(a. metacarpea dorsalis prima)
chiqib bosh barmoqni ikkala
yuzasi va ko'rsatkich barmoqni bilak tomonini qon bilan ta’minlaydi. 7. Qo'l
kaftida undan bosh barmoq arteriyasi
(a.princps pollicis)
chiqib boshi
barmoqni ikkala tomoni va ko'rsatkich barmoqning lateral tomonini qon
bilan ta’minlovchi uchta
a. digitales palmaries
ga bo'linadi.
Tirsak arteriyasi
(a. ulnaris)
tirsak chuqurchasidan yumaloq pronator
mushagi ostidan o'tgach, o'z nomidagi nerv bilan tirsak egati bo'ylab yuza
va chuqur barmoqlami bukuvchi mushaklar o'rtasida pastga tushadi. Keyin
canalis carpi ulnaris
orqali kaftga o'tadi va kaftning yuza ravog'ini hosil
qilishda ishtirok etadi. Tirsak arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Tirsak sohasidagi orqaga qaytuvchi arteriya
(a. recurrens ulnaris)
tirsak arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib ikki shoxga bo'linadi.
Oldingi shox
(r. anterior)
yuqoriga ko'tarilib, tirsak tomondagi pastki
yonlama arteriya bilan anastomozlashadi. Orqa shox
(r. posterior)
tirsak
bo'g'imining orqa yuzasiga yo'nalib, tirsak tomondagi ustki yonlama arteriya
bilan anastomozlashadi.
2. Suyaklararo umumiy arteriya
(a. interossea communis)
qisqa poya
bo'lib oldingi va orqa suyaklararo arteriyalaiga bo'linadi. Oldingi suyaklararo
arteriya
(a. interossea anterior)
suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo'ylab
yo'nalib, kvadrat pronatoming yuqori chekkasigacha borib oldingi kaft usti
to'riga qo'shiladi. Uning tarmoqlari suyaklararo pardani teshib o'tib, orqa
kaft usti to'riga qo'shiladi. Bu arteriyaning tarmoqlari bilak, tirsak suyaklari
va mushaklami qon bilan ta’minlaydi. Orqa suyaklararo aiteriya
(a. interossea
posterior)
suyaklararo pardani teshib o'tib, bilakning yozuvchi mushaklari
o'rtasidan pastga tushadi va ulami qon bilan ta’minlab orqa kaft usti to'rini
(rete carpi dorsale)
hosil qilishda ishtirok etadi. Orqa suyaklararo arteriyadan
chiqqan orqaga qaytuvchi suyaklararo arteriya
(a. recurrens interossea)
yuqoriga
ko'tarilib, o'rta yonlama arteriya bilan anastomozlashadi. Yuqoridagi orqaga
qaytuvchi arteriyalarning barchasi tirsak bo'g'imi atrofida arterial to'r hosil
qilishda ishtirok etadi.
3. Kaft ustining kaft tarmog'i
(r. carpeus palmaris)
bilak arteriyasining
shu nomli shoxi va oldingi suyaklararo arteriya shoxlari bilan birga
rete carpi
palmare
ni hosil qilib, kaft usti suyaklari o'rtasidagi bo'g'imlami qon bilan
ta’minlaydi.
4. Kaft ustining orqa arteriyasi
(r.carpeus dorsalis)
bilak arteriyasining
shu nomli shoxi, oldingi va orqa suyaklararo arteriyalarning shoxlari bilan
birga
rete carpi dorsale
ni hosil qiladi.
5. Kaftning chuqur arteriyasi
(a. palmaris profundus)
tiisak arteriyasidan
no'xatsimon suyak yonida boshlanib, kichik barmoq tepaligi mushaklarini va
ular ustidagi terini qon bilan ta’minlaydi, uchi esa bilak arteriyasi bilan
qoshilib, chuqur kaft ravog'ini hosil qiladi.
Tirsak arteriyasi bola hayotining birinchi besh yilida bilak arteriyasiga
nisbatan tez o‘sadi.
Qo‘l panjasida bilak va tirsak arteriyalarining tarmoqlaridan hosil bo'lgan
to 'r va ravoqlardan chiqqan arteriyalar joylashgan.
1. Kaft ustining orqa to'ridan
(rete carpi dorsalis) 3-4 aa. metacarpeae
dorsales
lar chiqib suyaklararo mushaklar bo'ylab pastga tushadi. Ular
barmoqlar asosida har biri ikkitadan
aa. digitales dorsales
ga bo'linib,
II—
IV
barmoqlaming bir-biriga qaragan yuzalari bo'ylab timoq falangalari
asosigacha boradi.
2. Kaft ustining kaft to'ri
(rete carpi palmare)
shoxlari bilak-kaft oldi va
kaft usti suyaklariaro bo'g'imlami qon bilan ta’minlaydi.
Qo'l panjasining kaft yuzasida yuza va chuqur arteriya ravoqlari joylashgan.
1. Qo'l kaftining yuza ravog'i
(arcus palmaris superficialis)
tirsak
arteriyasining uchi bilan bilak arteriyasining yuza kaft tarmog'ining
qo'shilishidan hosil bo'ladi (95-rasm). Bu ravoq kaft aponevrozi ostida
joylashgan bo'lib, undan to'rtta umumiy kaft barmoq arteriyalari
(aa. digitales
palmaris communis)
chiqadi. Ular pastga tomon yo'nalib, uchtasi kaft-
barmoq bo'g'imi yaqinida ikkitadan xususiy barmoq arteriyalariga
(aa. digitales
palmaris propriae)
bo'linib
II—V
bar
moqlaming bir-biriga qaragan yuzalariga
tarqaladi. To'rtinchi arteriya nisbatan kichik
bo'lib,
V
barmoqning tirsak suyagi
tomondagi yuzasiga tarqaladi.
2 . kaftining
chuqur ravog‘i (arcus
palmaris profundus)
bilak arteriyasining
uchi bilan tirsak arteriyasining chuqur
kaft tarmog'i qo'shilishidan hosil bo'ladi.
Bu ravoq suyaklararo mushaklaming ustida
yotadi. Undan uchta aa. metacarpeae
palm aris
chiqadi. Ular suyaklararo
mushaklami qon bilan ta’minlab, kaft-
barmoq bo'g'im i yaqinida
a.digitalis
95.rasm.Qo4
^
arteriyaiari.
Yuza
palmaris communis
ga qo'shilib ketadi.
ta f t ravog'i. l-arcus palmaris superfi-
A. a. metacarpeae palmaris
dan chiqqan
cialis; 2-aa. digitales palm ares com -
uchta teshib o'tuvchi arteriya suyaklararo
munes; 3-aa. metacapreae palmares;
mushaklami teshib, o‘tib aa. metacarpeae
dorsales lar bilan anastomozlashadi.
lis; 7-retinaculum flexorum; 8-a. ulnaris.
Pastga tushuvchi aorta
Pastga tushuvchi aorta
(aorta decendens),
aortaning eng uzun qismi.
U
ko'krak va qorin qismlariga bo'linadi. Pastga tushuvchi aorta bolalarda IV ko'krak
umurtqasi sohasidan boshlanib, umurtqa pog'onasi bo'ylab V bel umurtqasi
sohasigacha tushadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq aortasi diametri 18—20 mm
bo'lsa, balog'at davrida 4 sm ga yetadi. Bu davrda pastga tushuvchi aortaning
ko'krak qismi qorin qismiga nisbatan tez o'sadi.
Aortaning ko'krak qismi
Pastga tushuvchi aortaning ko'krak qismi
(aorta thoracica)
ko'krak qafasida
orqa ko'ks oralig'ida yotadi. Undan ko'krak qafasi devoriga boruvchi pariyetal
va ichki a’zolarga boruvchi visserai tarmoqlar chiqadi.
Ko'krak aortasining pariyetal tarmoqlari quyidagilar: 1. Qovuig'alararo
orqa arteriyalar
(a. intercostalis posteriores)
10 juft (96-rasm) bo'lib,
III—XII qovuig'alar oralig'ida, qovuig'a egatida tashqi va ichki qovuig'alararo
mushaklar o'rtasida yotadi. Bu arteriyalar qovuig'alararo mushaklami,
qovurg'ani va ko'krak terisini qon bilan ta’minlaydi. Orqa qovurg'alararo
arteriyalardan qovuig'a boshining pastki chekkasida orqa mushaklar va terisiga
orqa tarmoq
(r. dorsalis),
undan umurtqalararo teshik orqali kirib orqa miya
va uning pardalarini qon bilan ta’minlovchi orqa miya tarmog'i
(r. spinalis)
chiqadi. Orqa qovuig'alararo arteriyaning lateral va medial teri shoxlari
(rr.
cutanei medialis et lateralis)
ko'krak va qorin terisini qon bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari, IV—VI qovuig'alararo arteriyalardan sut bezlari tarmoqlari
(rr. mammaria lateralis)
ham chiqadi. XII orqa qovuig'alararo arteriya XII
qovuig'a ostida yotgani uchun qovuig'a osti arteriyasi
(a. subcostalis)
deb
ataladi. X—ХП orqa qovuig'alararo arteriyalar qorin
qiyshiq mushaklari orasidan o'tib, qorin ustining
ustki arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashadi.
2. Diafragmaning ustki arteriyasi
(a. phrenicae
superioris)
juft, aortadan diafragmaning ustida
boshlanib, uning bel qismini va uni qoplagan
pariyetal plevrani qon bilan ta’minlaydi.
Ko'krak aortasining visseral tarmoqlari
1.
Bronx tarmoqlari
(rr. bronchiales) 2—3
ta
bo'lib, bronxlar devorini va o'pka to'qimasini qon
bilan ta’minlaydi.
96-rasm . Ko'krak va qorin aortasi tarmoqlari. 1-pastga tushuvchi aorta; 2-a.intercostales
posterioris; 3-a.phrenica superior; 4-a.phrenica inferior; 5-aa. suprarenales superioris;
6-a.suprarenalis media; 7-a. supiaienalis inferior; 8-a.renalis; 9-a.testiculars; 10-a.iliaca com
munis sinistra; 11-a.mesenterica inferior; 12-a.mesenterica superior, 13-truncus coeliacus.
2.. Qizilo'ngach tarmoqlari (гг.
esophageales)
1—5 ta bo'lib, aortaning
turli sohalaridan boshlanib, qizilo'ngach devorini qon bilan ta ’minlaydi.
3. Perikard tarmoqlari
(rr. pericardiaci)
perikardni qon bilan ta’minlaydi.
4. Ko'ks oralig'i tarmoqlari
(rr. mediastinales)
orqa koks oralig'i
biriktiruvchi to'qimasini, limfa tugunlarini qon bilan ta’minlaydi.
Aortaning qorin qismi
Aortaning qorin qismi
(pars abdominalis aortae)
ko'krak aortasining
bevosita davomi bo'lib, bel umurtqalari oldida joylashadi. U XII ko'krak
umurtqasi sohasida boshlanadi. IV bel umurtqasi sohasida qorin aortasi aorta
bifurkatsiyasini
(bifurcatio aortica)
hosil qilib ikkita umumiy yonbosh
arteriyasiga bo'linadi. Aortaning o'zi ingichka o'rta dumg'aza arteriyasi
(a.
sacralis media)
bo'lib, dumg'aza suyagining chanoq yuzasidan pastga kichik
chanoqqa qarab yo'naladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda qorin aortasining boshlanish joyi XI ko'krak
umurtqasi sohasida bo'lib, ikldnchi bolalik davrida XII ko'krak umurtqasining
o'rtasiga, o'spirmlik davrida XII ko'krak umurtqasining pastki 1/3 gacha
tushadi. Qorin aortasining uzunligi yangi tug'ilgan chaqaloqda 5 sm, diametri
5,5—
6,8 mm bo'ladi. Yoshga qarab uning uzunligi o'zgarib, erta bolalik davrida
7 sm, bolalikning birinchi davri oxirida
8 sm, bolalikning ikkinchi davrida
9,5 sm, o'smirlik davrida 12,5 sm bo'ladi.
Aortaning qorin qismidan pariyetal va visseral tarmoqiar chiqadi.
Qorin aortasining pariyetal tarmoqlari
1. Diafragmaning pastki arteriyasi
(a. phrenica inferior)
juft, diafiagmaning
ostidan chiqib diafragma pastki yuzasiga tarqaladi. Undan buyrak usti beziga
24 tagacha yuqori buyrak usti bezi arteriyalari
(a. suprarenalis superiores)
chiqadi. Ular buyrak usti bezining yuqori qismiga tarqaladi. Yuqori buyrak
usti aiteriyalarining kengligi bolalikning ikkinchi va balog'at davrlarida sezilarli
o'sadi.
2. Bel arteriyalari
(aa. lumbales)
(4 juft) segmentar yo'nalib qorin
mushaklariga boradi. Ulardan orqaning bel sohasi mushaklari va teriga orqa
tarm oqlar
(r. d o rsa lis)
chiqadi. Orqa tarm oqdan o 'z navbatida
umurtqalararo teshikdan o'tib, orqa miyaga kiruvchi orqa miya shoxlari
(r. spinalis)
chiqadi.
Qorin aortasining visseral tarmoqlari
Qorin aortasining visseral tarmoqlari juft va toq tarmoqlarga bo'linadi.
Qorin aortasining juft visseral tarmoqlariga buyrak usti bezining o'rta
arteriyasi, buyrak arteriyasi va moyak (tuxumdon) arteriyasi kiradi.
1. Buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi
(a. suprarenalis media)
I bel
umurtqasi sohasida boshlanib, buyrak usti bezi darvozasiga kiradi. Bu arteriya
yuqori va pastki buyrak usti bezi arteriyalari bilan anastomozlashadi.
2. Buyrak arteriyasi
(a. renalis)
I—II bel umurtqalari sohasida boshlanib,
buyiak darvozasidan kirib oldingi shox
(r.anterior)
va orqa shoxga
(r. posterior)
bo'linadi. Oldingi shox quyidagi tarmoqlarga bo'linadi: a) buyrakning yuqori
segment arteriyasi
(a.segmenti superioris);
b) buyrakning oldingi yuqori
segment arteriyasi
(a.segmenti anterioris superioris);
d) buyrakning oldingi
pastki segment arteriyasi
(a.segmenti anterioris inferioris);
e) buyrakning
pastki segment arteriyasi
(a.segmenti inferioris).
Orqa shoxdan buyrakning
orqa segment arteriyasi
(a.segmenti postcrioris)
chiadi. O'ng buyrak arteriyasi
pastki kovak venaning orqasidan o'tadi. Buyrak arteriyasidan buyrak usti
bezining pastki arteriyasi
(a. suprarenalis inferior)
va siydik yo'li tarmoqlari
(rr. ureterici)
chiqadi. Buyiak arteriyasi bolada buyrakning joylashishiga qarab
qiyshiq yo'nalgan bo'ladi. Buyrak o'z joyiga turganidan keyin gorizontal
holatni oladi.
3. Moyak (tuxumdon) arteriyasi
(a. testicularis) (a. ovarica)
ingichka
uzun arteriya bo'lib, buyrak arteriyasidan pastroqdan boshlanadi. Erkaklarda
moyak arteriyasi chov kanalidan o'tib, urug' tizimchasi tarkibida moyakka
boradi. Undan siydik yo'liga
(rr.oreterici)
va moyak ortig'iga
(rr.epididymalis)
chiqadi. Moyak arteriyasi urug' olib ketuvchi nay va kremaster arteriyalari
bilan anastomozlashadi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osiltirib
turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi. Undan siydik yo'liga
(rr.ureteriri)
va bachadon nayiga
(rr.tubarii)
chiqadi. Tuxumdon arteriyasi bachadon
arteriyasining tuxumdon shoxi bilan anastomozlashadi.
Qorin aortasining toq tarmoqlari
Qorin aortasining toq visseral tarmoqlariga qorin poyasi, ustki va pastki
ichaktutqich arteriyalari kiradi. Ular qorin bo'shlig'ida joylashgan toq a’zolami
qon bilan ta’minlaydi. I.Qorin poyasi
(truncus coeliacus)
uzunligi 1,5—2
sm bo'lib. aortaning (97-rasm) oldingi yuzasidan XII ko'krak umurtqasi
sohasida boshlanadi. Me’da osti bezining yuqori chekkasida uchta: me’daning
chap, umumiy jigar va taloq arteriyasiga bo'linadi. (Uni Xaller uch oyoqchasi,
tripus Halleri
ham deb ataladi.) Qorin poyasi yangi tug'ilgan chaqaloqda
nisbatan uzun
(10 mm) va ingichka (2 mm) bo'ladi.
1. Chap me’da arteriyasi
(a.gastrica sinistra)
chapga va yuqoriga me’daning
kirish qismiga yo'nalib, me’daning kichik egriligi bo'ylab yotadi. Uning
tarmoqlari me’daning oldingi va orqa devoriga tarqalib, o'ng me’da arteriyasi
bilan anastomoz hosil qiladi. Chap me’da arteriyasidan qizilo'ngachning
qorin qismiga qizilo'ngach tarmoqlari
(rr. esophageales)
chiqadi.
2. Umumiy jigar arteriyasi
(a. hepatica communis)
o'ng tomonga yo'nalib,
ikkiga: xususiy jigar arteriyasi va me’da o'n ikki barmoq ichak arteriyasiga
bo'linadi. Xususiy jigar arteriyasi
(a. hepatica propria)
jigar-o'n ikki barmoq
ichak boylam i ich id a jigar
darvozasiga borib, o'ng va chap
shoxga
(r. dexter et sinister)
bo'linadi. O'ng shoxdan o't pufagi
arteriyasi
(a. cystica)
chiqadi.
X ususiy jig ar arteriy asid an
me’daning kichik egriligini qon
bilan ta’minlovchi o'ng me’da
arteriyasi
(a. gastrica dextra)
chiqib, chap m e’da arteriyasi
bilan anastomozlashadi.
Me’da o'n ikki barmoq ichak
arteriyasi
(a.gastroduodenalis),
o'z navbatida, o'ng me’da-charvi
va me’da osti bezi o'n ikki barmoq
ichakning ustki arteriyasiga
bo'linadi. O'ng me’da-charvi
97-rasm. Qorin poyasi va nning tarmoqlari.
Darvoza vena va uning irmoqlari. 1-truncus co-
eliacus; 2-a.gastrica sinistra; 3-a.gastrica dextra;
4-a.lienalis: 5-v.lienalis; 6-a.gastroepiploicasinis-
tia; 7-v.mesenterica inferior; 8-a.mesenterica su
perior: 9-v. mesenterica superior; 10-a. gastroepi-
ploica dextra; 11-v .portae; 12-a.pancreati-coduode-
nalis superior; 13-a. gastroduodenalis; 14-a. cysti
ca; 15-a.hepatica propria; 16-a. hepatica com
munis.
arte riy asi a. gastroom entalis
dextra
me’daning katta egriligi bo'yiab chap tomonga yo'nalib, chap me’da-
charvi arteriyasi bilan anastomozlashadi. Undan me’daga me’da tarmoqlari
(rr. gastrici)
va katta charviga charvi tarmoqlari
(rr. omentalis)
chiqadi. Me’da
osti bezi o'n ikki barmoq ichakning oldingi va orqadagi ustki arteriyalari
(a.
pancreaticoduodenales superiores anterior et posterior)
o'n ikki barmoq
ichakka
(rr.duodenales)
va me’da osti bezining boshiga
(rr pancreatici)
tarmoqlarini beradi.
3.
Taloq arteriyasi
(a. lienalis)
me’da osti bezining ustki qirrasi bo'ylab
yo'nalib me’da osti beziga pankreatik tarmoqlar
(rr. pancreatici),
me’da
tubiga bir nechta me’daning qisqa arteriyalarini
(a.gastrica breves)
beigach,
taloqqa yo'naladi. Taloq darvozasida u shoxlanib taloq parenximasiga tarqaladi.
Taloq darvozasida taloq arteriyasi yoki uning tarmoqlaridan chiqqan chap
me’da-charvi arteriyasi
(a. gastroomentalis sinistra)
me’daning katta egriligi
bo'ylab o'ng tomonga yo'naladi. U me’daga me’da tarmoqlari
(rr gastrici)
va
katta charviga charvi tarmoqlarini
(rr. omentalis)
beradi va o'ng me’da-
charvi arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
II.
Yuqori tutqich arteriyasi
(a. mesenterica superior)
qorin aortasidan
me’da osti bezi tanasi orqasida XII ko'krak I bel umurtqasi sohasida boshlanadi.
Me’da osti bezi boshi bilan o'n ikki barmoq ichakning pastki qismi o'rtasidan
o'tib, ingichka ichak ichak tutqichi ichiga kiradi. Undan quyidagi tarmoqlar
chiqadi:
1.
M e’da osti bezi-o'n ikki barmoq ichakning pastki arteriyalari
(aa.
pancreaticoduodenales inferiores)
yuqorigi tutqich arteriyasini boshlanish
joyidan
2 sm pastroqdan boshlanib, oldingi
(r.anterior)
va orqa
(r.posterior)
shoxga bo'linadi.U me’da osti bezini boshi va o'n ikki barmoq ichakni qon
bilan ta’minlaydi va shu nomdagi yuqorigi arteriya bilan anastomozlashadi.
2. Och va yonbosh ichak arteriyalari
(aa. jejunales et ileales)
12-18 ta.
Ular ingichka ichak ichaktutqichi ichida ravoqsimon anastomozlar hosil
qilib. ingichka ichak qovuzloqlarini qon bilan ta’minlaydi.
3. Yonbosh-chambar ichak arteriyasi
(a. ileocolica)
pastga va o'ngga
ko'richak tomonga yo'naladi. U tarmoqlarga boiinib, yonbosh ichakning
oxirgi qismi va ko‘richakni qon bilan ta’minlaydi. Undan chuvalchangsimon
o'simtaga chuvalchangsimon o'simta arteriyasi
(a. appendicularis),
ko'tariluvchi chambar ichakka ko'tariluvchi arteriya (a.
ascendens)
chiqadi.
4. O'ng chambar ichak arteriyasi
(a. colica dextra)
oldingi arteriyadan
yuqoriroqdan boshlanib, o'ng tomonga ko'tariluvchi chambar ichakka yo'naladi.
U ko'tariluvchi chambar ichakni qon bilan ta’minlab, yonbosh-chambar
ichak arteriyaning ko'tariluvchi tarmog'i va o'rta chambar ichak arteriyasi
bilan anastomoz hosil qiladi.
5. O'rta chambar ichak arteriyasi
(a. colica media)
o'ng chambar ichak
arteriyasidan yuqoriroqdan boshlanib, yuqoriga ko'ndalang chambar ichakka
yo'naladi. Bu arteriya ikki tarmoqqa bo'linadi. Uning o'ng tarmog'i ko'tariluvchi
chambar ichakning oxirgi qismi va ko'ndalang chambar ichakning o'ng
qismini qon bilan ta’minlaydi va o'ng chambar ichak arteriyasi bilan
anastomoz hosil qiladi. Chap tarmog'i ko'ndalang chambar ichakning chap
qismini qon bilan ta’minlab, chap chambar ichak arteriyasi bilan anastomoz
hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning yuqorigi tutqich arteriyasi diametri 2,5—
3 mm bo'lib, uning diametri erta bolalik davri oxirida ikki marta, birinchi
bolalik davri oxirida esa yangi tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan 4,4 marta
kattalashadi.
III.
Pastki tutqich arteriyasi
(a. mesenterica inferior)
qorin aortasining
chap yuzasidan III bel umurtqasi sohasida boshlanib. qorinpardaning orqasida
pastga va chap tomonga yo'naladi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Chambar ichakning chap arteriyasi
(a. colica sinistra)
ko'ndalang
chambar ichakni chap qismini va tushuvchi chambar ichakni qon bilan
ta ’minlaydi. Bu arteriya chambar ichakning o 'rta arteriyasi bilan
an o sto m o zla sh ad i. C h am bar ichak a rte riy alarin in g o 'z a ro
anastomozlashuvidan chambar ichak chekkasi bo'ylab joylashgan Riolan
arterial ravog'i hosil bo'ladi.
2. Sigmasimon ichak arteriyasi
Dostları ilə paylaş: |