materiyaning tuzilishi va xossalari haqida hayratom uz farazlarni
o ‘rtaga tashlay boshlagan edilar. M asalan, faylasuflardan I. Kant
falsafaning bahs mavzusi va u o'rganishi lozim bo'lgan m uam
molarni birinchi bo ‘lib, to ‘g£ri ta ’riflashga uringan edi. Uning
kosmologik nazariyasi bu davrda fan taraqqiyotiga katta imkoniyat
yaratgan metodologik asos bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, bu davr
falsafasida, keyinchalik ilm iy ravishda tasd iq lan g an , genial
gumonlar fanlar taraqqiyotiga to ‘sqinlik qilgan ko‘pgina uydirmalar
ham bo‘lgan.
XIX
asr oxiri, XX asr o ‘rtalarida aniq fanlar sohalarida buyuk
ilm iy kashfiyotlar q ilin d i, tab iat, inson va jam iy at o ‘zaro
aloqadorligining yangi tomonlari ochildi. Fanlarning minglab yangi
sohalari, yo'nalishlari yuzaga kelishi, inson bilimlarini falsafiy
um um lashtirish ehtiyojini kuchaytirdi. Bu esa falsafaning o ‘zi
u ch u n ham , boshqa barcha aniq fanlar u c h u n ham , ijobiy
ahamiyatga ega edi.
Demak, falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan
m a’naviy madaniyatning bir qismi bo ‘lib, insonning o ‘zi va borliq
to ‘g‘risidagi bir butun bilimlar tizim idan iboratdir. 0 ‘z mohiyati
va mazmuniga ko‘ra, falsafiy bilimlar milliy m a’naviyatlarni ham
o ‘zida mujassamlashtirgan um um insoniy m a’naviy qadriyatlar
tizimiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: