Kompaniyani boshqarishning yangi xususiyatlarini o ‘rganish
iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida birinchi darajali ahamiyatga
ega. Yuqori noaniqlik vaziyatida faoliyat ko‘rsatish korxona
rahbariyati uchun oddiy bozor xo‘jaligi sharoitidagiga qaraganda
ancha murakkabdir.
M enejmentni fan sifatida kiritish hozirgi vaqtda katta iqtisodiy
yutuqlar, innovatsion o ‘zgarishlar, inson mehnatiga umuman
yangicha b o ‘lgan yondashuvlar, ijodiy individuallikning rivojlanishi
va boshqalar bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishlaming barchasini
o ‘rganish mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan, rivojlangan hamda
samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko‘maklashadi.
Bozor munosabatlari sharoitida fanini o‘rganish ehtiyoji kun
say in kengay ib bormoqda. Zamonning o ‘zi yangicha fikrlay oladigan,
aql-zakovatga ega, keng qamrovli bilimlar va tashkilotchilik
qobiliyatlarini o ‘zida mujassamlantirgan rahbar xodimlarga talabni
kuchaytirmoqda. Mazkur o ‘quv qo‘llanma menejment fani doirasida
talabalar bilimlarini shakllantirishga va kengaytirishga xizmat qiladi
degan, umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: