Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 195,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix21.05.2023
ölçüsü195,25 Kb.
#118490
  1   2
Zamonaviy Iqtisodiyot 1



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
DIF FAKULTETI
3 – BOSQICH DIF 317-20 GURUH TALABASI
Ustaboyev Abbosbekning Zamanoviy Iqtisodiyot fanidan
1-SHAXSIY TOPSHIRIQ
Bajardi: Ustaboyev Abbosbek
Toshkent – 2023


J.M.Keynsning iqtisodiy talimoti va keyns g`oyalarining hozirgi davrdagi
ahamiyati
“XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi
tufayli ko'pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g'oyalar soni ko'paydi.
Ana shunday yo'nalishning yorqin tarafdori bo'lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard
Keyns (1883-1946) shuhrat qozondi. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot
ta'limotlari tarixida alohida o'rin egallaydi va bu o'ziga xos inqilob bo'lib, hozirgi
davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga
qarshi ekanligini bayon etdi. 
Keyns ta'limotining asosiy va yangi g'oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari
tizimi mukammal va o'z-o'zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli
maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o'sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol
bilan chambarchas bog'liq edi”
1
.
Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to'g'rilash uchun davlatning
iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo'lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar
(klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar.
Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya'ni iste'mol va
jamg'arishni birinchi o'ringa qo'yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy
ta'limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi
talab etiladi, proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan
konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi umumiy
g'oyalar quydagilardan iborat: 
Mamlakatda pul masalasini ko'paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz
pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga
investisiyalarni qo'yishni rag'batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar
oshuvini qo'llash (savdo va ishlab chiqarishni rag'batlantirish usuli sifatida), pulning
etishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat)
xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'lgan milliy daromad va jamg'armalar o'rtasidagi
bog'lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g'oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o'z
davrida fiziokratlar (F.Kene, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo'llanilgan Keynsgacha
mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo'jalik ob'ektlari bo'lgan firmalar
iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo'lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi
bilan bir deb qaralar edi 
J.M.Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan
bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste'mol ortadi, ammo iste'mol
daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg'arishga
intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar
odatda daromadlar ortishi bilan iste'molni ham o'stiradi, ammo bu o'sish daromadlar
darajasida bo'lmaydi. Oqibatda daromadlar o'sishi bilan jamg'arish ortadi va iste'mol
1
A.Razzoqov,Sh.Toshmatov,N.O`raqov.Iqtisodiy talimotlar tarixi. T.:«Moliya».2009.263-bet


nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo'l
bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta'sir etadi. Kapital «eng
yuqori samaradorligi»ning pasayishi kapital massasining o'sishi, shuningdek,
kapitalist-tadbirkorlarning bo'lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan
tushuntiriladi. Keyns ta'limoti bo'yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga -
«iste'molga moyillik», «eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog'liq. 
“Buyuk turg’unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqti-sodiy inqiroz va
ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug’ullana boshladi. 1929 yili u ishsizlik
muammolari bo’yicha iqtisodiy kengash raisi etib tayinlandi. Ikkinchi Jahon urushi
yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941 yili u
AQSh hukumati bilan lend-liz kelishuvi bo’yicha materiallarni va boshqa moliyaviy
hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga kiritildi. 1942
yilda Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. J.M.Keyns 1944 yilda
Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va rivojlanish bankini tashkil etish rejasini
ishlab chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga o’z mamlakatining bosh vakili
qilib tasdiqlandi. Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv
a’zolaridan biri etib tayinlandi.
J.M.Keyns va uning izdoshlari tavsiya etgan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
chora-tadbirlari iqtisodiyotda alohida yo’nalish sifatida – keynschilik deb ataladi.
1929-1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri klassiklarning bozor iqtisodiyoti o’zini-
o’zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g’oyasi ayni sharoitda noto’g’ri ekanligini
ko’rsatdi. Davlatning iqtiso-diyotga aralashuvining zarurligi va uning yordamida
iqtisodiyotni tartibga soilsh mumkinligini J.M.Keyns ilmiy jihatdan asoslab berdi.
Uning 1936 yili chop etilgan «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»
asari iqtisodiyotni makro darajada tahlil qilishda inqilobiy to’ntarish yasadi.
Ko’pchilik iqtisodchilarning aytishicha, J.M.Keynsning bu asari XX asr iqtisodiy
fanida burilish yasadi va ko’p jihatdan hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlar
iqtisodiy siyosatni ifodalaydi”
2
.
Keyns foizga alohida e'tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb
hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalligi»ga
bog'liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori
«likvidlilik afzalligi»ga to'g'ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma'lum davrga likvidlilikdan, ya'ni boylikning
likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul
shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o'z boyligini pul
shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu
ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist likvid
shaklda saqlamoqchi bo'lgan resurslarning miqdori bilan o'lchanadi. 
“Keynsning umumiy nazariyasida investisiyalarning umumiy bandlik hajmini
aniqlashdagi asosiy roli to'g'risidagi tezis muhimdir. Ular iste'mol talabining etarli
emasligini to'ldirishi (kompensasiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni
kengaytirish masalasi iste'mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investisiyalarning
ko'payishi ishlab chiqarishga qo'shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa
2 Islomov A.,Egamov E. Zamonaviy iqtisodiy ta’limotlar. Ma’ruzalar matni. -T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009,19- 
bet


bandlik, milliy daromad va iste'mol o'suvini ta'minlaydi. Yangi investisiyalar tufayli
bandlikning dastlabki o'suvi yana qo'shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki
qo'shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug'iladi. Qo'shimcha bandlikning
o'sish koeffisientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investisiyalar
o'sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o'sishi o'rtasidagi nisbatni
ko'rsatadi. Multiplikatorning formulasi 

Yüklə 195,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin