IV. Talaba mustaiuil ishining axborot ta`minoti.
4.1. Talaba uchun muayyan Fan bo`yicha mustaqil ishi topshiriqlari tegishli
kafedra professori (yoki etakchi dotsenti) tomonidan o`quv mashg’ulotlarini bevosita
olib boruvchi o`qituvchi bilan birgalikda tuziladi hamda kafedra mudiri tomonidan
tasdiqlanadi. Talabalarga berilgan mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo`yicha
dastlabki ko`rsatma va tavsiyalar qayd etiladi.
4.2. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va
o`quv qo`llanmalar, metodik qo`llanmalar va ko`rsatmalar, ma`lumotlar to`plami va
banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar Internet tarmog’idagi tegishli ma`lumotlar,
berilgan mavzu bo`yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
4.3. Kafedra mudiri va tegishli fakul`tet dekani taqdimnomasi asosida Oliy
ta`lim muassasasi rahbariyati talabalarga mustaqil ishlari bajarish uchun zarur
axborot va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, muzeylar, tarixiy
joylar, arxivlar, tarmoq muassasalari va korxonalaridan mustaqil ish uchun zaruriy
ma`lumotlar to`plash yuzasidan so`rovnoma xatlarini rasmiylashtirib boradi.
5
4.4.Institut rahbariyati tomonidan talabalarga mustaqil ishlari o`z vaqtida
bajarish uchun kompyuter texnikasi va internet tarmog’idan samarali foydalanish
uchun shart-sharoitlar yaratilib beriladi.
V. Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish va baholash.
5.1. Har bir fan bo`yicha talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish yuklamasi
(ishchi o`quv rejasining 10-ustunida keltirilgan) professor-o`qituvchi shaxsiy ish
rejasining tashkiliy-uslubiy bo`limi (1540 soat doirasi)da qayd etiladi.
Talaba kurs ishi (loyihasi)ni hamda malakaviy bitiruv ishi va magistrlik
dissertaciyasini tayyorlashga ajratilgan soatlar professor-o`qituvchi shaxsiy ish
rejasining o`quv ishlari bo`limida qayd etiladi.
5.2. Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakul`tet
dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
5.3. Talabaning mustaqil ishi bo`yicha konsultatsiya soatlari guruh jurnalida
qayd etib boriladi.
5.4. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o`quv mashg’ulotlarini bevosita olib
boruvchi o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
5.5. Talabaning mustaqil ishi, muayyan fan ishchi dasturida ajratilgan soatlarga
mos reyting ballari bilan baholanadi va natijasi fan bo`yicha talabaning umumiy
reytingiga kiritiladi.
Talabaning reyting ko`rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo`yicha,
an`anaviy guruh reyting oynasida va (yoki) fakultet maxsus elektron tarmog’ida
yoritilib boriladi.
5.6. Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari
kafedra tomonidan belgilanadi hamda fakultet Ilmiy kengashida tsdiqlanadi. Mustaqil
ishlarni baholash mezonlari talabalarga o`quv yili (semestr) boshlanishi oldidan
uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.
5.7. Mustaqil ish bo`yicha belgilangan maksimal reyting ballining 55% dan kam
ball to`plagan talaba fan bo`yicha yakuniy nazoratga qo`yilmaydi.
5.8. Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo`yicha o`zlashtirishlari
muntazam ravishda akademik guruhlarda, kafedra yig’ilishlari va fakul`tet Ilmiy
kengashlarida muhokama etib boriladi.
5.9. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro`yxatga olinadi va o`quv yili
mobaynida saqlanadi.
Talabaning kurs ishi (loyihasi)ni xamda malkaviy bitiruv ishi yoki magistrlik
dissertatsiyasini ro`yxatga olish va saqlash tartibi tegishli me`yoriy hujjatlar asosida
amalga oshiriladi.
5.10. Institutda yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlarini
ma`naviy moddiy jihatdan rag’batlantiriladi.
Mazkur Nizom OUMTVning 2005 21 fevraldagi 34-sonli buyrug’i bilan
tasdiqlangan Oliy ta`lim muassasasining “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat
qilish va baholash tartibi to`g’risida”gi Nizomi asosida ishlab chiqilgan.
|