186
olish uchun foydalaniladi.
Tekshirish qaydnomalari javobgar bajaruvchining va bosh
buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Tekshirish qaydnomalari quyidagi hollarda tuziladi:
faqat bitta shaxsiy schyot ochilgan balans schyotlari bo‘yicha;
analitik hisob ma’lumoti bo‘lib kartotekalarda saqlanayotgan
hujjatlar (avizo, shoshilinch majburiyatlar, to‘lov hujjatlari va boshqalar)
hisoblanadi. Bu holda har oyda bu hujjatlar kartotekasi
inventarizatsiya
qilinadi.
Har oyning birinchi o‘n kunligida bosh buxgalter analitik va sintetik
schyot ma’lumotlarini haqiqiysi bilan solishtirib tekshiradi va yig‘ma
kartotekalarga imzo qo‘yib tasdiqlaydi.
Har chorakda yig‘ma varaqalarga asosan aylanma qaydnomasi
tuziladi. Birinchi tartibli balans schyotlari va balansdan tashqari schyot-
lar bo‘yicha
yil boshidagi qoldiq, yil boshidan aylanma va hisobot davri
oxiridagi qoldiq ko‘rsatiladi.
To‘rtinchi chorak uchun aylanma qaydnomasi alohida tuzilmaydi,
chunki kerakli ma’lumotlarning hammasi yillik hisobotda bo‘ladi.
Balans va balansdan tashqari schyotlar bo‘yicha umumiy aylanma sum-
malari buxgalter jurnallaridagi chorakning oxirgi
kunidagi yil boshidan
o‘sib boruvchi aylanma yig‘indisi bilan solishtiriladi.
Ikkinchi tartibli schyotlar bo‘yicha birinchi o‘n kunlikdagi oborot
qaydnomasi va balansiga bosh buxgalter imzo qo‘yishdan oldin, u
balansni tekshiruv qaydnomalari va boshqa analitik hisob ma’lumotlari
hamda omborxona kitobi bo‘yicha chiqarilgan qoldiq bilan solishtiradi.
[114]
. G‘arb amaliyotiga ko‘ra, bank faoliyatini tahlil qilishda
asosan kapitalning foydalilik koeffitsiyenti (bank rentabelligi) va
aktivlarning foydalilik koeffitsiyenti hisoblanadi. Biroq matbuotda e’lon
qilinadigan balanslarda o‘ziga (bankka) tegishli mablag‘larni
Dostları ilə paylaş: