0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63

(circulus  arteriosus cerebri) 

hosil bo'ladi.  Bu halqa bosh miyani bir me’yorda 

qon bilan ta’minlanishini boshqarib turadi.

Homila  hayotining  ikkinchi  yarmida  ichki 

uyqu arteriyasining kalla ichi qismining kengligi 

1,86  mm,  uzunligi  4,9  mm  bo'ladi.  Bola 

tug'ilganidan  keyin  uning  olchamlari  emizikli, 

erta  bolalik  va  bolalikning  ikkinchi  davrlarida 

sezilarli o'sadi.  Uning kengligi o'smirlik davrida 

o'rtacha 3,87 mm, uzunligi 6,94 mm bo'ladi. Bu 

davr davomida  miyaning oldingi  arteriyasining 

kengligi 2 marta, uzunligi esa 3 marta kattalashadi.

Ichki  uyqu  arteriyasining  eng  katta  tarmog'i

90-rasm. Bosh miya asosidagi 

arterial  balqalarning  hosil 

bo'lishi.  1-a.cerebri  anterior; 

2-a.carotis interna; 3-a.cerebri 

media; 4-a.communicans pos­

terior;  5-a.cerebri  posterior; 

6-a.basilaris;  7-a.vertebralis; 

8-a.spinalis posterior;  9-a.spi- 

nalis  anterior;  10-a.commu- 

nicans anterior.


bo'lgan o'rta miya arteriyasining o'lchamlari bosh miyaning o'sishiga mos 

ravishda o'zgarib boradi.



0 ‘mrov osti  arteriyasi

O'mrov  osti  arteriyasi 



(a.  subclavia) 

o'ng  tom onda  yelka-bosh 

poyasidan, chap tomonda bevosita aorta ravog'idan boshlanadi.  Shuning 

uchun  chap  o'mrov  osti  arteriyasi  o'ngidan  4  sm  uzunroq.  O'mrov  osti 

arteriyasi ko'krak bo'shlig'ining ustki aperturasidan chiqib,  narvonsimon 

mushak oralig'idan o'mrov ostiga o'tib, I qovuig'aning shu nomdagi egatida 

yotadi. I qovurg'aning lateral chekkasidan qo'ltiq osti chuqurchasiga o'tadi 

va qo'ltiq osti arteriyasiga davom etadi. O'mrov osti arteriyasi shartli ravishda 

uch qismga bo'linib o'rganiladi (91-rasm). 1.  Boshlangan joyidan oldingi 

narvonsimon mushakning oldingi chekkasigacha. 2. Narvonsimon mushaklar 

oralig'i. 3. Narvonsimon mushak oralig'idan chiqqanidan to I qovuig'aning 

lateral chekkasigacha.

O'mrov arteriyasining birinchi qismidan umurtqa arteriyasi, ko'krakning 

ichki arteriyasi va qalqonsimon-bo'yin poyasi chiqadi.

I. 

Umurtqa arteriyasi 



(a.  vertebralis) 

VII  bo'yin umurtqasi  sohasida 

chiqib, VI bo'yin umurtqasining ko'ndalang teshigiga kiradi. So'ngra arteriya 

bo'yin  umurtqalarining  ko'ndalang  teshiklari  orqali  yuqoriga  yo'naladi. 

Atlantning ko'ndalang teshigidan chiqib o'z nomidagi egatda yotadi.  Keyin 

arteriya orqa atlant-ensa pardasini teshib o'tib, ensa suyagining katta teshigi 

orqali kalla ichiga kiradi. Ko'priJming orqa chekkasida ikkala arteriya o'zaro 

birikib  asosiy  arteriyani 



(a.  basiUaris) 

hosil  qiladi.  Umurtqa  arteriyasi 

ikki: bo'yin 

(pars cervicalis) 

va kalla ichi 



(pars intracranialis) 

qismlariga 

bo'lib o'iganiladi. Umurtqa arteriyasining bo'yin qismidan quyidagi tarmoqlar

chiqadi:  1.  Orqa  miya  tarmoqlari 



(rr. 

spinales) 

umurtqalararo teshikdan o'tib 

orqa miyaning bo'yin segmentlarini qon 

bilan ta’minlashda qatnashadi. 2. Mushak 

tarmoqlari 

(rr. muscularis) 

bo'yinning 

c h u q u r  m u sh a k la rin i  qon  b ilan  

ta’minlaydi.

Umurtqa  arteriyasining  kalla  ichi 

qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:

1. 

Orqa miyaning orqa arteriyasi 



(a. 

spinalis posterior) 

orqa miyaning orqa 

yuzasidan  pastga  tomon  tushib,  o'z 

nomidagi  qarama-qarshi arteriya bilan 

anastomozlashadi.  2.  Orqa  miyaning 

oldingi  arteriyasi 



(a.  spinalis  anterior) 

qarama-qarshi  tomondagi  shu  nomli 

arteriya bilan qo'shilib, oldingi o'lta yoriq

91-rasm.  0 ‘mrov  osti  arteriyasi  tar­

moqlari.  1-ko'tariluvchi  aorta;  2-trun- 

cus brachi- ocephalicus; 3-a.carotis com­

munis  sinistra;  4-arcus  aortae;  5-aorta 

desendens; 6-a.subclavia; 7-a. vertebra­

lis;  8-tr.thyrocervicalis;  9-tr.  costocer- 

v ica lis;  10-a .tra n sv erse  cervicis; 

11-a.thoracica  interna;  12-a.  musculo- 

phrenica;  13-a.epigastrica superior.


bo'ylab pastga yo'naladi.  Bu yerda old tomonda umurtqa arteriyalarini, orqa 

tomonda orqa miyaning oldingi arteriyalarini o'zaro qo'shilishidan yana bir 

arterial  halqa  (Zaxarchenko  halqasi)  hosil bo'ladi.  3.Miyachaning pastki 

orqa  arteriyasi 



(a.  cerebelli  inferior  posterior) 

miyachaning  orqa  pastki 

qismlariga  tarqaladi.  4.  Uzunchoq  miyaga  yo'naluvchi  medial  shoxlar 

(rr.medullares medialis). 

5.  Uzunchoq miyaga yo'naluvchi lateral shoxlar 



(rr.medullares lateralis) 

uzunchoq miyani qon bilan ta’minlaydi.

Asosiy  arteriya 

(a.basillaris) 

ko'prikda o'z  nomidagi  egatda yotadi va 

ko'prikning oldingi chekkasida o'ng va chap bosh miyaning orqa arteriyalariga 

bo'linadi.  Asosiy  arteriyadan  quyidagi  tarmoqlar  chiqadi:  l.Miyachaning 

oldingi  pastki  arteriyalari 

(aa.  cerebelli  inferiores  anteriores) 

(o'ng  va 

chap) miyachaning pastki yuzasiga tarqaladi.  Undan ichki quloq arteriyalari 

(aa.  labyrinti) 

chiqib,  ichki  eshituv  yo'li  orqali  ichki  quloqqa  boradi.

2.Ko'prik  arteriyalari 

(aa.  pontis) 

miya  ko'prigiga  boradi.  3.  O'rta  miya 

arteriyalari 

(aa.  mesencephalici) 

o'rta miyaga boradi. 4.  Miyachaning ustki 

arteriyalari 

(aa.  cerebelli  superiores) 

(o'ng va chap)  miyachaning yuqori 

qismini qon bilan ta’minlaydi.  5.Bosh miyaning orqa arteriyasi 

(a. cerebri 

posteriores) 

miya oyoqchasini aylanib o'tib, bosh miyaning chakka va ensa 

bo'laklari pastki yuzasiga tarmoqlar beradi.  Bosh miyaning orqa arteriyasi 

ichki uyqu arteriyasining orqadagi qo'shuvchi arteriyasi bilan qo'shilib arterial 

halqa hosil qilishda ishtirok etadi.

II. 


Ko'krak ichki arteriyasi 

(a. tboracica interna) 

umurtqa arteriyasining 

qarshisidan  boshlanadi.  U  to'sh  suyagining  chekkasidan  1 — 1,5  sm 

tashqariroqda  I —VII  qovurg'a  tog'ayi  bo'ylab  pastga  tushadi  va  VII 

qovurg'aning pastki chekkasida mushak-diafragma va qorin ustining ustki 

arteriyasiga  bo'linadi.  Ko'krak  qafasining  ichki  arteriyasidan  quyidagi 

tarmoqlar chiqadi: 

1.Ko'ks oralig'i shoxlari 



(r. mediastinales) 

mediastinal 

plevraga va oldingi ko'ks oralig'i kletchatkasiga.  2.Ayrisimon bez shoxlari 

(r.  thym ici) 

ayrisimon  bezga.  3.Perikard-diafragma  arteriyasi 



(a . 

pericardiacopbrenica) 

ko'krak qafasining ichki arteriyasidan I qovurg'a 

sohasida  boshlanib,  diafragma  nervi  bilan  diaframagacha  tushib, 

diafragmaning boshqa arteriyalari bilan anastomozlashadi. 4.To'sh shoxlari 

(rr. 

sternales) 

to'shni qon bilan ta’minlab qarama-qarshi arteriya bilan 

anastomozlashadi.  5.Teshib o'tuvchi shoxlar 

(rr.perforantes) 

yuqori  5—

6  qovurg'a  oralig'ini  teshib  o'tib,  katta  ko'krak  mushagi  va terini  qon 

bilan  ta’minlaydi.  3-5  arteriyalardan ayollarda sut beziga tarmoqlar 



(гг. 

mammarii) 

chiqadi. 

6.Oldingi qovurg'alararo tarmoqlar 

(rr.  intercostales 

anteriores) 

yuqoridagi  5  ta  qovurg'alararo  mushaklarga,  ko'krak  ichki 

arteriyasining  oxirgi  shoxlaridan  mushak-diafragma  arteriyasi 

(a . 

musculophrenica) 

lateral tomonga va pastga diafragmaga yo'nalib, pastki 5 

ta qovurg'a oralig'iga tarmoqlar beradi.  Qorin ustining ustki arteriyasi 

(a. 

epigastrica superior) 

qorin to'g'ri mushagi qinining orqa devorini teshib 

o'tib qorin to'g'ri mushagini qon bilan ta’minlaydi va kindik sohasida shu 

nomli pastki arteriya bilan anastomoz hosil qiladi.



III. 

Qalqonsimon-bo'yin  poyasi 



(truncus  thyrocervicalis) 

oldingi 


narvonsimon mushak medial chekkasidan boshlanib, uning uzunligi 1,5 sm 

atrofida bo'lib  4  ta  tarmoqqa:  qalqonsimon  bezning  pastki,  ko'tariluvchi 

bo'yin, kurak usti va bo'yinning yuza arteriyalariga bo'linadi:

1. Qalqonsimon bezning pastki arteriyasi 



(a. thyroidea inferior) 

bo'yinning 

uzun mushagi oldida yuqoriga ko'tarilib qalqonsimon bezning bo'laklariga 

tarm oqlar  beradi  va  qalqonsim on  bezning  ustki  arteriyasi  bilan 

anastomozlashadi.  Undan  halqum,  qizilo'ngach  va  kekirdak  tarmoqlari 

(rr.pharyngeales,  oesophageales  et  tracheales), 

shuningdek  hiqildoq 

mushaklari va shilliq pardasini qon bilan ta’minlovchi hiqildoqning pastki 

arteriyasi 



(a. laryngea inferior) 

chiqadi.


2.  Ko'tariluvchi  bo'yin  arteriyasi 

(a.  cervicalis  ascendens) 

yuqoriga 

diafragma  nervining  medial  tomonidan  ko'tarilib  bo'yinning  chuqur 

mushaklari va orqa miyaga tarmoqlar beradi.

3. Kurak usti arteriyasi 

(a. suprascapularis) 

orqa tomonga yo'nalib kurak 

o'ymasi orqali qirra usti, keyin qina osti chuqurchasiga o'tadi va shu yerdagi 

mushaklami qon bilan ta’minlaydi va kurak suyagini aylanib o'tuvchi arteriya 

bilan anastomozlashadi.

4.  Bo'yinning  yuza  arteriyasi 



(a.  cervicalis  superficialis) 

yuqoriga 

narvonsimon  mushaklami  old  yuzasi  bo'ylab  ko'tarilib  narvonsimon 

mushaklarga tarmoq beradi.  Lateral tomonga burilib, o'mrov ustidan o'tib 

trapetsiyasimon, rombsimon va orqaning yuqorigi tishsimon mushagini qon 

bilan ta’minlaydi.

O'mrov  osti  arteriyasining  ikkinchi  qismidan  qovurg'a-bo'yin  poyasi 

(truncus  costocervicalis) 

chiqadi.  Bu  arteriya  narvonsimon  mushaklar 

oralig'idan  boshlanib,  ikki  shoxga:  bo'yinning  chuqur  arteriyasi  va 

qovurg'alararo  ustki  arteriyaga bo'linadi.  Bo'yinning  chuqur arteriyasi 



(a 

cervicalis profunda) 

orqa tomonga yo'nalib, bo'yin va boshning yarim qirrali 

mushagini qon bilan ta’minlaydi. Qovuig'alararo ustki arteriya 

(a. intercostalis 

suprema) 

pastga yo'nalib  I  qovuig'aro  sohani  qon bilan  ta’minlovchi 



(a. 

intercostalis posterior prima) 

va II qovurg'aro sohani qon blan ta’minlovchi 



(a. intercostalis posterior secunda) 

ga bo'linadi.

O'mrov  osti  arteriyasining  uchinchi  qismidan bo'yinning  ko'ndalang 

arteriyasi 



(a.  transversa  coli) 

oldingi  narvonsimon  mushakning  lateral 

chekkasi sohasida boshlanib, kurak o'simtasining medial uchi sohasida ikki 

tarmoqqa bo'linadi:  a)  yuza  tarmoq 



r.  superficialis 

kurakni  ko'taruvchi, 

bo'yinning  tasmasimon  va  trapetsiyasimon  mushaklarini  qon  bilan 

ta’minlaydi; b) chuqur tarmoq 



(r. profundus) 

pastga yo'nalib rombsimon, 

orqaning yuqori tishsimon,  kurak osti va orqaning keng mushaklarini qon 

bilan ta’minlaydi.

O'mrov  osti  arteriyasining diametri bola tug'ilganidan  to'rt yoshgacha 

bo'lgan davrda tez o'sadi Uning tarmoqlaridan biri—umurtqa arteriyasi bolalikning 

ayrim davriarida bir tekis o'smay, o'smirlik davrida uch maitaga yaqin kattalashib 

kengligi  o'rtacha  3  mm,  uzunligi  27  mm  bo'ladi.  O'ng  va  chap  umurtqa



arteriyalarining qo'shilishidan hosil bo'lgan asosiy arteriyaning o'lchamlari 

turli davrlarda turlicha o'zgarib, o'smirlik davrida kengligi 3,2 mm, uzunligi 3 

sm  ga  yetadi.  Uning  oxiigi tarmog'i bo'lgan  miyaning  orqa  arteriyasining 

kengligi homila hayotining ikkinchi yarmida 0,9 mm bo'lsa, o'smirlik davrida 

2,54 mm. Uning uzunligi esa bu davrlarda o'rtacha 4,25 sm va 8,7 sm bo'ladi.

Qo‘ltiq  osti  arteriyasi

Qo'ltiq osti arteriyasi 



(a.  axillaris) 

o'mrov osti arteriyasining bevosita 

davomi (92, 93-rasm) bo'lib, qo'ltiq osti chuqurchasida elka chigali poyalari 

o'rtasida joylashgan.  Katta ko'krak mushagining pastki chekkasida u yelka 

arteriyasiga o'tib ketadi. Qo'ltiq osti arteriyasi uch qismga bo'lib o'rganiladi. 

Uning  birinchi  qismi  ko'krak-o'mrov  uchburchagi  sohasida  quyidagi 

tarmoqlar chiqadi:  1.  Ko'krakning yuqorigi arteriyasi 

(a. thoracica superior) 

tarmoqlari  1—II qovurg'a oralig'iga yo'naladi.  U qovurg'alararo mushaklar 

va  omrov  osti,  katta,  kichik  ko'krak,  oldingi  tishsimon  mushaklarga 

tarmoqlar beradi.

2. 

Ko'krak qafasi va akromion o'simtasi arteriyasi 



(a. thoroco-acromialis) 

kichik ko'krak mushagining yuqori chekkasi sohasida boshlanib, to'rtta  tarmoqqa 

bo'linadi: akromion tarmog'i 

(r. acromialis) 

akromion — o'mrov bo'g'imi, 

qiaman  yelka bo'g'imi haltasini qon bilan ta’minlaydi;  o'mrov tarmog'i 

(r.  clavicularis) 

o'mrov  suyagi  va  o'mrov  osti  mushagini  qon  bilan 

ta’minlaydi;  deltasimon tarmog'i 

(r. deltoideus) 

deltasimon va katta ko'krak 

mushagi va ulami qoplqgan terini qon bilan ta’minlaydi; ko'krak tarmoqlari 

(rr. pectorales) 

katta va kichik ko'krak mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.

Qo'ltiq osti arteriyasining ikkinchi qismi, ko'krak uchburchagi sohasida, 

undan  ko'krakning lateral arteriyasi 



(a. thoracica lateralis) 

chiqib  oldingi 

tishsimon  mushakni  tashqi yusasi  bo'ylab  pastga yo'nalib,  uni  qon  bilan 

ta’minlaydi. Undan sut bezlariga 



rr. mammalia lateralis 

chiqadi.


Uchinchi qism ko'krak osti uchburchagi sohasida quyidagi arteriyalar 

chiqadi:


92-rasm.Qo‘ltiq  osti  va 

yelka  arteriyalari.  I-a.

axillaris;  2-r.  deltoideus;

3-r.  acromialis;  4-a.  tho- 

raco acromialis;  5-r. pec­

toralis; 6-a. thoracica lat­

eralis;  7-a.  thoracodoisa- 

lis; 8-a. circumllexa scap­

ulae;  9-a.  subscapularis;

10-a. circumllexa humeri 

posterior;  11-a.  circum - 

flexa  h u m e ri  a n te rio r;

12-a.  profunda  brachii;

13-a.  collateralis  ulnaris 

superior;  14-a. brachialis.



93-rasm.  Qo'ltiq  osti  va  yelka  arteriya­

si  tarmoqlari.  1-a.axillaris;  2-a.thoiacica 

lateralis;  3-a.subscapularis;  4-a.profunda 

brachii;  5-a.collateralis  ulnaris  superior; 

6-a.collateralis  ulnaris  inferior:  7-a.brac- 

hialis;  8-a. ulnaris;  9-a.radialis;  10-a.col- 

lateralis media;  11-a.  collateralis radialis;

1 2-a.circu m flexa  posterior  humeri;

1 3 -a .circu m flex a   a n terior  humeri;

14-a.thoracoacromialis

4.

  K urak  osti  arte riy asi 



(a . 

subscapularis) 

qo'ltiq osti arteriyaisining 

eng yirik tarmog'i bo'lib ikkiga bo'linadi:

a)  k o 'k ra k   orqa  arte riy asi 



(a . 

thorocodorsalis) 

kurakning  lateral 

chekkasi  bo'ylab  yo'nalib,  oldingi 

tishsimon, kurak osti, katta yumaloq va 

orqaning  serbar  mushagini  qon  bilan 

ta’minlaydi;  b) kurak suyagini aylanib 

o'tuvchi  arteriya 

(a .  sircu m flexa 

scapulae) 

uch  tomonli  teshik  orqali 

kurakning  orqa  yuzasiga  o'tib,  kurak 

qirrasi ustidagi,  kurak qirrasi ostidagi, 

kichik yumaloq mushaklami va shu soha 

terisini qon bilan ta ’minlaydi.

5.  Yelka  suyagini  oldidan  aylanib 

o'tadigan arteriya 



(a. circumflexa humeri 

anterior) 

yelka  suyagining  xirurgik 

bo'ynini  oldidan  aylanib  o'tib,  yelka 

bo'g'imi va deltasimon mushakka tarqaladi.

6.  Yelka suyagini orqadan aylanib 

o'tadigan arteriya 



(a. circumflexa humeri 

posterior) 

to'rt  tomonli  teshik  orqali 

kurakni orqa yuzasiga o'tib, oldingi shu 

nomli  arteriya  bilan  anastomoz  hosil 

qilib yelka bo'g'imini va uning atrofida 

joylashgan  m ushaklam i  qon  bilan 

ta’minlaydi.

Yelka arteriyasi

Yelka arteriyasi 



(a. brachialis) 

qo'ltiq osti arteriyasining bevosita davomi 

(93-rasm)  bo'lib,  katta  ko'krak  mushagining  pastki  chekkasi  sohasida 

boshlanadi. Yelka sohasida yelka arteriyasi sulcus 



bicipitalis medialis 

bo'ylab 


tiisak chuqurchasiga boradi. Bu chuquichada bilak suyagi bo'yni sohasida bilak 

va tiisak arteriyalariga bo'linadi. Yelka arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:



1.  R.  muscularis 

yelka mushaklariga.

2.  Yelkaning  chuqur arteriyasi 

(a.  profunda  brachii) 

bilak  nervi bilan 

yelka-mushak kanalida yo'nalib, yelka suyagi va mushaklariga aa. 

nutricae 

humeri, r.deltoideus et r. muscularis 

tarmoqlarini berib, ikki shoxga bo'linadi. 

Uning tarmoqlaridan birinchisi o'rta yonlanma arteriya 

(a. collateralis media) 

yelkaning  uch  boshli  mushagiga  tarmoqlar  berganidan  so'ng  orqa  tirsak 

egatidan o'tib orqaga qaytuvchi suyaklararo arteriya 

(a. interossea recurrens) 

bilan anastomozlashadi. Ikkinchi tarmog'i bilak tomondagi yonlama arteriya



(a.collateralis  radialis) 

oldingi lateral tirsak egati bo'ylab yo'nalib  orqaga 

qaytuvchi bilak arteriyasi 

(a. recurrens radialis) 

bilan anastomozlashadi.

3.  Tirsak  tomondagi  yuqori  yonlama  arteriya 

(a.  collateralis  ulnaris 

superior) 

yelkaning o'rta qismidan boshlanib, tirsak nervi bilan medial orqa 

tirsak egatidan o'tib orqaga qaytuvchi tirsak artcriyasini 

(a. recurrens ulnaris) 

orqa shoxi bilan anastomozlashadi.

4. Tiisak tomondagi pastki yonlama arteriya 

(a. collateralis ulnaris inferior) 

yelka suyagining medial o'simtasi sohasidan boshlanadi.

Yelka mushagining oldingi yuzasida medial tomonga yo'nalib,  orqaga 

qaytuvchi  tirsak  arteriyasining  oldingi  shoxi bilan  anastomozlashadi.  Bu 

yonlama arteriyalarning barchasi tirsak bo'g'imi atrofida arterial to 'r hosil 

qilishda ishtirok etadi.  Ular shu bo'g'imni,  uning atrofidagi mushaklar va 

terini qon bilan ta’minlaydi.

Bilak  va  qo‘I  panjasi  arteriyalari

Bilak arteriyasi 



(a.  radialis) 

(94- 


rasm)  yelka  arteriyasining  bevosita 

davomi  bo'lib,  yumaloq pronator va 

yelka-bilak mushaklari o'ltasidan pastga 

yo'naladi.  Bilakning  pastki  qismida 

fassiya va teri ostida joyiashgan bo'lib, 

bu sohada pulsni aniqlanadi. Bilakning 

pastki  qismida  arteriya  bilak  suyagi 

bigizsimon  o'simtasini  aylanib  qo'l 

kaftining orqa tomoniga o'tadi. Keyin 

u  birinchi  kaft  suyagi  oralig'i  orqali 

bosh  barmoqni  aylanib  yana  kaftga 

qaytadi.  Kaftda bilak arteriyasi tirsak 

arteriyasining  chuqur  kaft  tarmog'i 

bilan  anastom ozlashib,  kaftning 

chuqur arterial ravog'ini hosil qiladi.

Bilak  arteriy asid an  quyidagi 

tarmoqlar chiqadi: 1. Mushak tarmoqlari 

(r.  m u scu laris) 

arteriyaning  bor 

bo'yicha chiqib atrofidagi mushaklami 

qon bilan ta’minlaydi. 2. Bilak sohasidagi 

orqaga qaytuvchi arteriya 

(a.recurrens 

r a d ia lis) 

bilak  a rte riy asin in g  

boshlang'ich  qismidan  boshlanadi. 

Yuqoriga va lateral tomonga yo'nalib, 

oldingi lateral bilak egatida 

a. collateralis 

radialis 

bilan anastomozlashadi. 3. Kail 

ustining  kaft  tarm og'i 

(r.  carpeus

94-rasm .  Bilak  arteriyalari  chizm asi.

1-a.brachialis; 2 -a.recurrens ulnaris;  3-a. in- 

terossea  communis;  4-a.uLnaris;  5-a.  inte­

rossea anterior; 6-rr.carpeus palmaris;  7-rete 

carpi palmare;  8-arcus palmaris superficia­

lis;  9 -a .d ig ita lis  p alm aris  c o m m u n is ; 

10-r.palmaris  superficialis  a.radialis;  11-r. 

muscularis;  12-a.interossea posterior;  13-a. 

interossea recurrens;  14-a.recurrens  radia­

lis;  15-a.radialis.



palmaris) 

bilak  arteriyasidan  bilakning  distal  qismida  boshlanib  medial 

tomonga  yo'naladi  va  tirsak  arteriyasining  shu  nomli  shoxi  bilan 

anastomozlashib kaft ustining kaft tomondagi to'rini 



(rete carpi palmare) 

hosil  qiladi.  4.  Kaft  ustining  orqa  tarmog'i  (r. 



carpeus  dorsalis) 

bilak 


arteriyasidan kaftning orqasida boshlanib, medial tomonga yo'naladi va tirsak 

arteriyasining shu nomli tarmog'i bilan anastomozlashib kaft ustining orqa 

to'rini 

(rete

 

carpi dorsale) 

hosil qiladi. 5.  Kaftning yuza shoxi 

(r. palmaris 

superficialis) 

tenor  mushaklari  orasida  tirsak  arteriyasi  uchi  bilan 

anastomozlashib, kaftning yuza ravog'ini 

(arcus palmaris superficialis) 

hosil 


qiladi. 

6. Qo'l kaftining orqa yuzasida bilak arteriyasidan kaft orqa yuzasining I 

arteriyasi 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin