Ўзбeкистон рeспубликаси



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#96291
1   2   3   4
tarmoqda mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish paxta toqimachilik

Birinchi davr - ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bilan 
harakterlanadi. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat 
yakinida yirik gabaritli asboblarning ko’rsatishiga muvofiq avtomatik ravishda 
rostlanadi. Bunda, asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli 
kiyinchilik tug’dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi 
ko’rinadigan yirik gabaritli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o’lchash 
asbobi, rostlagich va zadatchik joylashtiriladi. 
Ikkinchi davr - ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda 
rostlash alohida shitga o’rnatilgan asboblar bo’yicha olib boriladi. Yirik gabaritli 
asboblardan foydalanish - shitni bir necha metrga cho’zilib ketishiga olib keladi va 
shitni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shitdagi 
asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo’ladi. Bu masalani hal qilish 
uchun kichik gabaritli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi davr (tuliq avtomatlashtirish davri) - agregat va sexlarni yalpisiga 
avtomatlashtirish bilan harakterlanadi. Bu davrning harakterli hususiyati shundaki 
boshqarish yagona dispetcherlik punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga mitti 
ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo’ladi. Doimiy nazoratni talab 
qilmaydigan o’lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shitdan tashqariga 
o’rnatiladi.
Har bir texnologik jarayon (texnologik jarayon parametrlari deb ataluvchi) 
o’zgaruvchan fizikaviy va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, temperatura, namlik, 
konsentrasiya va hokazo) bilan harakterlanadi. Tehnologik apparatura jarayonning 
tug’ri o’tishini ta'minlashi uchun muayyan jarayonni harakterlovchi parametrlarni 
berilgan qiymatda saqlashi lozim. Qiymatini stabillash yoki bir tekisda o’zgarishini 
ta'minlash zarur bo’lgan parametrga rostlanuvchi kattalik deb ataladi. 
Rostlanuvchi kattalikning qiymatini stabillash ma'lum qonun bo’yicha o’zgarishini 
amalga oshirish uchun mo’ljallangan asbob avtomat rostlagich deyiladi. 
Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o’lchangan qiymati rostlanuvchi kattalikning 
ayni qiymati deyiladi.
Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo’yicha ayni vaqtda doimiy 
saqlanishi shart bo’lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati 
deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan 
qiymatlarini vaqtning har bir onida teng bo’lishni talab qiladi. Ammo ichki yoki 



tashqi sharoitlarning o’zgarishi sababli rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati 
berilgan qiymatidan chetga chiqishi mumkin. Shu paytda hosil bo’lgan qiymatlar 
farqi hato yoki nomoslik deyiladi. 
Xato yoki nomoslik nolga teng bo’lgan texnologik jarayon turgunlashgan 
rejim deyiladi. Turg’unlashgan rejimda moddiy va energetik balanslar qat'iy 
saqlanadi. 
Amalda ko’pincha hom ashyoning sarfi va tarkibi, apparatlardagi 
temperatura, bosim va hokazolarning o’zgarishi kuzatiladi. Texnologik jarayonning 
maqsadga muvofik ravishda oqib o’tishiga teskari ta'sir ko’rsatuvchi hamda 
tizimlardagi 
moddiy 
va 
energetik 
balansini 
buzuvchi 
o’zgaruvchilar 
g’alayonlanishlar deb ataladi. Galayonlanishlar ta'sirida hato paydo bo’ladigan 
tehnologik jarayon rejimi turg’unlashmagan rejim deyiladi. 
Har bir boshqarish tizimida kirish va chiqish parametrlari (o’zgaruvchilari) 
bo’ladi. Kirish parametrlariga hom ashyoning boshlangich holatini harakterlovchi 
o’zgaruvchi hamda vaqt o’tishi bilan o’zgaradigan uskuna parametrlari, texnologik 
jarayonning oqib o’tishini aniqlovchi o’zgaruvchilar kiradi. Kirish o’zgaruvchilari 
rostlanadigan va rostlanmaydigan bo’lish mumkin. 
Chiqish parametrlariga chiqarilgan mahsulot sifatini (kimyoviy tarkib, zichlik 
va boshqalar) harakterlovchi ko’rsatkichlar, shuningdek, hisoblash yo’li bilan 
aniqlanadigan texnika-iqtisodiy (uskunalarning ishlab chiqarish unumdorligi, 
mahsulotning tannarxi) ko’rsatkichlar kiradi. 
Tizimning ishlash vaqtida rostlanuvchi kattalikning hozirgi qiymati berilgan 
qiymatiga mos kelishi uchun tizimga ta'sir ko’rsatish kerak (boshqariladigan 
o’zgaruvchi orqali). Boshqariladigan o’zgaruvchi tizim boshqaruv ta'sirining (hom 
ashyoning sarfi, tarkibi va boshqalar) sonli harakteristikasidir. 
Shunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri – texnologik 
jarayonning turg’unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik 
balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi ob'ekt deyiladi. 
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich 
yordamida rostlanuvchi ob'ektdagi kerak bo’lgan texnologik sharoitni avtomatik 
ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni kayta tiklashdan iboratdir. 
Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi ob'ektga rostlagichning ta'siri 
tufayli) rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatga teng yoki shunga 
yaqin bo’ladi. 



Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan ma'lum ketma-ketlikda bog’langan bo’lib, 
har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil 
funksiyani avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. 
Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko’ra tasniflash maqsadga 
muvofiq. Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional 
bog’lanishni ifodalovchi sxema funksional sxema deb ataladi. Bundan tashqari, 
shu avtomatik tizimni turli dinamik hususiyatlariga ega bo’lgan va bir- birlari bilan 
bog’langan sodda bug’inlar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik 
tizimning sxema bo’g’inlarning bo’g’lanishini aks ettiradi va tizimning tuzilish 
sxemasi deyiladi. 
Rostlanuvchi ob'ekt va avtomatik rostlagich birligi avtomatik rostlash tizimni 
(ART) tashqil qilib, rostlash konturi nomli berk zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir 
ARTning tuzilish sxemasiga emas, balki funksional sxemasiga tegishli. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin