O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o‘qitishdan maqsad - estetik madaniyatni takomillashtirish orqali talabalarda dunyoni estetik idrok qilish, go‘zallik va hunuklik, ulug‘vorlik va tubanlikni farqlay olish hamda yuksak estetik did talablariga mos hayot faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan ilmiy asoslarni mustahkamlashdan iborat.
1 Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2010.
3
Fanning vazifasi:
estetik did va estetik tuyg‘uni tarbiyalash;
san’at asarlarida insonparvarlik g‘oyalarini idrok qilish;
milliy va umumbashariy qadriyatlarning estetik mohiyatini idrok etish ham da ularni qadrlashga o‘rgatish.
yoshlar estetik tuyg‘usini tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qila olish;
go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarining qadriyat sifatidagi ijtimoy-ma’naviy mohiyatini tushuntirish;
talabalarga voqelikni estetik idrok etish, o‘zlashtirish va munosabat bildirishning ilmiy-amaliy yo‘llarini o‘rgatish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar “Estetika” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
estetikaning fan sifatidagi mohiyati, uning kategorial apparati va rivojlanish qonuniyatlarini; estetikaning nazariy masalalari va tarixiy-metodologik manbalarini; estetik dunyoqarashni yuksaltirishning fundamental asoslarini hamda estetika fanining jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rnini bilishi kerak.
estetik tafakkur tarixini o‘rganish va uni xolisona baholash; mumtoz va zamonaviy san’at turlarining estetik mazmunini tahlil qilish; voqelikka oqilona estetik munosabat bildirish va sodir bo‘layotgan hodisalarning estetik mazmunini tushuntira olish; estetikaning san’at, badiiy ijod, dizayn, turmush go‘zalligi, atrof-muhitni go‘zallashtirish va estetik tarbiya borasidagi umumiy qonuniyatlarini o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- estetik munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar va funksional
masalalarni qiyosiy tahlil qilish; estetik dunyoqarashni boyitishga salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni farqlash, estetik didni yuksaltirish va fahm-
farosat hissini uyg‘unlashtirish hamda texnika estetikasi va uning bugungi
kundagi ko‘rinishlari, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishda estetik didning
zaruriyatiga doir amaliy takliflar ishlab chiqish malakalariga ega bo‘lishi
kerak.