Ushbu hujjatni rasmiylashtirishda yo`l qo`yilayotgan asosiy kamchiliklar:
1. Majlis bayonnomalarni rasmiylashtirishda:
- majlis o`tkazayotgan jamoaning aniq va to`liq nomi ko`pincha ko`rsatilmaydi;
- majlis sanasi (yil, oy, majlis raqami aniq emas);
- kun tartibidagi masalaning nomi aniq emas, ortiqcha tafsilotlar bilan yoki cho`zib yuborilgan;
- majlis raisi va so`zga chiquvchilarning fikrlarini bayon etishda nihoyatda ko`p ortiqchaliklar mavjud, mulohazalar qisqa va aniq bayon etilmaydi, ism va familiyalar to`liq emas;
- qarorlar umumiy, ijrochisi va bajarish muddati aniq emas;
- imlo qoidalari va jumla tuzishga e’tibor nihoyatda past, ayrim bayonnomalar nihoyatda savodsizlik bilan rasmiylashtiriladi va hokazo.
3-ilova
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti
fakultetlar dekanlari majlisining 25-raqamli
BAYoNNOMASI
2009 yil 20 aprel Samarqand shahri
Qatnashdilar: Rektor (rais), prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o`rinbosarlari, bo`lim boshliqlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari
KUN TARTIBI:
1. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining «Vazirlik Hay’atining 2009 yil 30 martda o`tkazilgan kengaytirilgan majlisi bayoni ijrosini ta’minlash to`g’risida» 2009 yil 8 apreldagi 99-son buyrug’ini bajarish haqida
ShIRINOV T., rektor
2. SamDU professor-o`qituvchilarining o`rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’lim jarayonida ishtirokini ta’minlash va talabalarning pedagogik amaliyotlarini akademik lisey va kasb-hunar kol-lejlarida o`tkazish to`g’risida
ISLOMOV B., AL va KHKlari ishlari bo`yicha prorektor
3. Kundalik topshiriqlarning ijrosi va navbatdagi vazifalar to`g’risida
Prorektorlar: M.MUHIDDINOV, A.SOLEYeV, M.QODIROV, B.ISLOMOV, I.PARDAYeV
Shirinov T. –9-11 iyun kunlari M.Ulug’bekning 615 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar Samarqandda bo`lib o`tadi. YuNESKO qarori bilan 2009 yil Astronomiya yili, deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan M.Ulug’bekning 615 yilligiga bag’ishlangan xalqaro anjumanni yuqori saviyada o`tkazish uchun hozirdan katta e’tibor berilayapti. Anjuman tadbirlari Ulug’bek madrasasida, «Prezident» mehmonxonasida va universitetda o`tkaziladi. An’anaviy «Sharq taronalari» musiqa festivali ham Samarqand shahrida bo`lib o`tadi. Bu tadbirlar universitet jamoasining oldiga katta vazifalar qo`yadi.
Hozirdan asosiy e’tiborni obodonlashtirishga qaratasizlar. Har bir fakultet o`ziga ajratilgan hududni tozalasin. Navbati bilan guruhlarni ishga jalb etinglar. Davomot, talablarning va o`qituvchilarning intizomi yuqori bo`lishi lozim.
|
Dostları ilə paylaş: |