qilishga olib bormaydi. Bola boshqalar oldida shannaiida bo‘lish,
qizarishni istamagani uchun noto‘g‘ri xatti-harakatlami yashirincha
qilishga intiladi. Mana bunday holda uyat ikki yuziamalik,
munofiqlikni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham bolalami
hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona
va o‘z o‘mida foydalanishgina ijobiy natija beradi. Bolalami
yolgiz ekanida yoki kamroq bolalar o‘rtasida uyaltirish
kerak.Yuqorida aytib o ‘tilgan metodlardan
tashqari kun tartibi,
odatlantirish va о‘yin hamda sport vositalaridan foydalaniladi.
Odatlantirishda, asosan o‘rgatish, mashq qildirish va biror
yomon odatdan qaytarib olish shakllaridan foydalaniladi.
2 .0 ‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va taffakurni
shakllantirish
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish hamma
davrlarda millatning ilg‘or kishilari diqqat markazida bo‘lib kelgan.
Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davming
o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umumin
soniy madaniyatiga, salmoqli xissalarini qo‘shganlar.
Bilim ilmiy
dunyoqarashning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bilim olish, albatta,
yoshlikdan boshlanadi. “Yoshlikda olingan ilm toshga o‘jdlgan
naqshdir”, - deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix
sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o‘chmaydi.
Dunyoqarash
faqat insongagina xos xususiyat bo‘lib, hayvonot
dunyosi boshqa narsa, buyumlar va mavjudotlar uchun bu hayotdir.
Ularda dunyoqarash kishilaming olam va uning o‘zgarishi,
rivojlanishi
haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy,
estetik diniy, qarashlari va tasawurlari tizimi dan iborat. Demak,
dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtiri!gan bilimlar
to‘plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risi-
da qancha ko‘p ma’lumotlarga, bilimga ega bo‘lsa, ulaming
dunyoqarash! ham shu darajada mukammal va puxta bo‘ladi. Awa-
lo ta’kidlash lozimki ilmiy dunyoqarash turlicha bo‘ladi. Turli. kasb
egalari turli xil dunyoqarashga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: