157
gavdalanadi. Bilimlarimizning chuqurligi va ko‘lamliligi, hissiyotlari-
mizning namoyon bo‘lishi yoki bo‘lmasligi intilishimiz – irodamizga
bog‘liq. Iroda kuchi olamni anglash jarayonida yuzaga keladigan har
qanday to‘siqlarni yengib o‘tishga, ko‘zlangan maqsad yo‘lida tinmay
harakat qilishga yo‘l ochadi.
Iroda tabiatning in’omi emas ekan,
uni tarbiyalash, kamol toptirish
shaxs hayotida, uning jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishida muhim
ahamiyatga ega. Zero, irodasizlik eng ulug‘ niyat va maqsadlarni barbod
qilibgina qolmay, insonning to‘g‘ri yo‘ldan toyib
ketishiga va turli salbiy
oqibatlarning kelib chiqishiga olib kelishi ham mumkin.
Bilimlar, ehtiyojlar, his-tuyg‘ular ong tarkibiga kiradi. Ongning
tarkibi bir butun tizimni tashkil qiladi, ya’ni alohida elementlardan
tashkil topgan tizimdir.
Sezgi, hissiy qabul qilish, tasavvur, tushuncha, tafakkur ongning
yadrosini tashkil qiladi.
Ong va til. Til ongning insongagina xosligini isbotlovchi omillardan
biridir. Xo‘sh, til deganda o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng avvalo,
muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu
bilangina cheklash to‘g‘ri emas. Negaki,
muayyan belgilar tizimi
hayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzodlar o‘rtasida muayyan
axborot almashinuvi sodir bo‘ladi.
Aytaylik, kabutarlarining «muhabbat» raqsi, jonzodlarning xavf-
xatar paydo bo‘lganda turli tovush – belgilar yordamida bir-birini
ogohlantirishi, ayrim hayvonlarning o‘zi yashaydigan hududni turli
yo‘llar bilan «chegaralab» chiqishi ana shunday belgilar tizimining
o‘ziga xos ko‘rinishlaridir. Lekin, jiddiy e’tibor beriladigan bo‘lsa, bu
belgi – signallar tizimi uzoq davom etgan evolutsiya davomida hosil
qilingan reflekslar ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Xatti-harakat
yoki boshqa belgilar yordamida uzatilayotgan
axborotning mazmuni
muayyan vaziyatdagi holat bilan belgilangan bo‘ladi. Bundan farqli
o‘laroq inson nutqi, tili muayyan vaziyat, makon va zamondan xoli
bo‘lishi, unga bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Boshqacha aytganda, u
o‘zida o‘tmishni, hozirgi holatni va istiqbolni ham ifodalashi mumkin.
Bu inson tilining belgilar tizimi sifatida hayvonot dunyosida amal
qiladigan belgilardan tub farqini ko‘rsatuvchi muhim xususiyatidir.
Til qayd qilinganidek, belgilar tizimidir. Fan yuksak taraqqiy qilgan
hayvonlarda axborot uzatishga xizmat qiladigan
murakkab belgilar tizimi
mavjud ekanligi va u hayvonot olami evolutsiyasi bilan bir paytda
takomillashib borganligini isbotlamoqda. Demak, til yo‘q joydan,
158
birdaniga paydo bo‘lib qolmagan. Ong in’ikos shakllarining uzoq davom
etgan evolutsiyasining tabiiy hosilasi bo‘lganidek, u bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan inson nutqi ham axborot uzatishga xizmat qiladigan belgilarning
murakkablashib borishi jarayonining zaruriy natijasidir.
Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishidan qat’i nazar faqat
insongagina xos va u ong bilan uzviy bog‘liqdir. Negaki, tilda ong
gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o‘zi va boshqalar uchun
voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma’no-mazmunning
anglanishi insonning umumiy bilim darajasi, qiziqishi,
qobiliyati,
muayyan sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Til
fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashuv jarayonini
boshidan kechirmoqda. Ayni paytda insoniyat biz kundalik hayotda
qo‘llaydigan tabiiy til bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini
ta’minlaydigan, fikrni ifodalashga xizmat qiladigan o‘ziga xos imo-
ishoralar raqs, musiqa «tiliga» ham ega. Shunday bo‘lsa-da, ular so‘zga
ko‘chgandagina anglashiladi, undagi mazmun tushunarli bo‘ladi.
Shu bilan birga milliy tillar bilan bir qatorda ilm-fan yutuqlarining
tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til-fan tili, uning
tushunchalari va formulalari ham borligini unutmaslik kerak. XX asrda
qo‘llanish doirasi tobora kengayib borayotgan
elektron hisoblash
mashinalarining «beysik», «fortran» kabi tillari yaratildi. Kompyuter-
larning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu
«til»lar axborotlarning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat
kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini
ko‘rsatmoqda.
Ong va til munosabati haqida gap ketar ekan, til o‘ziga xos tarixiy
xotira rolini o‘tashini ham unutmaslik kerak. Bu milliy tillar misolida
ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Zero, millat tilida uning o‘zligi, bosib o‘tgan
tarixiy yo‘li, tafakkur tarzi aks etadi, mustahkamlanadi. «Ona tili, – deb
yozadi
Prezidentimiz, bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har
qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar».
Shunday ekan, mustaqillik sharoitida milliy tilimiz rivojiga alohida
e’tibor berilayotganligi milliy o‘zligimizni anglashimizning o‘tish
jarayonida milliy istiqbolimizni belgilashning uzviy qismi sifatida
qaralmog‘i lozim.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: