Klizma – xukna – davolash yoki diagnostik maqsadlarda durvaza (ortki chiqaruv teshigi)dan to‘g’ri ichakka suyuqlik (dori modda, aralashma va b.) yuborish muolajasi.
Koldkrem – (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug‘lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta’sirini ko‘rsatadi.
Korrigent modda –dori preparatning organoleptik xarakteristikalari (ta’mi yoki hidi)ni yaxshilovchi modda.
Kosmetika (kosmetike) - grek so‘zidan olingan bo‘lib, pardozlash, bezash, chiroy berish san’ati va pardozlash uchun ishlatiladigan vositalar va usullar degan ma’noni beradi.
Kosmetologiya(kosmetike+logia) – tibbiyot fanining bir bo‘limi bo‘lib, pardozlash san’ati yoki inson chiroyni turli-tuman usullar va vositalar yordamida saqlash haqidagi ilm-fan deganidir.
Kosmetsevtika - "Kosmetika" va "Farmatsevtika" so‘zlardan hosila bo‘lgan so‘z. Turli kasalliklarni oldini olish maqsadida kosmetik vositalarga sekin-asta davolovchi-profilaktika hossalari berila boshlandi va XX asr ohirida "Kosmetsevtika" yo‘nalishi paydo bo‘ldi.
Kosmetik vositalar —kosmetologiyada ishlatiladigan dori moddalar.
Kosmetik gellar (lotin. gelare – yaxlash, qotish) - bu to‘rsimon strukturaga ega kolloid sistema bo‘lib, qattiq va suyuq yoki ikkita suyuqlikdan ya’ni qovushqoq (yopishqoq) fazalardan hosil bo‘lgan jelesimon kosmetik vosita.
Kraxmal (ohor)- polisaxarid bo’lib, u hidsiz, mazasiz, mayin oq kukun, barmoq orasiga olib ishqalansa g’ichirlaydi. Sovuq suv, spirt va b. organik erituvchilarda erimaydi, issiq suvda donachalari shishib yoriladi va quyuq, yopishqoq suyuqlik — kleyster, (kraxmal elimi) hosil bo’ladi. Tibbiyotda kartoshka, bug’doy, makkajo’xori, guruch kraxmali qaynatma holida me’da va ichak kasalliklarida, kleysteri shimdirilgan bint jarrohlikda suyakning singan erini yoki chiqqan bo’g’inlarni qimirlamaydigan qilib bog’lash uchun, kukun holida chaqaloklarga sepish uchun, kukun dori va teriga surtiladigan surtmalar hamda ba’zi dori shakllari tayyorlash uchun ishlatiladi.
Krem (fr. krem – qaymoq asosida tayyorlanadigan desert taom) - yumshoq, mayin konsistensiyaga ega kosmetik maqsadda qo’llaniladigan surtma. Ko‘p hollarda kosmetik kremlar emulsion asosda tayyorlanadi, shuningdek ularni tayorlashda lanolin, spermatset, mum, glitserin, bodom, kokos va boshqa o’simlik hamda turli xushbuy efir moylari ishlatiladi. Kremlar mayin bo‘lib, ular qo‘l, bosh va yuz terisini parvarishi uchun keng qo‘llaniladigan kosmetik vosita.