-
maktab rahbarlari va pedagoglaming malakasini oshirish
dasturlariga inklyuziv о‘quv muhitida ishlash bilan bog‘liq alohida
mavzular kiritiladi.
Milliy va xalqaro,
shuningdek, jamoat tashkilotlarining
tajribalarini hisobga olgan holda 11 yillik majburiy o‘rta ta’lim
muassasalari pedagog xodimlari uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha
ilmiy-uslubiy ishlanmalar ishlab chiqish va imkoniyati cheklangan
o‘quvchilaming ota-onalarini tavsiyalar bilan ta’minlashga alohida
e’tibor qaratiladi.
Inklyuziv ta’lim sharoitida alohida ehtiyojga ega bo‘Igan
o‘quvchilar bilan ish olib boradigan pedagoglarni uslubiy qo‘llab-
quwatlash uchun xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish
muassasalari bazasida zarur sharoitlar yaratiladi.
Akademik litsey o‘quvchilaming imkoniyatlari va qiziqishlarini
hisobga olgan holda ulaming jadal intellektual rivojlanishi chuqur,
sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim
olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq
ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim
yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha
bilim saviyalarini oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur o‘rga-
nishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik
litseylar uzluksiz va I I
yillik muddatda amalga oshirilib, asosan oliy о‘quv yurtlari qoshida
tashkil etiladi.
4. Kasb-hunar ta’limi
Kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimining
muhim vazifalari biri bo‘lib, iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari
va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik
tendensiyalami hisobga olib ehtiyoj yuqori bo‘Igan
va turdosh
mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘Igan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan
malakali kadrlami tayyorlash; kadrlarga bo‘Igan real ehtiyojni, ish
52
beruvchi korxonalaming takliflarini hisobga olgan holda iqtiso-
diyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash;
- yoshlami
har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va
milliy mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shu-
ningdek, o‘quvchilarda boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosi-
mizga, milliy va umuminsomv qadriyatlarga asoslangan ma’naviy
va axloqiy sifatlami rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jara
yonni yangi pedagogik shakllar va
usullar asosida tashkil etish;
- yetakchi mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari bilan har
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion
o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar
ta’limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislami jalb etish;
- kasb-hunar ta’limi milliy standartlari
talablarini xalqaro
ta’lim standartlari tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga
muvofiqlashtirish, milliy malaka talablarini bosqichma-bosqich
xalqaro analoglarga moslashtirish va e’tirof etilishiga qaratilgan
ishlami tashkil etish;
- kasbga o‘rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy
ta’lim olishni
birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat
ta’lim sektorini uzluksiz davlat ta’lim tizimi bilan samarali
integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish
bo‘yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish
va kelgusida
amaliyotga joriy etish;
- mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror
o‘stirish hamda modemizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok
etishga qodir bo‘lgan kadrlami tayyorlash maqsadida o‘quv
jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalami
faol qo‘llab kasb-hunar ta’limi va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin
hamkorligini ta’minlash;
Dostları ilə paylaş: