Hisob va biznes



Yüklə 29,44 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü29,44 Kb.
#203510
7-8-amaliy mashg\'ulot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT FAKULTETI
HISOB VA BIZNES” KAFEDRASI
BUXGALTERIYA HISOBINING AXBOROT TIZIMLARI” FANIDAN



9 AMALIY MASHG’ULOTI
Mavzu: Korxonaning daromad va xarajatlarning kompleks tahlili

Bajaruvchi: BXT-2 guruh talabasi:


Abdusalomova D.Q.

Tekshirdi: Sultanova S.M.




TOSHKENT-2023
9-Amaliy mashg’ulot. Korxonaning daromad va xarajatlarning kompleks tahlili
Korxona daromadining tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili.


Bizning misolimizda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromadning jami korxona daromadidagi hissasi yil boshidagi 3,12 % dan yil oxiriga kelib 2,69 % ga qadar qisqargan. Ular tarkibiga quyidagi daromadlar kiradi:

  • qarzdorlardan undirilgan jarima va penyalar;

  • hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yilga tegishli foyda;

  • asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mol-mulk-larni sotishdan olingan dividendlar;

  • da’vo muddati o‘tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad;

  • moliyaviy yordam va boshqa daromadlar.

Korxona xarajatlarining tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili


Korxona daromadi ko’rsatkichlaridan foydalanish dinamikasining tahlili
Korxonaning daromad va xarajatlarining tarkibi, tuzilmasini tahlil etish uslubi amaliyotda keng qo‘llaniladi, uning natijalari esa ahamiyatga molikdir.
Tahlilni yanada chuqurlashtirish maqsadida moliyaviy tahlilda keng qo‘llaniladigan koeffitsientlar orqali jadval ma’lumotlari asosida mablag‘lar (xarajatlar)dan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini baholash lozim.
Jadvaldagi daromad va xarajatlarning o‘sish sur’atlari bir-biriga yaqin. Mahsulot hajmining o‘sishi 167,73 foizni tashkil etib, daromad xarajatlarnikiga nisbatan yuqori bo‘lgan. Nomlari yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarining yuqori darajada bo‘lishi balans aktivining rentabelligining 0,414 dan 1,067% gacha, sotishdan ko‘rilgan rentabellikning 0,708% dan 1,719% gacha, balans aktivining har so‘miga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorining 65,6 tiyindan 66 tiyinga qadar ko‘tarili-shini ta’minlagan. Jami daromaddagi mahsulot sotishdan kelgan tushum ulushi 89,52% dan 94,09% gacha ko‘tarilgan. Bunga sabab daromad shakllanishida asosan mahsulotni sotishdan kelgan tushumning yuqori sur’atda o‘sishidir.
Korxona xarajatlari ko’rsatkichlari dinamikasining tahlili

Korxonada xarajat rentabelligi 0,64% dan hisobot davriga kelib 1,64% ga qadar ko‘tarilgan. Daromadlarning o‘sish sur’ati 137,0% xarajatlarnikiga nisbatan (135,6% )yuqori bo‘lishini ijobiy baholash mumkin.
Daromad va xarajat o‘rtasidagi bunday nisbatning saqlanishi xarajatlarning har so‘miga to‘g‘ri keladigan daromad miqdorining o‘tgan yildagi 1,0064 dan hisobot davriga kelib 1,0164 gacha ko‘tarilishini, o‘sish sur’ati 101,0% tashkil etishini ta’minladi.


Korxona resurs potensialidan foydalanish tahlili
Jadval ma’lumotlari asosida korxonaning resurslar salohiyatidan kompleks foydalanish ko‘rsatkichlarini quyidagi formula asosida aniqlaymiz:

b unda:resurslar ko‘paytmasining o‘sish darajasi.

Demak, korxonada resurslardan kompleks foydalanish darajasi o‘tgan yilga nisbatan 20,0% ga oshgan holda, mahsulot sotishdan kelgan tushum 44,0% ga o‘sgan.


Yuqoridagi ikki ko‘rsatkich ishtirokida resurslardan samarali foydalanish hamda “ekstensiv” va “ intensiv ” foydalanish koeffitsientlarini quyidagi formula orqali aniqlaymiz.





Moliyaviy natijalar tahlili

Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar:
– tushumning o‘sish sur’ati (1.6773) ni balans aktivining o‘sish sur’ati (1,1752) ga nisbatan yuqori bo‘lishi balans aktivi ayla-nishining tezlashishiga, samaradorligini ortishiga olib kelgan;
– sof foyda (3,0573)ning yalpi foyda (1,4662) ga nisbatan o‘sish sur’atining yuqori bo‘lishi korxonada soliq siyosati ratsional tarzda tashkil etilganligini ifodalaydi;
– sotishdan kelgan tushumning (1,6773) o‘sish sur’atining yalpi foyda (1,4662) ga nisbatan yuqori darajada bo‘lishi ishlab chiqarish xarajatlarining ortib ketishiga olib kelgan;
– sotishdan kelgan tushumning davr xarajatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi davr xarajatlaridan nisbiy iqtisodga 55,1 mln.so‘m (572,5-435,9. 1,440) olib kelgan.
Vertikal tahlil orqali foyda turlari tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarga baho beriladi. Foyda solig‘i to‘lagunga qadar foydaga nisbatan yalpi foyda, davr xarajatlari, asosiy fao-liyatning boshqa jarayonlaridan ko‘rilgan daromad, asosiy faoliyat foydasi, moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromad va xarajatlar, umum-xo‘jalik faoliyatining foydasi, favqulodda foyda va zararlar-ning tutgan ulushlari o‘tgan yildagi ma’lumotlar bilan taqqosla-nadi va tegishli xulosa qilinadi.

XULOSA:
Resurslardan asosan ko‘proq intensiv ravishda foydalanilgan

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Sultanova S.M. Raqamli iqtisodiyo‘tda buxgalteriya hisobi. Monografiya. – Toshkent, Transport, 2023 y.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. www.lex.uz

  3. O‘zbekiston Respublikasi Statistika ko’mitasining rasmiy sayti. www.stat.uz

Yüklə 29,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin