11 yillik majburiy o‘rta ta’lim natijalarini baholash tizimi
Natijaga yo‘naltirilgan ta’lim modelida o‘quvchilaming o‘quv
yutuqlarini baholash alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bunda
o‘quvchi, o‘qituvchi, maktab va milliy
xususiyatga ega boigan
ta’lim tizimi bahosi orasidagi muvofiqlik ta’minlanadi.
Maktabda
0
‘qitish natijalari har bir o‘quvchining o‘quv muva-
faqqiyatlari, uning o‘qishga boigan munosabati va rivojlanish
dinamikasini yaxlit tarzda turli yo‘nalishlarda
baholash imkonini
yaratadi.
Kutilayotgan natijalarga erishilganlikni baholash tizimini tako-
millashtirish ikki turdagi baholashni rivojlantirishni nazarda tutadi:
- davlat ta’lim standartida ko‘zda tutilgan natijaga erishishni
(tashqi natijalar);
- o‘quvchilarning shaxsiy muvafaqqiyatlarini (ichki natijalar).
0 ‘qitish sifati yoki o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malaka,
kompetensiyalar quyidagicha baholanadi:
- umumta’lim tayyorgarligi bosqichlari talablariga muvofiq
o‘quvchilarning o‘quv muvafaqqiyatlarini
kuzatib borish;
- 11 yillik majburiy o‘rta taiimning har bir bosqichida joriy
nazoratlami o‘tkazish;
- 11 yillik majburiy o‘rta taiimning har bir bosqichi yakunida
ta’lim sohasi bo‘yicha bosqichli va yakuniy nazoratlami o‘tkazish;
- IX hamda XI sinflaming yakunida bitiruv imtihonlari;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi miqyosidagi monitoring o‘tkazish
orqali.
Yagona oraliq nazorat,
Davlat imtihonlari, monitoring
tadqiqotlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligining
qarori asosida tashkil etiladi va ular kutilayotgan natijani baholash,
ta’lim jarayoni sifatini kuzatish,
maktabdagi korreksiya va
boshqarish, o‘quvchilaming milliy koiamdagi kutilayotgan
natijalarining
darajasini taqqoslash, ta’lim tizimida paydo
boiayotgan tendensiyalami aniqlash uchun o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: