Yurtimizda yagona transport tizimida fuqaro aviatsiyasi muhim o‘rin tutadi va iqtisodiy hayotda kundan-kunga kattaroq ahamiyat kasb etmoqda


Xizmat ko‘rsatish-texnikaviy hududi (XTh



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə4/8
tarix25.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77860
1   2   3   4   5   6   7   8
shahzod

Xizmat ko‘rsatish-texnikaviy hududi (XTh) – aeroportning aerodromga yondoshgan qismi bo‘lib, u yerda ma'muriy-jamoaviy,ishlab chiqarishga oid va yordamchi bino va inshootlari joylashadi.
Aeroport hududida vertolyotlar uchun ko‘tarilish va qo‘nish maydonlari qurilib jihozlanishi mumkin, bunda qo‘nish uchun band bo‘lmagan tasmalar ajratiladi va yon tomondan to‘siqlar qo‘yiladi. Vertolyotlar bilan passajirlar va yuklar tashish uchun vertolyot maydonchasi yoniga maxsus bino quriladi yoki aeroport binosidan maxsus joylar ajratiladi.
Tasniflash–bir-biriga bog‘liq tushunchalar (ob'ektlar) o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatuvchi tizimli yondoshuv va ularni muayyan belgilariga qarab guruxlarga ,razryadlarga, toifalarga ajratishdir. Bunda ko‘rilayotgan tushunchalarning belgilari va xususiyatlaridan kelib chiqib, ularningo‘rtasidagi qonuniybog‘lanishlariga urg‘u beradi. Masalan, aeroportlarni tasniflash uchun eng xosbo‘lganbelgi–passajirlarni tashish hajmi,aerodromlar uchun esa-uchish polosalarining o‘lchamlari, ularning vazifasi va boshqalar hisoblanadi. Barcha tasniflar singari, havo trassalari,aeroport va aerodromlarni tasniflash ham, ularga bo‘lgan umumlashgan ekspluatatsiya va boshqa talablarni ishlab chiqish imkonini beradi, bunda ularning u yoki bu gurux va klassga tegishli ekanligi e'tiborga olinadi, hamda ilmiy-texnikaviy tizimlash uchun zarur hisoblanadi.
Havo trassalari xalqaro, magistral va mahalliy (mahalliy havo Aerodromlarida) turlarga bo‘linadi.
Shuningdek, xalqaro aeroportlarga xalqaro havo trassalarida uchadigan havo kemalarini qabul qiladigan va uchiradigan, mamlakatimiz va chetellarning yirik shaharlarini birlashtiradigan aeroportlar kiradi. Magistral aeroportlar mamlakatimizning yirik ma'muriy va madaniy markazlarini tutashtiradigan (respublika va viloyat ahamiyatidagi) havo trassalari bo‘ylab asosiy tashishlarni bajaradi.
Mahalliy aeroportlarga o‘lka, viloyat markazlari, tumanlar markazlarini va alohida ovullarni tutashtiruvchi yirik aholi punktlari, tashuvlarining aksar hajmini mahalliy havoaerodromlarida bajaradigan aeroportlar kiradi.
Aviatashish hajmlarini klasslar bo‘yicha bo‘lish (guruhlash) aeroportlarni ko‘p yillik ekspluatatsiya qilish tajribalariga ,havoda tashishlarni tashkil etish va ta'minlashga, hamda istiqboldagi o‘zgarishlarga asoslaniladi. Aeroportlarning bunday tasniflanishi 1.1-jadvalda berilgan.1.1-jadval

Aeroport toifasi

Passajirlar tashish yillik hajmi,mingkishi

Passajir HKning har bir guruhi bo‘yicha yillik xarakat jadalligi

Aeroportlarda HKning yillik uchish-qo‘nish
jadalligi,ming

I

II

III

IV




I

7000-

11-17

36-47

10-15

-

57-79

II

10 000

3-10

23-31.5

16-24.5

-

42-66

III

4000-7000

-

14-29

12-21

4-10

36-54

IV

2000-4000

-

2-11

7-16

6-13

15-40

V

500-2000

-

2-0

2-7

3-6

5-15




100-500
















Izoh:HK qatnovi jadalligining katta qiymatlari tashuvlarning eng yuqori hajmiga, kichik qiymatlari kichik hajmiga mos.
1.2-jadval

XK ning guruhlari salonning passajirlar sig‘imi va XKning massasiga qarab tasniflanadi(1.2.jadval)
HK ning guruhi

Passajirlar sig‘imi,kishi

XKning massasi, t

I
II
III
IV

160 ortiq
70-20
30-70
10-30

100 ortiq
45-100
10-45
10gacha

Aerodromlar aeroportlarga qaraganda ko‘proq belgilar asosida tasniflanadi. Asosiy belgilar –uchish-qo‘nishtasmasi(UQT)ning o‘lchamlari va yuk ko‘tarish qobiliyati (me'yoriy yuklama). Shularga qarab aerodromlar A,B,V,G,D,E klasslariga bo‘linadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin