” Mavzusi bo’yicha keys-stadi Shodiev A. I. Ushbu keys, tibbiy texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirish zarurligi, tibbiyot fanlardan, «travmatologiya va ortopediya»



Yüklə 116,5 Kb.
səhifə8/11
tarix02.01.2022
ölçüsü116,5 Kb.
#1508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Umumiy davolash;

a) sistematik qon, plazma, oqsilli preparatlar quyish, 5% glyukoza eritmasi va 0,9% natriy xlorid (agar shish, yurak yoki buyrak yetishmovchiligi bo’lmasa 3-4 litr sutkada) quyish kerak;

b) sezgirligiga ko’ra qisqa, lekin kuchli dozada vena ichiga, suyak ichiga, arteriya ichiga antibiotiklar yuborish (oksatsillin, ampitsillin, gentamitsin), penitsillinni mahalliy aplikasiya qilish, bundan tashqari, streptomisin, tetratsiklin va leomisin ham aplikasiya qilinadi;

v) zamburug’li asoratlar oldini olish maqsadida yuborilayotgan antibiotiklarga 1:2, 1:3 nisbatda nistatin yoki levorin yuborish;

g) har kuni (ayniksa kasallikning og’ir formalarida) 10-20 gr. soda sutga qo’shib berish, venaga 300-400 ml 2% natriy gidrokarbonatni kun-ora va 10 ml-10% SaSl2 kilish kerak;

d) vitaminoterapiya o’tkazish (granulyasiya sekin bo’lsa vitamin S, granulyasiyadan qon ketsa - vitamin К va S, suyaklar sinsa vitamin D, ich ketganda, shishda va dermetidlarda vitamin V);

e) proteazalar ingibitora - trasilol, kontrikal, gordoks;

j) dimedrol, pipolbfen.

Sepsisda V-limfositlar defitsiti, immunoglobulinlar etishmasligi hollarida va fagositar aktivlik past bo’lgan hollarda - giperimmun antistofilanonli plazma, ko’p yiringli tayyoqchaga qarshi plazma sog’lom odamdan leykositlar bilan immunoglobulinni kuyish.

Vena ichiga giperimun antistafilakkok zardob quyiladi, 1 kg tana vazniga xar kuni yoki kunora 250-300 ml dan 4-6 marta quyiladi. Antistafilakkok gammaglobulin v/i yoki m/o 5 mg yuborish kerak. Xar kuni yoki kunora 5-6 in'eksiya. Anaerob infeksiya: Asosiy o’rinni Clostridium avlodining to’rttala qo’zgatuvchisi egallaydi rivojlanadi. Ochlik, sovuqqotish, charchash, infeksion kasalliklar, nur kasalligi xam sepsis rivojlanishida xamoxanglik qiladi.

Klinik kechishi bo’yicha sepsis bo’ladi: o’tkir sepsis - chaqmoqsimon shaklda, tez va buronli kechishi mumkin; cho’zilgan sepsis - remissiya va residiv davrlari farqlanadi. Xar retsidivda yangi metastatik o’choklar paydo bo’ladi. Jaroxat sepsisining cho’zilgan shakli travmatik yoki yiringli-jarohatli xoldan toyishga olib kelishi mumkin. Bu xolat organizmning butunlay arsakmovligi bilan kechadi va yiringli (2-3 oy va undan ko’p), modda almashinuvining buzilishi va organizmning ko’p oqsil yuqotishi bilan bog’liq bo’ladi. Keragicha qo’shilgan shishlar, yotoqyaralar, ich ketishlar yaxshi oqibatga olib kelmasligidan dalolat beradi.

Jaroxat sepsisining klinikasi butun organizmning umumiy intoksikasiyasi simptomlari va alojhida organ va sistemalaming etishmovchilik belgilari bilan kechadi. Ko’pincha jaroxat egri chizig’i noto’g’ri remittirlovchi yoki intermittirlovchi faktorga ega bo’ladi, yangi metastazlar paydo bo’lganda esa keskin sakrashlar va qaltirash bilan kechadi. Xaroratning tushishi kuchli terlash bilan namoyon buladi. Kasallikning cho’zilgan shaklida esa xarorat, bemorning axvoli keskin yomonligi va xoldan toyganligiga karamay, subfebril bulishi mumkin" Bemorlar xarorat egri chiziganing eng yuqori nuqtasida anatik bo’lib, ongi xiralashgan bulishi yoki kuzgalgan bulib, eyferik bulishi mumkin. Teri koplamlari yashil sifat yoki sargish rangparlikka ega, petexiyalar buladi. Kasallik bronxit, pnevmoniya, abssessga o’tuvchi pnevmoniya bilan birga kelishi mumkin.

Tomirlar tonusi pasayadi, taxikardiya kuzatiladi, arterial va venoz bosim tushadi. Ayrim bemorlarda kollaps kuzatiladi. Infeksiya uchogi atrofidagi venalar tromboflebitmi metastazlanishga olib keladi.

Ishtaxa yuqoladi, ko’ngil aynash, qusish, ich ketishlar kuzatiladi. Til quruq, karash bilan koplangan. Jigar shikastlanishi tufayli sariqlik rivojlanadi. Jigar va taloq palpatsiyada kattalashgan, zichlashgan, ogriqli bo’ladi. Kanalchalar shikastlanishi bilan kechadigan o’tkir. infeksion nefrit mikrogematuriya va albbuminuriya bilan namoyon bo’ladi.

Moddalar almashinuvi buzulishi natijasida gipoproteinemiya rivojlanib progressiv kuchayib boradi. Sust kechuvchi mahalliy jarayonlar fonida distrofiya rivojlanadi, oqibatda hamma simptomokompleks yiringli-yarani xoldan toyishi bilan namoyon bo’ladi. qon analizida sinoxrom anemiya, leykositar formula chetka siljishi, leykositoz va limfopeniyani aniqlash mumkin. Eozinofillar yo’qolishi yomon prognostik ahamiyatga ega. Bu bemorlarda EChT tezlashgan. Qon olib ko’rilganda (tana xarorati oshgan vaqtda) bakteriyalarni aniqlash mumkin.


Yüklə 116,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin