Ya. A. Komenskiy shakllantirgan quyidagi qoidalar mavjud:
osondan qiyinga, ma’lumdan noma’lumga va oddiydan murakkab-
ga. Shu zamonning pedagogik nazariya va amaliyoti tushunarlilik
tamoyilini qo‘llanish qoidalaiini kengaytirdi va boyitdi. Ular
quyidagilar:
1. Bilimni bolaning yoshiga qarab berish.
2. Bola tafakkuri berilayotgan bilimga tayyorlangan bo‘lishi
shart.
3. 0 ‘qitayotganda bolaning tayyorgarlik va rivojlanganlik
darajasiga qarab bilim berish.
4. Bolaning individual qobiliyatidan kelib chiqib bilim berish.
5. Bilim berish sur’ati o ‘rtacha olib borilishi shart.
6. Bilim berishda, muayyan kuchlanishning
hosil boiishini
esda saqlash. Bu kuchlanish oshib ketsa, bolalar toliqib, kuchlanish
pasayib ketsa, bolalar zerikib qolishini bilish.
7. Psixologiya va pedagogikaning
yangi kashfiyotlaridan
imumli foydalanish, kichik qadamlardan asta-sekin katta
qadamlarga o‘tish yo'li bilan ta’lim jarayonini intensivlashtirish.
8. Yangi dars o‘tishda bilimi kuchli
talabalardan va darsni
mustahkamlayotganda bilimi o‘rta va kuchsiz talabalardan
foydalanish.
9. Berilayotgan bilimlaming qarama-qarshi tomonlarini ham
tushuntirib, talabalaming bilim olishini osonlashtirish.
10. Talabalarga eng qiyin singadigan bilimlar tabiat va jamiyat
taraqqiyotining umumiy qonimlaridir. Shuning
uchun muayyan
fanni o‘tayotganda ustalik bilan ularni qo‘shib tushuntirib ketish.
11. Sekinlik bilan shoshish! Ta’lim-tarbiya jarayonini asossiz
tezlashtirmaslik va susaytirib yubormaslik.
12. Talabalamig
oraliq-yakuniy
fikrlarini
«bildi»ga
yo‘ymasdan, ulardan fikmi davom ettirish uchim foydalanish.
13. Tushunarlilik o‘qituvchining so‘zlarini yuqori hissiyot va
har bir so‘zni asoslab berilganligi bilan ham belgilanganligi.
14. Uzoq maruzalardan qochish.
15. 0 ‘qitishning bosh qismida faqat asosiylarini aytib o‘tish
bilan kifoyalanish.
94
16. «Yomon o‘qituvchi haqiqatni aytib qo‘ya qoladi,
yaxshi
o‘qituvchi bu haqiqatni topishni o‘quvchilarga o‘rgatadi» iborasini
unutmaslik.
17. Tushunarli qilib dars o‘tish, butun bilimni talabalarga
sodda tilda tushuntirib berish yoki bu bilimlami topishni tushunarli
qilib aytib berishda emas, balki kalavaning uchini ushlatib qo‘yib,
bilimni sekin-asta chiqib kelishini ko'rsatish, ulami rag‘batlantirib
turish va hokazo tadbirlarga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: