M a’qullash.
Rag‘batlantirishning eng ko‘p tarqalgan
shaklla-
ridan biri o‘quvchining muvaffaqiyati va yaxshi xulq-atvorini
ma’qullashdir. 0 ‘qituvchi bolaning xulqini ma’qullaganda bu xulq
va xaraktemi yanada takomillash yo‘llarini ko'rsatib bermog‘i
kerak.
Bosh qimirlatish,
tabassum, yuz va qo‘l harakatlari, ’ЪаШ”,
’’barakalla” kabi so‘z va imo-ishoralar bilan bolalar xatti-harakati
ma’qullanadi.
K o‘ngil ко ‘tarish, dalda berish.
Ba’zan
o‘qish va intizomda
yaxshi natijalarga erishmagan
va bunga intilayotgan, harakat
qilayotgan bolalaming ko'nglini ko‘tarish katta ahamiyatga egadir.
Ko‘ngil ko4arish bolalarga kuch bag‘ishlaydi va ularda optimizmni
o‘stiradi va ularning kuchiga kuch, g‘ayratiga g'ayrat qo‘shadi.
Ishonch bildirish, ishonish.
Bolalar, ayniqsa boshlang‘ich
maktab o£quvchilari o‘z o‘qituvchilarini
pok qaib bilan samimiy
sevadilar va ularga qattiq ishonadilar. Shuning uchun ham kichik
yoshdagi bolalar oldida o‘qituvchining hurmati va obro‘si g‘oyat
kattadir. 0 ‘z navbatida, o‘quvchi o‘qituvchidan o‘ziga ishonishni
talab etadi. 0 ‘quvchiga
ishonish, ishonch bildirish unga katta
mukofotdir. Bolalardagi bunday holatni o‘qituvchidan o‘ziga
yaxshi bilishi va ularga ishonch bilan qaramog‘i lozim.
Qayd etish.
Bolalar xulq-atvorning yaxshilanib borayotganini
qayd etish, ayniqsa bolalar jamoasi oldida (sinfda,
maktab
o‘quvchilari o‘rtasida, ota-onalar oldida) qayd qilish, ruhini
258
ko‘tarish o‘quvchini tetiklantiradi
va uni yaxshi intizomga
yo'llaydi.
Shuning bilan birga biror bola haqida devoriy gazetaga yozish,
maktab radiosi orqali so‘zlash, ota-onalarga xat yozish orqali
bolalar xulqining yaxshilana borayotganligini qayd etish bolalarda
intizomlilikni o‘stirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: