kuchiga ishonish va hurmat etishga asoslanadi. Iltimos yoki so‘rash
xushmuomalalik va nazokat bilan amalga oshiriladi.
Buyruq va talab.
Buyruq - qat’iy
amr-farmon shaklida
ifodalangan talabdir.
Tarbiya jarayonida bolalar oldiga davlatimiz hamda ota-onalar
tomonidan qo‘yilgan muayyan maqsad va vazifalaming
bajarilishiga erishmoq uchun talab etish va buyruq berish kabi
vositalardan ham foydalaniladi. Bolalardan
talab qilinadigan
talablar hamda ularga beriladigan amr-farmon va buyruqlar aniq,
ravshan, tushunarli, muayyan ham qat’iy bo‘lishi kerak.
Har bir buyruq yoki talabning maqsadi bolalarga tushunarli
bo‘lsin. Bolalar bu buyruq yoki talabni nima uchun bajarishlari
zarurligini yaxshi anglashlari lozim. Shu bilan birga, ular yaxshi va
puxta o‘ylab berilishi lozim. 0 ‘quvchilar oldiga qo'yilgan buyruq
va talabning albatta bajarilishiga erishish kerak. Agarda qo‘yilgan
talablar va beriladigan buyruqlar qat’iy bo‘lmasa, o‘quvchilaming
bajarish imkoniyati susayadi. Bunday buyruqlar bajarilmay qoladi.
Shuning uchun buyruq va talab qat’iy boisin.
Maktab va oilada
bolaga beriladgan har bir buyruq yoki talab bolaning yoshi,
imkoniyati, kuchiga qarab berilishi hamda shu buyruq va talablar
o‘quvchining tarbiyasiga yordam berishi kerak. Buyruq yoki
talabning bolalarga tushuntirib berilishi va bolalar tomonidan puxta
anglab olinishiga erishish lozim.
Beriladigan buyruq va qo‘yilgan talabning albatta bajarilishiga
erishish kerak; buyruq asossiz bo‘lganda
yoki buyruqni bajarav-
chining uzrli sabablari boigan taqdirda bekor qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: