‘zbe risto n respublirasi 1 ay va ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/43
tarix20.08.2023
ölçüsü3,19 Mb.
#140012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
a’zamxo‘jayev-bolalarda-intensiv-terapiya

Terminal holatlar
Hayotiy zarur funksiyalar susayishi bilan terminal holatlar 
asosiy bosqichlari, organ va to ‘qimalar gipoksiyasi kuchayadi. 
Gipoksiyaga javoban organizmda himoyaviy moslashuv rcaksiyasi 
rivojlanadi. Natijada gipoiizar-kortikal va simpatiko-adrcnal tizim 
faollashadi. T o ‘qim a va organlarni kislorod bilan ta’minlashga 
qaratilgan katcholam inlar va gormonlarni k o ‘p ishlab chiqarish 
yurak faoliyati, nafas funksiyasi va moddalar almashinuvi 
jarayonlari kuehayishiga olib keladi.
M a’lum m uddatgacha bu reaksiya to ‘ldiruvchanlik vazifasini 
o‘taydi. Lekin salbiy ta ’sirlar to ‘xtamasa yoki o ‘z vaqtida davo 
qilinmasa, tcz orada himoya mexanizmlari susaya boshlaydi. 
Nafas m ushaklarining faol ishtiroki, yurakning qiskarish funk­
siyasi oshishi va alm ashinuv jarayonining kuchayishi organizm ­
ning kislorodga b o ‘lgan talabini yana ham oshiradi.
T o ‘qimalarga etarlicha yanada kislorod kelib Uishmasligi va 
uning 
hazm 
b o ‘lishi 
qiyinlashishi, 
modda 
almashinuvi 
jarayonlarining oxirigacha bajarilrnasligi atsidoz rivojlanishini 
vujudga keltiradi.
Bundan tashqari biofaol m oddalar hosil b o ‘lishi, ko ‘payishi, 
periferik qon harakati buzilishi natijasida to‘qimalarga kislorod 
etkazib berish va alm ashinuv m oddalam i chiqarish yomonlashu- 
viga olib keladi. 
Shunday qilib, gipoksiya, giperkapniya, 
metabolik atsidoz kuchayadi va shu tariqa "nuqsonli aylana" 
tugallanadi. Bu jarayonlar nafas va qon tomirlarining markazlari 
funksiyasining to ‘xtovsiz susayishiga sabab bo ‘ladi, yurakning 
qisqarishi va o ‘tkazish funksiyasi susayadi, pirovard natijasida 
nafas va yurak faoliyati to ‘xtaydi.
Yuqorida ta ’kidlaganim izdek terminal holat agonal oldi, 
agonal va klinik o ‘lim kabi holatlardan iborat.
1. Agonal oldi holatining klinik k o ‘rinishida:
• xush - soporoz;
• reflekslar ju d a pasaygan;


• ko‘z qorachig‘i bir oz kcngaygan, yorug‘likka sezgirligi 
sckinlashgan;
• teri koplamlari rangpar, k o ‘karish, arterial qon bosim 60 
mm.sim.ust. past;
• taxikardiya, tomir urishi to‘laligi va tarangligini pasayishi va 
taxipnoe kuzatiladi.
Agonal oldi holati bir necha minutdan bir necha soatgacha, 
b a ’zan bir kungacha davom ctishi mumkin. Bu organizm ning 
bardoshlik funksiyalariga bog‘liq.
2. Agonal holatning klinik ko ‘rinishida:
• bemor xushsiz;
• reflekslar y o ‘q;
• ko‘z qoraehig‘i kengaygan, yorug‘likni sezmaydi;
• teri qoplamlari ko‘kargan, arterial qon bosim aniqlanmaydi;
• yurak tonlari bo‘g ‘iq, bradiaritm iya, tomir urishi avval 
ipsimon, so‘ng aniqlanmaydi;
• bradipnoe, titroqsimon nafas kuzatiladi.
Agoniya bir necha minutdan, bir necha soatgacha davom 
etishi mumkin. Shuni belgilash kerakki, agonal holatda oxirgi 
adaptatsion mcxanizmlar q o ‘shilishi natijasida qon aylanishi va 
nafas funksiyasi bir oz yaxshilanib, b a ’zan bem om ing hushi 
tiklanadi. Ammo, tez orada kom pensator m exanizm lar susayib, 
yurak faoliyati va nafas to ‘xtaydi, bu esa klinik o ‘lim dan darak 
beradi.
1. Klinik o ‘lim holatida:
• bemor hushsiz;
• to ‘liq arefleksiya va m ushaklar gipotoniyasi;
• to ‘satdan siydik chiqarish va najas ajralishi kuzatiladi;
• ko‘z qorachiqlari o ‘ta kengaygan, yorug‘likni um um an 
sezmaydi;
• teri qoplamlari ko‘kish tusda, sovuq;
• asosan nafas va yurak faoliyati to ‘xtagan b o ‘ladi.
Klinik o ‘lim hayotning biologik o ‘limga o ‘tish jarayoni 
hisoblanib, nafas va qon aylanish faoliyati to ‘xtashi vaqtida bosh


miya p o ‘stloq qavati hujayralarida qayta tiklanmaydigan o‘z- 
garishlar yuzaga kelgungacha davrni o ‘z ichiga oladi. Nerv 
hujayralari total gipoksiyani 3 min 10 sek ko ‘tarishi mumkin. 
Klinik o ‘lim 4-5 m inut davom etadi. Bu vaqt ichida o ‘lavotgan 
organizmni tiriltirish mumkin bo ‘ladi. Shuni belgilash kerakki, 
gipotermiya sharoitida bu vaqt cho‘zilishi ham mumkin, past 
haroratda bosh miya hujayralarining kislorodga ehtiyoji kamayadi. 
Qon aylanishi va nafas to ‘xtagandan keyin bosh miya to ‘qima- 
larida, miokardda, jigarda, o ‘pka va buyraklarda oksidlanish 
jarayonlari buzilib, m oddalar almashinuvining kislotali qoldiqlari 
y ig ‘iladi va og ‘ir m ctabolik atsidoz rivojlanadi. Klinik o ‘lim 
boshidayoq, m a’lum darajada hujayra tuzilishi buziladi, lekin 5 - 6 
minutdan keyin ham bosh miyaning bir qancha hujayralari hali 
tiklanish xususiyatiga ega b o ‘lishi mumkin. Bu organizmni 
tiriltirish imkoniyatini beradi. Bunda MNS plastikligi katta 
aham iyatga ega, xalok b o ‘lgan hujayra funksiyasini boshqa 
sog‘lom hujayralar o ‘z zimmasiga oladi. Birinchi navbatda bosh 
m iya p o ‘stloq qavati va m iyacha hujayralari nobud boMadi. Bu esa 
reanim atsiya m uolajalarini natijasizligiga sabab bo ‘lishi mumkin. 
SHuning uchun yurak va nafas faoliyatini klinik o ‘limdan keyin 
1 5 - 2 0 daqiqa ichida tiklash mumkin va har qanday sharoitdan 
q at’iy nazar, reanim atsiya muolajalarini boshlam agan shifokom i 
bu borada oqlash qiyin. Bu bizning sog‘liqni saqlashdagi 
qonunimizdir.
Gippokrat zam onidan bizning davrgacha bem om ing hayoti 
uchun oxirigacha y a ’ni oxirgi nafas va yurak urishigacha 
kurashish kerak degan tushuncha bor edi. Rcanim atologiya fani va 
uning rivojlanishi nafas va yurak faoliyati to ‘xtagandan keyin ham 
bem om ing hayoti uchun kurashish davom etishi kerakligini 
tasdiqlaydi.

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin