Tarbiyada izchillik, tiiim lilik
- tarbiyaviy ta'sirlarining uyg‘un-
ligi va uzlukshligi qoidasi tarbiyaga
yaxlit tizimli yondashish
tarbiyaning pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘nal-
tirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va
vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnash-
chilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir.
Tarbiyachi awaliga
bolalardan biror narsani talab qilib, so‘ngra o‘zining
bu talabini
unutib qo‘ysa yoki o‘zi bu talabga xilof ish tuts a, bu hoi tarbiyaga
juda yomon ta'sir qiladi. 0 ‘qituvchi subutli; o‘z lavozimiga sobit
bo‘lmog‘i kerak. Masalan: “Ertaga kundaliklaringizni tekshiraman”,
“Oyoq kiyimlaringizni moylaganligini ko‘raman” deb va'da berdin-
gizmi, ijrosini unutmang. Pedagog biror
tarbiyaviy tadbir uyush-
tirishni bolalarga va'da qilib sal orada va'dasini esidan chiqarib qo‘y-
sa o‘quvchilar bunday o‘qituvchiga ishonmay qo‘yadilar. Har bir
pedagogning ishi bilan so‘zi bir bo'lishi lozim.Bolalarga birdaniga
juda ko‘p talab va qoidalami taqdim qilish mumkin emas.
Bolalarga
tarbiya va ta'lim berishda uzluksiz va tizimlilikka rioya qilish kerak.
0 ‘qituvchilar orasida ham talabalaming bir xilliligi hamisha ta'min-
lanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib,
unda ota-onasi, o'qituvchi jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar.
Shu sababli ulaming ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya
etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya usullari va
shakllarmi o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir.
Nazorat uchun savol va topshiriqlari:
1. Tarbiya nima? Tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
nimalardan iborat.
2. «Avesto»da inson tarbiyasi haqida qanday fikr bildirilgan?.
3 . Allomalarimizdan
Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr
Forobiy, Yusuf
Xos Xojib, Abu Rayhon Beruniylaming tarbiya
haqidagi fikrlaridan misollar keltiring.
4. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich
Karimov
komil insonni tarbiyalashda qanday fikrlar bildirgan?.
5. Tarbiya qoidalari deb nimaga aytiladi?
Dostları ilə paylaş: