157
показательный, сознательный и активный принцип, принцип
основательности, разделенность обучения
Key words: methodology, principles of teaching, pedagogical,
scientific, systematic, understandable, indicative, conscious and
active principle, principle of thoroughness, separation of teaching
«Didaktika» grekcha sо‘z bо‘lib, «о‘qitish», «о‘rgatuvchi» degan
ma’nolarni anglatadi. «Didaktika» sо‘zining ma’naviy tarjimasi
«Ta’lim nazariyasi» demakdir. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayoni
tushunchasi va mohiyatini, ta’lim tamoyillarini, ta’lim
mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari mazmunini
aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta’limni
tashkil etishdan iboratdir. Ta’limni tashkil etishdan asosiy maqsad
yosh avlodni ilmiy bilimlar, kо‘nikma va malakalar tizimi bilan
qurollantirishdan iborat.
Didaktika pedagogikaning sohasi sifatida bilim, kо‘nikma va
malakalarni yetkizishga oid uyushgan faoliyat qonuniyatlarini va
ularni yosh avlod tomonidan о‘zlashtirilishini о‘rganadi. U
о‘qitish jarayonini yо‘lga qо‘yishga oid normativ talablarni ishlab
chiqadi.
Jamiyatning ijtimoiy ehtiyojiga, fan va ishlab chiqarishning
hozirgi darajasiga tayanib, didaktika о‘zining о‘rganish
predmetini ishlabchiqadi, о‘qitishning maqsadi (nega о‘qitiladi),
yosh avlodni nimaga tayyorlanadi, о‘qitishning mazmuni
(nimaga о‘rgatiladi), о‘qitishni tashkil etishning shakl va
metodlari (qanday о‘qitish) va uning natijalarini hisobga olish,
nazorat qilish.
Didaktikaning asosini – ta’lim prinsiplari tashkil etadi.
Prinsip – rahbar g‘oya, asosiy qoida, faoliyatga, xulqqa nisbatan
qо‘yilgan
asosiy talabdir.
Dostları ilə paylaş: