehnat faoliyatiga bevosita ta'sir qiladi. Bizning iqlimimiz quruq va keskin kontinentaldir. Shu sababli biz uchun eng qulay havoning namligi 40-60 foizni tashkil qiladi. Havoning namligi ko'tarilgan sari tanadan chiqayotgan issiqlikning havoga singib ketishi qiyinlashadi, chunki bir qism issiqlik tanadan chiqolmay yig'ilib qolaveradi va shuning xisobiga tananing harorati ko'tarila boshlaydi. Agar aksincha namlik 30 foizdan pasayib ketsa, tanadan ajralib chiqayotgan terning bug'lanishi tezlashib ketadi va natijada odamning terisi qurishib – yorila boshlaydi, ayniqsa nafas olish yo'llari qurishadi, chanqoqlik orta boradi va holsizlanish seziladi. Ikkala hol ham odamning yashash va mehnat qilishi uchun o'ta noqulay bo'lib, ba'zan turli xil baxtsiz hodisalarga sabab bo'ladi.



Yüklə 86,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin