Inson bilimlarining rivojlanishi ham m a vaqt silliq va oson
kechavermaydi. Bilishda haqiqat sari qo‘yilgan har bir qadam fikrlar
va qarashlaming keskin kurashlari jarayonida ro‘y berib, unda awalgi
erishilgan bilimlar va qarashlar har doim cheklangan topilib, ular
ning o ‘mini to‘laroq, mukammalroq bilimlar va qarashlar egallaydi.
Shu bilan birga, haqiqat m avhum ham emas, balki aniq
bilimlardir. 0 ‘zgarmas, qotib qolgan bilimlar yo‘q, inson bilimlari
doimo o ‘zgarib boradi. Ayni bir vaqtda, ayni bir nisbatda haqiqat
b o ‘lgan bilim boshqa bir vaqtda va boshqa bir nisbatda haqiqat
b o ‘lmasligi m um kin. Bu shuni k o ‘rsatadiki, bilim larim izning
haqiqatligi, ular ifodalagan m azm unning o ‘zgarishi bilan o ‘zgarib
boradi. H ar bir bilimning haqiqatligi m a’lum joyga, o'ringa, vaqt
va vaziyatga, kishi bilishining imkoniyatiga va darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bilimning haqiqatligini aniqlashda, unga m a’lum aloqadorlik va
bog‘lanishlardan kelib chiqib, aniq sharoit, joy, vaqt va m a’lum
vaziyatni hisobga olgan holda yondashmoq kerak.
H am m a zam onlar, m akonlar,davr va har qanday sharoitda
ham to ‘g‘ri bo'ladigan, o ‘zgarmaydigan haqiqatlar yo‘q va bo'lishi
ham mumkin emas. Shuning uchun haqiqatning aniqligini hisobga
olish, inson faoliyatining ham m a sohalarida juda katta ahamiyatga
ega. Bilish jarayonida nisbiy va mutlaq haqiqatlar dialektikasini
to ‘g‘ri tushunmaslik, haqiqatning aniqligini hisobga olmaslik, bilish
nazariyasi sohasida ikkita yanglish qarashga, ya’ni dogmatizm va
relyativizmga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: